Bilim sohasi: 300000- ijtimoiy fanlar, jurnalistika va axborot Ta’lim sohasi


O‘zbekistonda psixologiya fani rivojlanishining tabiiy ilmiy asoslari


Download 1.38 Mb.
bet79/143
Sana14.12.2022
Hajmi1.38 Mb.
#1002704
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   143
Bog'liq
1 CHI KURS UCHUN PSIX TARIX G YUNUSOVA MAJMUASI 2022

O‘zbekistonda psixologiya fani rivojlanishining tabiiy ilmiy asoslari

Rus psixofiziologiya maktabi
Sechenov Ivan Mixaylovich (1829 – 1905); rus tabiatshunosi, “rus fiziologiyasining otasi”, Rossiyada materialistik psixologiyaning asoschisi.
1863 yilda “Bosh miya reflekslari” asarida u bosh miya eksperimental tadqiqotlari natijasi sifatida tirik mavjudotlar xulqi haqidagi ta’limotning asosiy qoidalarini e’lon qildi. I. M. Sechenov tomonidan markaziy tormozlanish aniqlanib, bu fakt keyinchalik qo‘zg‘olish va tormozlanish dinamikasi haqidagi ta’limotning yaratilishiga asos bo‘ldi. Markaziy tormozlanish tushunchasi interiorizatsiya tushunchasining shakllanishiga turtki berdi. I. M. Sechenov sub’ektning tashqi faoliyatida yuzaga keladigan aqliy operatsiyalar tormozlanish mexanizma yordamida ichki psixik faoliyatga aylantiriladi, ya’ni interiorizatsiya qilinadi, deb hisoblagan.
I. M. Sechenov inson xulqi qurilishining asosiy printsipi harakatlarni signal rolini o‘ynaydigan hissiy sezgirlik bilan muvofiqlashtirishdan iborat, deb hisoblagan. Hissiy sezgirlik deganda, I. M. Sechenov tashqi muhitda xulqni boshqaruvchi signallarning bir ko‘rinishi sifatida nerv markazlarining qo‘zg‘ovchilarga o‘zaro mutanosib javob berishini tushungan.
Pavlov Ivan Petrovich (1849 – 1936); rus fiziologi, oliy nerv faoliyati haqidagi ta’limot muallifi. I. P. Pavlov I. M. Sechenov g‘oyalarini izchil rivojlantirib, shunday xulosaga keldiki, psixik faoliyatning asosida katta miya yarim sharlar markazlarida sodir bo‘ladigan fiziologik jarayonlar yotadi. I. P. Pavlovning fikricha, sub’ekt xulqining asosiy akti shartli refleks bo‘lib, u organizmga hayot faoliyatining yangi sharoitlariga moslashishga imkon beradi. Shartli refleks bilan bir qatorda I. P. Pavlov tomonidan reflekslarning: 1) orientirovka; 2) maqsadlar; 3) erkinliklar kabi kategoriyalari tadqiq qilingan.
I. P. Pavlov ikkita signal sistemasi mavjudligi haqidagi gipotezani eksperimental yo‘l bilan isbot qildi.
1897 yili I. P. Pavlov ilmiy jamiyatda munozaraga sabab bo‘lgan “Asosiy ovqat xazm qilish bezlari ishi haqida ma’ruzalar” nomli monografiyasini e’lon qildi. 1904 yili ovqat xazm qilish mexanizmlari sohasidagi ishlari uchun I. P. Pavlov Nobel mukofotini oldi.

Download 1.38 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   143




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling