Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi
Tana (somatik) nerv sistemasi markaziy va periferik nerv sistemalarini o‘z ichiga oladi. Vegetativ
Download 1.38 Mb.
|
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022
Tana (somatik) nerv sistemasi markaziy va periferik nerv sistemalarini o‘z ichiga oladi.
Vegetativ (avtonom, vistseral) nerv sistemasi avtonom hisoblanadi va ovqat xazm qilish yo‘llari faoliyatini (ovqat xazm qilish bezlarida so‘lak ajralishi, ovqatning ovqat xazm qilish yo‘lida harakatlanishi va x.z.), qon aylanishi (qon tomirlarining qisqarishi va kengayishi), yosh va ter bezlari hamda ichki sekretsiya bezlari, shuningdek boshqa organlar faoliyatini boshqaradi. Vegetativ nerv sistemasi emotsional reaktsiyalarda muhim rol o‘ynaydi va ikki qismga bo‘linadi: simpatik va parasimpatik, bularning o‘zaro munosabati o‘ta murakkab hisoblanadi; ularning ayrim elementlari o‘zaro antogonistik (qarama-qarshi) aloqadorlikda bo‘ladi. Nerv sistemasi faoliyatida shuningdek uchta blokdan iborat bosh miyaning funktsional qurilmasi katta rol o‘ynaydi: – quvvatlantiruvchi blok, miya stvolining yuqori bo‘limida joylashib nerv sistemasining normal ishlashi uchun zarur tonusni saqlab turadi; – axborotni qabul qilish, qayta ishlash va saqlash bloki, ikkala bosh miya yarim sharlarining orqa bo‘limlari, yarim sharlar po‘stlog‘ining o‘rta quyi (temenno‘e), orqa (zato‘lochno‘e) va pastki (visochno‘e) bo‘limlari; – bosh miya po‘stlog‘ining peshona bo‘limida joylashgan nerv sistemasi faoliyatini nazorat qilish, boshqarish va dasturlashni ta’minlovchi blok. Bosh miya odam va xayvon nerv sistemasining markaziy bo‘limini tashkil qiladi, organizmning xamma funktsiyalarini boshqarishning yuqori murakkab shakllarini, uning muhit bilan hamkorligini, oliy nerv faoliyatini, odamda esa oliy psixik funktsiyalarni ham ta’minlaydi. Bosh miya quyidagi bo‘limlardan tashkil topgan: – old miya – ikkita yarim shardan iborat bosh miyaning oldi qismi; – o‘rta miya – katta yarim sharlarning ostida joylashgan va muskullar tonusini, organizmning fazodagi turli xolatlari, ko‘z harakati, xushyor tortishni boshqarish reflektor faoliyatini takomillashtiruvchi bo‘lim; – orqa miya – miyacha va unga qo‘shilib ketuvchi uzunchoq miya joylashgan bosh miya bo‘limi; – so‘nggi miya – old miyaning muhim bo‘limi; – oraliq miya – talamus va gipotalamus joylashgan old miyaning bo‘limi; – uzunchoq miya – umurtqa pog‘onasida joylashgan orqa miya yuqori qismining davomi, unda miyaning qator hayotiy muhim markazlari, shuningdek retikulyar formatsiya joylashgan; – bosh miya katta yarim sharlari po‘stlog‘i – kulrang modda (nerv xo‘jayralari) qatlami, bosh miya yarim sharlarini qoplab turadi va psixik faoliyatni amalga oshirishda o‘ta muhim rol o‘ynaydi; – talamus – po‘stloq osti nerv qurilmasi, retseptordan kelayotgan axborotni taqsimlaydi, integratsiya qiladi va keyinchalik katta miya yarim sharlar po‘stlog‘iga uzatadi (po‘stloq bilan talamus orasida shartli reflekslar xosil bo‘lishida qatnashuvchi xalqasimon bog‘lanmalar mavjud; bevosita talamus ishtirokida odam emotsiyalarining shakllanishi amalga oshadi); – gipotalamus – bosh miya qurilmasi, ko‘rish bo‘rtiqlari ostida joylashib modda almashinuvini boshqarish, vegetativ, psixik va somatik funktsiyalarni muvofiqlashtirish, uyqu va xushyorlikni boshqarish, organizmning ichki va tashqi muhit o‘zgarishlariga moslashishini ta’minlaydi; – miyacha – bosh miya stvolining orqa qismi, harakatni muvofiqlashtirish, fazodagi xolatni saqlash, tonus-taranglik va gavdani tutishni ta’minlaydi; – limbik tizim – nerv qurilmalari guruhi, bosh miya markaziy qismida xalqa xosil qilgan (u odam psixikasining ehtiyojiy-motivatsion sohasini boshqaradi); – miya stvoli – bosh miyaning eng qadimiy qismi, qator bo‘limlardan tashkil topgan; – bazal gangliyalar – harakat va vegetativ funktsiyalarni boshqarish bilan bog‘liq bosh miya qurilmasi. Shu fakt aniqlanganki, nerv faoliyatining turli ko‘rinishlari bosh miyaning aloxida bo‘laklari bilan bog‘liq: ko‘rish impulslari miyaning orqa soxasi bilan, eshitish – peshona sohasi bilan, harakat – old markaziy ariqcha bilan. Bosh miya po‘stlog‘i ong va tafakkur jarayonlari, ichki va tashqi muhit xodisalarini analiz va sintezini amalga oshirishda katta rol o‘ynaydi, shuningdek, harakatlarni muvofiqlashtirishning oliy funktsiyasini bajaradi. Po‘stloq tananing yuzasidan, muskullardan, ko‘z, eshitish va xid bilish organlaridan, ichki organlar va qon tomirlaridan, miyacha hamda po‘stloq osti nerv tugunlaridan impulslar oladi. O‘z navbatida po‘stloq muskullarga, turli organlarga va vegetativ markazlarga impulslar jo‘natadi. Miya stvoli turli vazifalarni bajaradi. Uzunchoq miya organizm hayot faoliyatida muhim rol o‘ynaydi; unda hayotiy muhim markazlar, yurak-qon-tomir tizimi markazi, nafas, tana xaroratini boshqarish va boshqa doimiy harakatdagi ichki organlar funktsiyalarini muvofiqlashtiradigan markazlar joylashgan. O‘rta miyada ko‘zni harakatlantiruvchi va boshqa miya-bosh suyagi markazlari yadrolari joylashgan. Miyacha tananing muvozanatini, muskullar tonusi-tarangligi va harakatni muvofiqlashtirishda muhim rol o‘ynaydi. Download 1.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling