Bilimga chankok, isteʼdodli yoshlarni topib, ularni vatanga fidoyi insonlar kilib tarbiyalash mukaddas vazifadir


Download 0.91 Mb.
bet1/13
Sana08.05.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1445681
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
Qaxramonaka OMU 18 06


Kirish.
Bilimga chankok, isteʼdodli yoshlarni topib, ularni vatanga fidoyi insonlar kilib tarbiyalash mukaddas vazifadir. Oliy taʼlim oldida turgan muhim vazifa tayyorlanadigan mutaxassislar saviyasini yuqori pagʼonada koʼtarish, ilgʼor texnologik jarayonlarga suyanib ish koʼruvchi, yangi gʼoyalarni amalga oshiruvchi, fanni ishlab chiqarish bilan bogʼlovchi milliy dastur talablariga toʼliq javob bera oladigan yetuk kadrlar tayyorlash kadrlar tayyorlash dasturining maqsadidir.
Oʼzbekiston Respublikasi iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yoʼnalishlaridan biri maxalliy xom ashyolar asosida raqobatbardosh import mahsuloti oʼrnini almashtiradigan yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarishni yoʼlga qoʼyishdir.
Kimyolashtirish, kompleks mexanizatsiyalashtirish, elektrlash, meloratsiya ishlari va tuproqning unumdorligini oshirish borasidagi boshqa tadbirlar qishloq xoʼjaligini yuksaltirishdagi asosiy yoʼnalishlardan hisoblanadi. Qishloq xoʼjalik mahsulotlari ishlab chiqarishni rivojlantirishda mineral oʼgʼitlar asosiy oʼrinda turadi chunki yetishtiriladigan hosildorlikning deyarli 50% i mineral oʼgʼitdan foydalanish hisobiga olinadi.
Mavzuning dolzarbligi. Qishloq xoʼjalik ekinlarining oʼrtacha 40-50% hosildorligini mineral oʼgʼitlarni qoʼllash hisobiga olinadi. Shuning uchun Oʼzbekistonda mineral, ayniqsa fosforli oʼgʼitlar ishlab chiqarish asta-sekin rivojlanmoqda. Mamlakatimiz rahbarlarini mineral oʼgʼitlar ishlab chiqarishga boʼlgan eʼtibori Qashqadaryo viloyatidagi Tyubegatogʼ kaliyli tuzlari asosida Dehqonobod kaliyli oʼgʼitlar zavodini qurilishi, Qizilqum fosforit kombinati ishlab chiqarish quvvatini oshirish, Olmaliq “Аmmofos” OАJ va “Samarqandkimyo” OАJ dagi rekonstruktsiyalar toʼgʼrisidagi Respublika hukumati qarorlari yaqqol misoldir.
Ilgari katta hajmda ishlab chiqarib kelinayotgan ammofos yuqori kontsentratsiyali azot-fosforli oʼgʼit (10% N i 46% P2O5) hisoblanar edi. Lekin uni ishlab chiqarishda juda jiddiy muammo - toʼplanib yotgan koʼp tonnali chiqindi – fosfogipsdir. Bir tonna ekstraktsion fosfor kislotadagi P2O5 ishlab chiqarishda 7 tonnaga yaqin fosfogips hosil boʼladi. Hozirda Olmaliq “Аmmofos” OАJ da 190 gektar hosildor ekin maydonlarida 65 mln. tonna ushbu chiqindi yigʼilib qolgan.
Ikkinchi muammo – bu bugungi kunda qishloq xo’jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishda muhim ahamiyatga ega bo’lgan kompleks mineral o’g’itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqish yo’nalishida bajarilgan ilmiy tadqiqotlar natijasida mahalliy xom ashyolardan tashish, saqlash xavfsiz bo’lgan termik barqaror ammiakli selitra, o’simliklarni ekish oldidan va rivojlanish davrida qo’llashga mo’ljallangan qator mineral o’g’itlarni (ammofos, suprefos, PS-Agro, superfosfat, ammofosfat, fosfor tutgan ammiakli selitra) Respublikamiz kimyo sanoati korxonalari tomonidan ishlab chiqarish bo’yicha ilmiy va amaliy natijalarga erishildi. O’zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha harakatlar strategiyasining uchinchi yo’nalishida «tarkibiy o’zgarishlarni chuqurlashtirish va qishloq xo’jaligi ishlab chiqarishini izchil rivojlantirish, mamlakat oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash»ga qaratilgan muhim vazifalar belgilab berilgan. Bu borada, xom ashyolardan tuproq unumdorligini va o’simliklar hosildorligini oshiruvchi azot-gumusli va fosfor-gumusli organik mineral o’g’itlar va kompleks o’g’itlar olish texnologiyalarini ishlab chiqish muhim ahamiyat kasb etadi.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling