Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


Turkistonda ma’rifatparvarlik harakati


Download 1.38 Mb.
bet77/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

Turkistonda ma’rifatparvarlik harakati
Turkistonda ma’rifatparvarlik harakatining ildizlari halqimizning uzoq tarixiy o‘tmishi, buyuk allomalar va donishmandlar tomonidan yaratilgan va jahon ilm-fani, madaniyatiga bebaho hissa bo‘lib qo‘shilgan boy merosimizga borib taqaladi. Bu bebaho merosning shakllanishi va hozirgi kungacha o‘z qadr-qimmatini yo‘qotmagan mohiyat-mazmunida Amir Temur va uning avlodlari davrida yaratilgan ma’naviy boylikning o‘ziga yarasha o‘rni va salmog‘i bor.
Temuriylar davri umuman Sharq, xususan Markaziy Osiyo – ilm-fan, madaniyat, ma’naviyat, adabiyot va san’at rivojida muhim bosqich, yangi tarixiy davr, tub burilishdir. Bu davrdagi ma’naviy-ma’rifiy hayotdagi ko‘tarilish va yuksalishning manbai, boshlanishi IX-XII asrlarga borib taqaladi. XIV asrning ikkinchi yarmi va XV asrda Markaziy Osiyoning madaniy-ma’naviy va ma’rifiy kamoloti IX-XII asr madaniyati, ma’naviyati va ma’rifati davomidir. Markaziy Osiyo xalqlaridan etishib chiqqan buyuk tafakkur egalarining butun bir avlodi xuddi shu davrda shakllandi va ijod etdi. Butun dunyoga nomlari mashhur tarixchilar Sharofiddin Ali Yazdiy, Mirxond, Xondamir, Davlatshoh Samarqandiy olimlar – Ulug‘bek, Ali Qushchi, Qozizoda Rumiy; faysafus shoirlar – Abduraxmon Jomiy, Alisher Navoiy, Lutfiy, Sakkokiy, Atoiy; musavvirlar - Kamoliddin Behzod, Qosim Ali, Mirak naqqosh va boshqalar shular jumlasidandir. Ularning hammasi o‘sha davr va o‘zlarigacha bo‘lgan insoniyat ma’naviyati, ma’rifati va madaniyati yutug‘ining barcha sohalarini mukammal bilib va o‘zlashtirib olgan, o‘zlari tanlagan sohalarning hali hech kim tomonidan zabt etilmagan cho‘qqilarini egallagan ulug‘ siymolar, qomusiy ilm, aql egalari bo‘lganlar.
Kamoliddin Behzod va uning shogirdlari ijodida yuksak bosqichga ko‘tarilgan musavvirlik san’ati Sharq uyg‘onish davrining yutuqlaridan biridir. Behzod o‘zining takrorlanmas ijodi, go‘zal miniatyura san’ati va ajoyib mahorati bilan nafaqat Sharqda, balki butun duyoda ham o‘chmas iz qoldirdi, “Ikkinchi Moniy”, “Sharq Rafaeli” degan nomlar bilan yuksak darajada e’zozlandi.
Temuriylar davri ilm-fan, madaniyat, ma’rifat rivoji Mirzo Ulug‘bek (1394-1449) ning nomi bilan chambarchas bog‘lanib ketgan. U davlat arbobi, fan, ma’rifat homiysi, buyuk olim va munajjim edi.
U o‘zi bunyod ettirgan rasadxona va ilm-ma’rifat markaziga turli sohalarda ish olib boruvchi 100 dan ortiq ilm ahllarini to‘plab, keng jabhada ilmiy kuzatish ishlarini olib borgan. Bular Qozizoda Rumiy, G‘iyosiddin Jamshid, Ali Qushchi, Mavlono Ahmad, Muhammad Havofiy, Abul Ali Birjondiy, Mirim Chalabiy, Muiniddin Koshiy kabi zamonaning zabardast olimlari bo‘lishgan.
Temuriylar davri ma’naviyati,va ma’rifati rivoji o‘zlarining hayoti va faoliyatini insonning baxt - saodati, xalqlar osoyishtaligi, obodonlik ishlari, ilm-fan, adabiyot va san’at rivojiga bag‘ishlagan buyuk mutafakkir Mir Alisher Navoiy (1441-1501)ning nomi bilan chambarchas bog‘liqdir.
O‘zbek xalqining buyuk farzandi, mutafakkir, davlat arbobi, o‘zbek adabiyoti va tilining asoschisi Alisher Navoiy O‘rta Osiyoning ma’naviy va ma’rifiy fikr taraqqiyotida alohida o‘rin tutadi. U adabiyot, san’atning turli sohalariga oid qirqdan ortiq asar yaratdi. “Chor devon”, “Hamsa”, “Maxbub-ul-Qulub”, “Muxokamatul-lug‘atayn”, “Majolis-un-nafois”, “Lison-ut-tayr” va boshqalar shular jumlasidandir.
XIX asrda Turkistonda boshlangan jadidchilik harakati tarixiy o‘tmishimizda yaratilgan boy ma’naviy-ma’rifiy meros an’analarini davom ettirib, xalqning barcha qatlamlarini ma’rifat orqali ma’naviyatini yuksaltirish, shu yo‘l bilan taraqqiyotning yuqori pog‘onalariga olib chiqishga intilish harakati bo‘ldi.
Jadidchilik aslida ma’rifatparvarlik harakatining ko‘rinishidir. Ma’rifatning lug‘aviy ma’nosi bilish, tanish, bilim, demakdir. Boshqacha aytganda ma’rifat bilmoq, kishilarning ong bilimini madaniyatini oshirishga qaratilgan ta’lim - tarbiya jarayonidir. Ma’rifat so‘zining ko‘plikdagi ma’nosi maorifdir. Ma’rifat atama sifatida - tabiat, jamiat va inson mohiyati haqidagi turli-tuman bilimlar, ma’lumotlar majmuasini bildiradi. Ma’rifatli degani-bilimli, muayyan sohada ma’lumoti bor, demakdir.
Turkiston ma’rifatchilik maktabi boy o‘tmish va ulkan merosga ega. Mahmudxo‘ja Behbudiy, Munavvar qori Abdurashidxon o‘g‘li, Abdulqodir Shakuriy, Ashurali Zohiriy, Saidrasul Saidaziziy, Ishoqxon Ibrat va Ahmad Donishlar XIX asr oxirlarida faoliyat boshlab, mamlakatni, xalqni milliy zulm va qoloqlikdan halos etishning yagona yo‘li ma’rifatda deb bildilar. Bu fidoyi zotlar mustabid tuzum va jaholatga, ma’naviy qullik va zulm zo‘ravonlikka qarshi bor kuchlari bilan kurash olib bordilar. Bu ma’rifatparvar bobolarimiz dunyo kezib, dunyo xalqlarining ilmu urfoni, madaniyati bilan tanishib, mustamlaka o‘lkani, uning kishanlarini ilm chirog‘i bilangina ozodlik sari boshlamoq, parchalamoq mumkin ekanini chuqur his etidlar. Shu sababli ham eng avvalo yurtimizda maktab-maorif ishlarini rivojlantirishda ham amaliy, ham nazariy jihatdan azmu shijoat namunasini ko‘rsatdilar.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling