“Bilim-xazina” mavzusida tayyorlagan


Yangi mavzuni mustahkamlash


Download 34 Kb.
bet2/2
Sana08.01.2022
Hajmi34 Kb.
#240015
1   2
Bog'liq
билим хазина дарс ишланмаси

   Yangi mavzuni mustahkamlash “Kim topqir?” o’yini o’tkaziladi. O’quvchilar o’yin shartlari bilan tanishtiriladi. Bu o’yin proyektor yordamida amalga oshiriladi. O’quvchilar ikki guruhga ajratiladi. Proyektorda maqollarning birinchi qismi beriladi, o’quvchilar esa maqollarni davom ettirishlari kerak bo’ladi. 
Mehnatdan kelsa boylik- …   …      

Izzat tilasang ko’p dema … …                                    

 Ona yurting omon bo’lsa …   …

Qarisi bor uyning … …

Qizim senga aytaman…  …                                                                                             Yaxshi so’z qand yedirar

Yomon so’z …  …

Aybsiz do’st izlagan …  …

Ko’z qo’rqoq- …  … 
 
Qaysi guruh eng birinchi va eng to’gri javoblarni aytsa o’sha guruhga “Rag’bat kartochkasi” beriladi. O’yin oxirida kartochkalar sanaladi va g’olib guruh aniqlanadi.  
    Mavzuni mustahkamlash uchun 2-o’yin “O’tmishga sayohat” o’yini o’tkaziladi. Bu o’yinda o’quvchilarning barchasi sayohat qatnashchilari bo’ladi.  O’yin shartlari tushuntiriladi, bunda o’quvchilar ikki guruhga ajratiladi. Har ikkala guruh uchta orolga sayohat qilishadi: “Bilimdonlar oroli”, “Sharhlovchilar oroli”, “Donishmandlar oroli”.
 “Bilimdonlar oroli”da o’quvchilarga mavzu bo’yicha savollar beriladi:
1.Rivoyatlarning qnday turlarini bilasiz?
2.“Maqol” so’zining ma’nosi?
3.“Bilim baxt keltirar” rivoyatida otaning merosi nimalardan iborat edi?
4. O’gillar nimani tanladilar?
5.  Kimga eng bebaho meros qolgan ekan?
“Sharhlovchilar oroli”da o’quvchilar hikmatlarning mazmunini so’zlab beradilar: 
1.Olimlar bilan o’tirsang foyda olasan. Chunki gul yonida o’tirgan kishiga gul hidi urib qoladi.
2.Ilm va odob -tagi yo’q xazina. Kimki unga ega bo’lsa, qadr-qiymati baland bo’ladi.
“Donishmandlar oroli”da quyidagi ilm haqidagi hadis qo’yib eshittiriladi yoki o’qituvchi tomonidan o’qib beriladi. Sayohatchilarga  ilm haqidagi bilgan maqollarini eslash va ularning mohiyatini ochish topshiriladi: “Ilm egallang! Ilm- sahroda do’st, hayot yo’llarida-tayanch, yolg’izlik
 
 
 
damlarida –yo’ldosh, baxtiyor daqiqalarda-rahbar, qayg’uli onlarda-madadkor, odamlar orasida-zebu-ziynat, dushmanlarga qarshi quroldir.”
      Olim bo’lsang, olam seniki. Bilim- davlatdan qimmat. Ilm-aql chirog’i. Bilimli kishi o’zar, bilimsiz kishi to’zar. Ilmni mehnatsiz egallab bo’lmas.  Shu tariqa sayohatchilarning “O’tmishga sayohatlari” yakunlanadi va o’quvchilar rag’batlantiriladi. 
  Uyga vazifa: Keltirilgan maqollardan birini sarlavha sifatida tanlab, kichik matn tuzib kelish, lug’at so’zlarni o’qib kelish topshiriladi.
Download 34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling