Keler Volfgang (1887 – 1967), nemis psixologi. V. Keler 1913 yildan 1920 yilgacha Kanar orollarida hayvonlar xulqini o‘rganish bo‘yicha o‘tkazgan tajribalari natijalari bilan shuxrat qozondi. V. Keler qutilar, tayoqlar va aylanib o‘tuvchi yo‘llar bilan o‘tkazgan tadqiqotlari davomida aniqlangan insayt xodisasini tasvirlagan, bu xodisa muammoli vaziyat maydonini shunday qayta qurish qobiliyatiki, unda ilgari muammoli vaziyat maydoniga kirmagan elementlar kerakli javobni topib, ahamiyatga ega bo‘lib qoladi. Insayt davomida o‘zaro aloqalar muammosini hal qilishning bexosdan, kutilmagan anglanishi amalga oshadi, muammo echimini bunday ixtiyorsiz anglash quvonch hissiga sabab bo‘ladi.
V. Keler idrokning turli shakllarini ta’minlaydigan miyaning neyron maydonlari mavjud, degan fikr bayon qilingan. V. Keler bosh miyada zonal jarayonlar amalga oshadi, bu jarayonlar davomida miyaning bitta zonasida uyg‘ongan nerv impulslari distal yo‘nalishda, o‘zaro hamkorlik qilib tarqaladi, deb hisoblagan.
Levin Kurt (1890 – 1947), nemis va amerika psixologi, guruhiy dinamika nazariyasining muallifi. K. Levinning fikricha shaxs psixologik maydonni tashkil qiluvchi turli predmetlar bilan o‘ralgan, maydonda har bir predmet o‘zining valentligiga ega. Bir xil predmet har xil odamlar uchun turlicha valentlilikka ega bo‘ladi “Q” yoki “–“. Predmetning odamga “Q” yoki “–“ zaryad bilan ta’sir qilishi natijasida odamda u yoki bu ehtiyoj shakllanadi. O‘z navbatida ehtiyojlar energetik zaryad sifatida odamning energetik zo‘riqishini shakllantiradi. Shunday qilib, sub’ekt mavjudligining mohiyati zo‘riqishni bartaraf qilishga intilishdan iborat bo‘ladi.
K. Levin odam agressiyasi va havotirining asosiy sababi qondirilmagan ehtiyojlarda, deb taxmin qilgan. K. Levinning fikricha odam o‘z irodaviy xulqini tashkil qilish qobiliyatiga ega, bu qobiliyat uning atrof maydon ta’sirini bartaraf qilishga qobilligida namoyon bo‘ladi.
K. Levin taklif qilgan, quyidagi usullarni o‘z ichiga olgan muloqot usullari tipologiyasi keng tanildi: 1) demokrat, 2) avtoritar, 3) loqayd.
Do'stlaringiz bilan baham: |