Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bixeviorizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishi
- Uotson Djon Brodes (1878 – 1958)
Xoll Stenli (1844 – 1924), amerikalik psixolog, pedalogiyaning asoschilaridan biri. S. Xoll V. Vundtning qo‘lida ta’lim olgan. 1883 yilda Dj. Xopkins universiteti bazasida u AQShda birinchi psixologik laboratoriya tashkil qildi. 1887 yili S. Xoll AQShda psixologiya sohasida birinchi davriy nashr bo‘lgan “Amerika psixologiya jurnali”ni tashkil qilish tashabbuskori bo‘ldi. Pedotsentrizm g‘oyasining tarafdori sifatida S. Xoll bolani ilmiy bilimlar turli sohalarining alohida segmentlari ob’ekti sifatida emas balki yagona pedologiya fani doirasida o‘rganish kerak, deb hisoblagan.
S. Xoll rekapitulyatsiya nazariyasining muallifi hisoblanadi, unga ko‘ra ontogenetik taraqqiyot filogenetik taraqqiyotni takrorlaydi. Boshqacha aytganda, bola insoniyat tarqqiyotining hamma bosqichlaridan o‘tishi shart, u o‘z taraqqiyotining biron bir bosqichini chetlab o‘tishi mumkin emas. S. Xollning fikricha bolaning bir bosqichdan boshqasiga o‘tish mexanizmi o‘yin hisoblanadi. Bixeviorizmning paydo bo‘lishi va rivojlanishi Bixeviorizm – amerika psixologiya fanida alohida yo‘nalish sifatida XX asrning boshlarida paydo bo‘ldi. Bixeviorizmda tadqiqot predmeti sifatida xulq o‘rganilgan (behavior, inglizcha xulq). Xulqiy reaktsiyalarni o‘rganish bilan ko‘plab tadqiqotchilar shug‘ullanishgan, ular orasida taniqlilari: D. B. Uotson, E. Torndayk va F. B. Skinnerlar hisoblanadi. Uotson Djon Brodes (1878 – 1958), amerikalik psixolog, bixeviorizmning asoschisi. 1913 yili D. Uotson “Psixologiya bixeviorist nuqtai nazarida” nomli maqola e’lon qiladi, bu maqola psixologiyada yangi yo‘nalishning o‘ziga xos manifesti bo‘lib qoldi. D. Uotsonning ”Psychological Review” jurnalida shu maqolasining e’lon qilinishini bixeviorizmning paydo bo‘lish sanasi, deb qabul qilingan. Ushbu maqolada D. Uotson xulqni organizmning tashqi stimullarga reaktsiyasi sifatida ko‘rib chiqish kerakligini taxmin qilib, xulqiy tadqiqotlar o‘tkazish zarurati haqidagi fikrni bayon qildi. D. Uotson ong holatini kuzatish befoyda, degan fikrda bo‘lgan. U tomonidan mashhur stimul-reaktiv formula taklif qilingan S – R (stimul – reaktsiya). D. Uotson xulqni tashqi stimullarning organizmga ta’siri va organizmning javob reaktsiyasini kuzatish vositasida o‘rganish mumkin, deb hisoblagan. D. Uotsonning fikricha, emotsional reaktsiyalarni boshqarish mumkin, buni u o‘zining yosh bolalar bilan o‘tkazgan mashhur tajribalarida isbot qilishga uringan. Eksperiment davomida bolalarda qattiq tovush va quyonni ko‘rsatish orqali qo‘rquv hissi uyg‘otilgan, ma’lum vaqt o‘tgandan so‘ng bolalarda har qanday paxmoq ob’ekt oldida qo‘rquv uyg‘ona boshlagan. 1928 yili D. Uotson R. Reyner bilan hamkorlikda “Bolalarni psixologik qo‘llab quvvatlash” nomli kitobni nashr qilishdi, bu kitob ota-onalar o‘rtasida katta qiziqish uyg‘otdi. Kitob saxifalarida bola tarbiyasi bilan mashg‘ul ota-onalar uchun amaliy maslahatlar berilib, tarbiya jarayonining o‘zi o‘rganish jarayoni sifatida taqdim qilingan. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling