Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kyulpe Osvald (1862 – 1915)
Ebbingauz German (1850 – 1909), nemis psixologi. Gall va Berlin universitetlarida tarix – filologiya va filosofiyadan ta’lim olgan. 1890 yili G. Ebbingauz birinchi nemis psixologik jurnali – “Sezgi organlari psixologiyasi va fiziologiyasi jurnali”ni ta’sis qilgan.
G. Ebbingauz o‘zining tadqiqotning ob’ektiv metodlari yordamida amalga oshirgan xotiraning eksperimental tadiqiqotlari bilan tanildi. Bu tadqiqotlar natijasini u o‘zining 1885 yili nashr qilgan “Xotira haqida” nomli monografisida e’lon qildi. G. Ebbingauz tadqiqotlarining yangiligi shunda ediki, xotirani o‘rganishda ilgari foydalanilmagan stimullarning yangi turi yolg‘on nutqiy stimullar (mazmunsiz bo‘g‘inlar)dan foydalandi. Har bir bo‘g‘in ikkita jarangli va bitta jarangsiz harfdan tashkil topadi (masalan: kax, rop va x.k.). yolg‘on nutqiy stimullardan foydalanish G. Ebbingauzga tadqiqot samarasini sezilarli oshirish imkonini berdi, chunki bir xil tarkibli stimullar osongina hamma tekshiriluvchilarni tenglashtiradi, ularning soni esa eksperimentlarni ko‘p marta amalga oshirish uchun har doim etarli hisoblanadi. G. Ebbingauz tadqiqotlar natijasida “unutish egri chizig‘i”ni aniqladi, unga ko‘ra materialning 40 – 60% i o‘rganilgandan keyingi dastlabki minutlarda unutiladi, yana ham ozrog‘i o‘rganilgandan keyingi dastlabki soatlarda, undan ham ozrog‘i o‘rganilgandan keyingi dastlabki kunlarda unutiladi. G. Ebbingauz o‘z tadqiqotlarida “qirg‘oq samarasi”ni aniqladi, unga ko‘ra eksperiment materiali stimul qatorining boshi va oxiridagi elementlar tezroq esda olib qolinadi, qatorning o‘rtasidagi material esa sekinroq esda olib qolinadi. O‘z eksperimental tadqiqotlarida G. Ebbingauz shuni aniqladiki, esda olib qolish qiyinchiligi materialning hajmi (stimul qatorining uzunligi)ga to‘g‘ri proportsional, qaytarishlar soni ortishi bilan esda olib qolish tezligi kamayadi. Kyulpe Osvald (1862 – 1915), nemis psixologi, Vyurtsburg psixologiya maktabining asoschisi. Berlin, Gettingen va Leyptsig universitetlarida ta’lim olgan. V. Vundtda assistent bo‘lib ishlagan. 1886 yili Vyurtsburg universitetida O. Kyulpe eksperimental psixologiya laboratoriyasini tashkil qilib tafakkur muammosi tadqiqotlari bilan shug‘ullana boshladi va shu bilan tafakkurni eksperimental o‘rganib bo‘lmaydi, deb hisoblagan V. Vundt pozitsiyasiga qarshi chiqdi. O. Kyulpe retrospektiv introspektsiya metodini ishlab chiqdi, unga ko‘ra tekshiriluvchi aniq vazifani hal qilayotib tadqiqot tugagandan keyin o‘zining nima uchun shunday qaror qabul qilganligi haqida retrospektiv hisobot taqdim qilgan. O. Kyulpe psixik hayotda sensor materiallar bilan, birga sezgi bo‘lmagan va sub’ektning aqliy faoliyati bilan bog‘liq materiallar katta rol o‘ynashligini aniqladi. O. Kyulpe o‘z atrofiga uning qarashlarini qo‘llab quvvatlaydigan N. Ax, K. Byuller, L. Mayer, K. Marbe, L. Messer, I. Ort, G. Uatt kabi yosh, talantli olimlarni to‘plab ilmiy jamoada ijodiy muhit yarata oldi. K. Marbe, mulohazalar shakllanishi jarayoni obrazlar bilan ishlash natijasi bo‘lganligi uchun “badbashara” tabiatga ega, deb hisobladi. L. Messer eksperimentlari natijasida predmetga yo‘naltirilgan – predmetli tafakkur aniqlandi. K. Byuller, tugallanmagan gaplardan foydalanib shuni aniqladiki, tafakkur jarayoni nutqqa bog‘liq emas, chunki bitta fikrni turli so‘zlar yordamida bayon qilish, yoki aksincha turli fikrlarni bir xil so‘zlar yordamida bayon qilish mumkin. Vyurtsburg maktabi 1909 yilgacha faoliyat ko‘rsatdi, O. Kyulpe Vyurtsburgdan ko‘chib ketgandan so‘ng o‘z faoliyatini to‘xtatdi, shunga qaramay O. Kyulpe va uning shogirdlarining izlanishlari tufayli tafakkur eksperimental psixologiyasining bundan keyingi taraqqiyoti uchun mustahkam zamin yaratildi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling