Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


- MAVZU. PSIXOLOGIYADA GUMANISTIK YO‘NALISh. FRANTSUZ SOTSIAL PSIXOLOGIYASI. INDIVIDUAL VA ANALITIK PSIXOLOGIYA. EKZISTENTSIAL VA GUMANISTIK PSIXOLOGIYA


Download 1.38 Mb.
bet63/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

9- MAVZU. PSIXOLOGIYADA GUMANISTIK YO‘NALISh. FRANTSUZ SOTSIAL PSIXOLOGIYASI. INDIVIDUAL VA ANALITIK PSIXOLOGIYA. EKZISTENTSIAL VA GUMANISTIK PSIXOLOGIYA.
Frantsuz sotsial psixologiyasi va ma’rifatparvarligi
Shaxs qurilmasi va mazmuni muammolari qonuniy ravishda ko‘plab frantsuz olimlarida madaniyat va ijtimoiy muhitning shaxs psixikasiga ta’sir o‘tkazishi muammolariga katta qiziqish o‘yg‘otgan va bu muhim tadqiqotlar olib borishga zamin yaratdi. Markaziy muammolardan biri psixikada ongli va ongsiz sohalarning o‘zaro munosabati, ongsiz motivlarning insonlar harakatlariga, ularning bir-birlari bilan o‘zaro munosabatlariga ta’siri haqida bo‘ldi.
Shaxs mazmuniga, inson xulqiga bosim o‘tkazadigan ongsiz ustanovkalarga ta’sir o‘tkazadigan ijtimoiy omillarga qiziqish frantsuz fanida XIX-XX asrlar chegarasida turli psixologik jamiyatlarning birlashishiga sabab bo‘ldi.
Psixiatriyaga oid tadqiqotlar natijalariga tayangan holda psixikani o‘rganish sohasida izlanishlar olib borish bilan birga frantsuz psixologiyasida o‘zining bosh tadqiqot mavzusi sifatida ijtimoiy aloqalarni o‘rganish bo‘lgan yangi maktab paydo bo‘ldi. Birinchi holatda psixikaning shakllanishi qonuniyatlari tadqiqotlari markazida klinik metodlar turgan bo‘lsa, ikkinchi holatda odamlarni har xil ijtimoiy holatlarda o‘rganish, shuningdek krossmadaniy tadqiqotlar markaziy o‘rinni egalladi.
”Frantsuz ijtimoiy maktabi” deb nom olgan ushbu yo‘nalishning asoschisi E. Dyurkgeym (1858-1917) bo‘ldi. E. Dyurkgeym Kantning pozitivistik kontseptsiyasini davom ettirib, ob’ektiv sotsiologiyani jamiyat xaqidagi, aloxida ma’naviy reallikni o‘rganadigan fan sifatida taqdim qilishga harakat qildi. U “Sotsiologizm” degan tushunchani kiritib, ijtimoiy hayot voqeligi biologik va psixik voqelik bilan bir xilda bo‘la olmasligini, bu tushunchalar har xil mazmun berishligini ta’kidlab o‘tdi. Uning fikricha, ijtimoiy hodisalarni aloxida ijtimoiy muhit, ma’lum jamiyat tipi bilan, uninig sifatlarida o‘rganilayotgan xodisalar sabablarini topish bilan bog‘lash kerak.
E. Dyurkgeymning ta’kidlashicha jamiyat individlardan iborat, biroq bu qismlarning shunchaki bog‘lanishi emas, faqat individ o‘zigina bor joyda jamiyat yo‘q. Individ ustidan buyuk ma’naviy hukmdor – kollektiv turadi.
Kollektivning hayotiy maqsadi, uning fikricha, individlarning jamiyatdagi integratsiyasi bo‘lib, axloqiy obro‘ga ega bo‘lada va tarbiyaviy vazifalarni bajara oladi.
Individ jamiyatga muhtoj bo‘ladi, chunki mustahkam kollektivda individ o‘zining ko‘p hollarda ojizona kuchigagina tayanmaydi, balki “jamoaviy quvvatda qatnashish ulushiga ega bo‘ladi, ojizlik va tushkunlik holatida undan madad oladi”. E.Dyurkgeymning ta’kidlashicha, guruhda odamlar umumiy maqsad uchun o‘zlarinig manfaatlarini qurbon qilishlari mumkin, intellektual salohiyatlari esa o‘zlarining ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishga intilishlari bilan bog‘liq, ya’ni odam faoliyatining oliy shakllari kelib chiqishi jihatidan jamoaviy bo‘lib hisoblanadi. Shaxs bilan ijtimoiy hamjihatlik o‘rtasidagi munosabatlarni tahlil qilib, E.Dyurkgeym, individ borgan sari mustaqil bo‘lib boradi, deb ta’kidlagan.
Shu bilan birga individ jamiyatga kuchliroq tobe bo‘lib boradi va mustaqillashish hamda tobelashish jarayonlari parallel amalga oshadi. Olim o‘zining izlanishlari bo‘yicha xulosa yasab, jamiyat shakllanishining asosida mexanik va organik uyg‘unlik yotadi, degan xulosaga keldi. Mexanik jipslik bu o‘xshashliklar jipsligidir. Jamiyatda bunday jipslikda individlar bir-birlaridan uncha farqlanmaydilar, ular bir xil qadriyatlarni bir xil his qiladilar, jamiyat jipslashgan, individlar xali tabaqalanmagan. Bu tuzilish ibtidoiy davrga mansub jamiyatlar uchun harakterlidir.
Organik birdamlikda jipslik ijtimoiy tabaqalanishga asoslangan. Bunday jamiyatda individlar bir- biriga o‘xshamaydi, ammo bir-biri bilan yashay oladilar, ishlay oladilar, boshqalarning qadriyatlarini qabul qila oladilar va x.z. Jamiyatning bu tipi hozirgi tsivilizatsiyaga mansub bo‘lib, uning asosiy belgisi - oliy axloq bo‘lib, diniy e’tiqodi, yashash joyidan qat’iy nazar barcha birdek bo‘ysunadi.
E.Dyurkgeymning asosiy g‘oyasi shundan iboratki, ijtimoiy ong individual ongdan farq qiladi, chunki u o‘z qonunlari asosida rivojlanadi, u individual ongning natijasi yoki namoyon bo‘lishi emas. Bunda olim kollektiv ong deganda, “har qanday jamiyatdagi o‘rtacha a’zolarga xos bo‘lgan ularning e’tiqodi, tuyg‘ulari, hissiyotlarining umumiy yig‘indisi”ni tushungan. Bundan u shunday xulosaga keladiki, individ jamiyatdan kelib chiqadi, jamiyat individdan emas, chunki ijtimoiy tizim xususiyatlari elementlar yig‘indisi bilan tushuntirilishi yoki bir individga bog‘lanishi mumkin emas.
Individning ijtimoiy hayoti psixologik hayoti kabi tasavvurlardan tashkil topadi, shu bilan birga ijtimoiy va individual tasavvurlar bir-biri bilan tenglasha oladi, chunki ular bir xil qonuniyatlar doirasidan kelib chiqadi. Ijtimoiy tasavvur ijtimoiy hayotning shunday bir o‘ziga xos shakliki, bunday tasavvur aloxida shaxs tomonidan dunyoni idrok qilish xususiyatini belgilab beradi. Ijtimoiy tasavvur individual ongga nisbatan begona bo‘lib hisoblanadi, lekin keyinchalik asta-sekin unga interiorizatsiya bo‘ladi, unga singib ketadi.
Jamiyat assotsiatsiyalashgan individlar to‘plamidan tashkil topadi va ular tashkil qilgan tizim individlarning hududda joylashishi, soni, muloqot usullari va ijtimoiy ong harakteriga qarab o‘zgarib boradi. Ijtimoiy hayotning o‘ziga xos xususiyatlari bo‘lgan ijtimoiy xodisalar – diniy e’tiqod, marosimlar, axloq qoidalari, huquqiy qonunlar va x.z.lar muhim ahamiyatga ega. Ular hamma uchun majburiy, shuning uchun individning ushbu faoliyat turi va tafakkuri u tomonidan yaratilmagan, balki tashqaridan sotsiumdan, jamiyatdan keladi. Bunday xususiyatlar har bir konkret jamiyatda aloxida o‘rnatiladi va ijtimoiy tasavvurlar mazmuniga kuchli ta’sir qiladi.
E.Dyurkgeymning ijtimoiy ongning rivojlanishi xaqida bildirgan fikrlari an’anaviy madaniyatlarni o‘rganishda taniqli psixolog, faylasuf va etnograf L. Levi-Bryul (1857-1939) tomonidan foydalanildi.
U o‘zining “Ibtidoiy fikrlash” (1922), “Ibtidoiy ruh” (1927) asarlarida Afrika, Avstraliya, Okeaniya kabi ijtimoiy-madaniy taraqqiyotning turli bosqichlarida turgan xalqlar hayoti xaqidagi boy etnografik materiallardan foydalandi. E. Dyurkgeymning “ijtimoiy tasavvur” tushunchasiga tayanib, Levi-Bryul turli ijtimoiy-madaniy qurilmalarga aloxida tafakkur tipi xos bo‘ladi, deb tasdiqlaydi. Ana shu qoidadan kelib chiqib u tafakkurning ibtidoiy va mantiqiy tipi xaqidagi o‘z nazariyasini shakllantirdi. ”Qo‘yi jamiyatlarda aqliy funktsiyalar” (1910) nomli asarida u ibtidoiy tafakkurga quyidagicha ta’rif beradi: mazmunan mistik, tashkiliy tuzilishi bo‘yicha pralogik (mantiqiygacha), qarama-qarshiliklarga hissiz va tajribalar o‘tkazishga ta’sirsiz. Rivojlangan jamiyat vakillarining fikrlashlaridan farqli ularoq, ibtidoiy tafakkur mantiqiy munosabatlar o‘rnatishga yo‘nalmagan, partitsipatsiya (soprichastiya – aloqadorlik, bog‘liqlik) qonuniga bo‘ysunadi, shuning natijasida ibtidoiy jamiyat odamlarida predmetlar ularga xos bo‘lgan belgilarga qarab emas balki ularning mistik, iloxiy sifatlariga qarab birlashtiriladi.
Levi-Bryul “pralogik” va “logik” tafakkur bir – birini almashuvchi bosqichlar emas, balki bir vaqtda mavjud bo‘ladigan fikrlash tiplari, deb tasdiqlaydi. Pralogik tafakkur ibtidoiy odam jamoaviy tasavvurlarining mazmunini belgilaydi, lekin uning shaxsiy tajribasi va amaliy harakatlari sohasiga joriy etilmaydi.
Shu bilan birga, mantiqiy tafakkur ustunlik qiladigan zamonaviy jamiyatda pralogik tafakkur izlari din, axloq va marosimlarda saqlanib qolgan. Shunday qilib, tarixiy taraqqiyot jarayonida ibtidoiy va mantiqiy tafakkurning o‘zaro munosabati o‘zgarmoqda, bunda mantiqiy tafakkurning ulushi ortib bormoqda.
Odamlarning ijtimoiy aloqalari va ularning alohida odam psixikasiga ta’sirini o‘rganish G. Tard (1843-1904) tomonidan ham olib borilgan. Tard E. Dyurkgeymning “sotsiologizm kontseptsiyasi”ni, uning jamoaviy tasavvurlarning shakllanish mexanizmlari xaqidagi fikrlarini tan olmagan. Tard kontseptsiyasi Lebo va Sharkolarning sub’ektning hayotiga gipnoz orqali ta’sir o‘tkazishning ahamiyati kuchli degan, gipotezalariga tayanadi.
Tard, shaxs ijtimoiy aloqalarining asosini uchta omil: taqlid, kashfiyot, oppozitsiya (innovatsiya-yangiliklarga qarshi turish) tashkil qiladi, degan kontseptsiyani ilgari surdi. U o‘zining “Taqlid qonunlari” (1893) asarida sanab o‘tilgan omillar orasida taqlid individ tomonidan boshqa odamlarning ustanovkalari, e’tiqodlari va hissiyotlarini o‘zlashtirishda ustunlik qiladi, deb tasdiqlaydi.
Tard guruhiy xulq-atvorni imitatsiya, taqlidga asoslangan ko‘pchilikning gipnozlanishi, bunday hulq somnambulizmning bir shakli deb qaraydi.
Frantsuz olimlarining izlanishlari psixologiya fani predmetini kengaytirib, unga nafaqat ongsizlik, balki jamoaviy psixika haqidagi ma’lumotlarni, bilimlarni kiritish bilan boyitdi.
Izlanishlarninig eng muhim ahamiyati yangi omilni - inson psixikasi shakllanishida madaniyat, insoniyatninig tarixiy rivojlanishi muhim omil ekanligini tan olish bo‘ldi. Bu tadqiqotlar odamning faqat biologik emas, balki madaniy - tarixiy taraqqiyot maxsuli sifatida tasavvur qilish, psixologiyaning falsafa, tarix, sotsiologiya fanlari bilan o‘zaro hamkorligining yangi qirralarini ochib berdi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling