Bilim sohasi: 400 000 – Biznes, boshqaruv va huquq


Download 37.99 Kb.
bet1/9
Sana12.03.2023
Hajmi37.99 Kb.
#1262665
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1.11.Soliq va soliqqa tortish (2) (2)


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
SOG’LIQNI SAQLASH VAZIRLIGI


TOSHKENT TIBBIYOT AKADEMIYASI


«TASDIQLAYMAN»
Toshkent tibbiyot akademiyasi
rektori A.K.Shadmanov
_________________________
20___ yil «____» _________

«SOLIQ VA SOLIQQA TORTISH»
MODUL DASTURI


  1. Bilim sohasi:

  1. 400 000 – Biznes, boshqaruv va huquq

  1. Ta’lim sohasi:

  1. 410 000 – Biznes va boshqaruv

  1. Ta’lim yo’nalishi:

  1. 60411200 – Menejment: sog’liqni saqlash menejmenti


Toshkent - 2022


Modul kodi
SST12-306

O'quv yili
2022/2023
2023/2024

Semestr
2-3

Kreditlar
6

Modul turi
Majburiy

Ta'lim tili
O'zbek/rus

Xaftadagi dars soatlari
4/2

1.

Modul nomi

Auditoriya mashg'ulotlar (soat)

Mustaqil ta'lim
(soat)

Jami yuklama
(soat)

Soliq va soliqqa tortish

90

90

180

2.



I. Modulning mazmuni
Modulni o'qitishdan maqsad – talabalarni O‘zbekiston Respublikasining soliq tizimi bilan yaqindan tanishtirib, ularning iqtisodiy bilimlarini chuqurlashtirish, fan buyicha nazariy va amaliy bilim ko‘nikmalarini hosil qilishga qaratilgandir.
Modulning vazifalaribozor iqtisodiyoti sharoitida soliqlarni hisoblash, byudjetga to‘lash tartiblarini, xorijiy mamlakatlar soliq tizimlaridagi ilg‘or tajribalarni, soliq imtiyozlari ularni qo‘llash, soliqlar bo‘yicha hisobotlarni soliq organlariga taqdim etish tartiblarini va buxgalteriya hisobida aks ettirilishini o‘rganish, o‘z haq-huquqlarini bilish.


II. Asosiy nazariy qism
II.I. Modul tarkubiga quyidagi mavzular kiradi:
2-semestr:
Маъруза-24 с. Шу соатларга мавзуларни мослаштиринг!
1-mavzu. «Soliqlar va soliqqa tortish» fanining predmeti va o‘rganish usullari
«Soliqlar va soliqqa tortish» fanini o‘qitishning maqsadi va vazifalari. «Soliqlar va soliqqa tortish» fanining predmeti va o‘rganish usulllari. «Soliqlar va soliqqa tortish» fanining boshqa fanlar bilan o‘zaro aloqasi. Soliqlarning ob'ektiv zarurligi va o‘ziga xos xususiyatlari. Soliqlarning umumiy belgilari va boshqa iqtisodiy kategoriyalar bilan o‘zaro munosabati. Soliqlarning funksiyalari va vazifalari. Soliqlarning mavjud va amaldagi tamoyillari. Fanni o‘rganishdagi mavjud usullar. Tadqiqotning induksiya va deduksiya usullari. Ilmiy abstraksiya usuli. «Soliqlar va soliqqa tortish» fanining boshqa iqtisodiy fanlar bilan o‘zaro aloqasi.
2-mavzu. Soliqlarning vujudga kelishi va rivojlanish tarixi.
Soliq tushunchasi. Soliqlar va soliqqa tortish munosabatlarining vujudga kelishi. Soliqlarning vujudga kelish sabablari. Soliqlarning tarixi va rivojlanish bosqichlari. Soliqlar va soliqqa tortish munosabatlariga doir g’oyalar va nazariyalar. Klassik va neoklassik soliq nazariyalari. Soliqlarga doir zamonaviy nazariyalar. Turli mamlakatlarda soliqqa tortishning shakl va tartiblarining rivojlanish tendentsiyalari. Markaziy Osiyoda soliqlarning paydo bo’lishi va rivojlanishi. Amir Temur va temuriylar davlatchiligida soliqlar va soliqqa tortish tartiblari. Xonliklar davridagi soliqlar. Mustaqillik yillarida O’zbekiston Respublikasi soliq tizimining shakllanish shart-sharoitlari va xususiyatlari. Davlat soliq qo’mitasining “Soliqlar tarixi muzeyi”. O’zbekiston Respublikasi soliq tizimida soliq nazariyalarining ifodalanishi. O’zbekiston Respublikasi Soliq kodeksi va uning soliq munosabatlarini tartibga solishdagi roli.
3-mavzu. Soliq turlari. To‘g‘ri va egri soliqlar. Soliqlarni ob'ekti va iqtisodiy mohiyati bo‘yicha guruhlash. Oborotdan olinadigan soliqlar. Mol-mulk qiymatlaridan olinadigan soliqlar. Daromaddan olinadigan soliqlar. Tovar (ish, xizmat)lar oborotidan to‘lanadigan soliqlar. Ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladigan soliqlar. Davr xarajatlariga kiritiladigan soliqlar. Korxonalar foydasidan to‘lanadigan soliqlar. Davlatni tabiiy boyliklaridan foydalanganliklari uchun olinadigan soliqlar.

Download 37.99 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling