Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Download 1.38 Mb.
bet65/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Didro Deni (1713 – 1784), frantsuz filosofi, frantsuz “Entsiklopediya, yoki fan, san’at va hunarlar izohli lug‘ati”ning mualliflaridan biri (1751–1780 yillar). Deni Didro bilishning asosiy usullari eksperiment va kuzatish, deb hisoblagan, uning fikricha materiya turli tuman va u sezgirlik xususiyatiga ega.
Deni Didroning fikricha, davlat ta’lim tizimi quyidagi tamoyillarga amal qilinganda samarali bo‘lishi mumkin: birinchidan, umumiy bepul va tabaqalashmagan boshlang‘ich ta’lim. Ikkinchidan, kambag‘al oilalardan chiqqan o‘quvchilarni moddiy rag‘batlantirish (boshlang‘iq maktabda bepul darslik va ovqat). Ta’limning sifatini oshirish uchun Deni Didro noqobil o‘quvchilarni aniqlash uchun bir yilda bir necha marotaba maktablarda hammaning ko‘z o‘ngida imtixonlar o‘tkazib turishni taklif qilgan.
Gelvetsiy Klod (1715 – 1771), frantsuz filosofi. 1758 yili Klod Gelvetsiy “Aql haqida” nomli kitobini nashr qildi, bu kitob cherkov tomonidan norozilik uyg‘otib ta’qiqlandi. Bu kitobda Klod Gelvetsiy Xudoni, ruhning o‘lmasligini inkor qilib, o‘zining ateistik qarashlarini bayon qildi. Mexanika qonunlarini absolyutlashtirgan Klod Gelvetsiyning fikricha, odamni o‘rab turgan borliq moddiy va cheksiz. Tafakkur – doimiy harakatdagi materiyaning xususiyati va murakkab qurilmasidir.
Klod Gelvetsiy ruh va aql bir-biriga o‘xshash bo‘lmagan tushunchalar, deb hisoblagan.
Klod Gelvetsiy shuningdek, hamma odamlar tabiatan teng, notenglikning sababi esa tarbiya va tasodifda, deb hisoblagan. Shuning uchun odam tarbiyalanayotgan muhit uning psixik qiyofasiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Klod Gelvetsiy jamiyatni harakatga keltiruvchi kuch odamning ongi va ehtiroslaridir, deb hisoblagan. Ehtiroslarga ta’rif berib, Gelvetsiy ikki xil ehtiroslar mavjud, deb taxmin qilgan: 1) tug‘ma (lazzatlanish va azoblanish), 2) hayot jarayonida o‘zlashtiriladigan (emotsiya va hissiyotlar).
Individual va analitik psixologiya
Individual psixologiya – psixoanalizga oppozitsiya sifatida XX asrning boshlarida paydo bo‘ldi. Uning asoschisi A. Adler hisoblanadi. A. Adler dastavval Z. Freyd bilan hamfikr bo‘lgan, lekin keyinchalik uning qarashlarini rad etib, o‘zining shaxs nazariyasini ishlab chiqdi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   61   62   63   64   65   66   67   68   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling