Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet33/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Leonardo da Vinchi (1452–1519), buyuk olim va rassom, avval Florentsiyada keyinchalik turli knyazlar saroyida yashagan. Leonardo da Vinchi predmetning katta kichikligini idrok qilish oraliqdagi masofa va yoritilish darajasiga bog‘liq, deb hisoblagan. U tomonidan kontrast va irradiatsiya effektlari tasvirlangan. Ko‘plab anatomik tajribalar o‘tkazib, Leonardo da Vinchi shunday xulosaga keldiki, inson tanasining harakati mexanika qonunlariga mos holda amalga oshadi.
Bekon Frensis (1561–1626), ingliz faylasufi va davlat arbobi. Frensis Bekon ilmning manbaini empirik tadqiqotdan izlash kerak, deb hisoblagan. Ilmiy tadqiqot instrumenti sifatida u ishonchli ilmiy bilim poydevorini qurishga imkon beradigan tafakkur instrumenti sifatida “yangi organon”ni taklif qilgan. 1620 yili Frensis Bekonning “Yangi Organon” kitobi nashr qilindi. Bu kitobda u zamonaviy ilmiy bilimning axvoliga o‘z nuqtai nazarini bayon qilib, bilim olishning yangi metodini hamda o‘z falsafiy kontseptsiyasini bayon qildi. F. Bekonning fikricha, hissiy tajribaga asoslanadigan ma’lumotlar uchun isbotlash usuli eksperiment hisoblansa, nazariy fanlar uchun isbotlash usuli induktiv mantiq hisoblanadi.
Frensis Bekonning fikricha ob’ektiv reallikni buzadigan to‘rt xil idollar mavjud: 1) odam o‘z tabiatiga ko‘ra yo‘l qo‘yadigan xatolar – xato idollari; 2) alohida odamning bid’atlari bilan bog‘liq xatolar – g‘or idollari; 3) tildan foydalanishdagi noaniqliklar bilan bog‘liq muloqotda paydo bo‘ladigan xatolari – maydon idollari; 4) noto‘g‘ri falsafiy sistemalarni qabul qilish bilan bog‘liq xatolar – teatr idollari.
Yangi davr psixologik g‘oyalari
XVII asr Evropa fanida feodal munosabatlarning vayron bo‘lishi, o‘z asarlarida psixik fenomenlarni tabiiy ilmiy pozitsiyadan turib tushuntirishga intilgan tadqiqotchilar paydo bo‘lishi bilan sezilarli o‘zgarishlar vujudga keldi. Bu davrda psixologik bilimlar taraqqiyoti uchun R. Dekart, B. Paskal, B. Spinoza va G. Leybnits kabi olimlarning ishlari sezilarli ta’sir ko‘rsatdi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling