Bilimlar hajmini belgilashda geografiya o‘qitish metodikasining roli


Ta’lim metodlari uchun 2 ta asosiy narsa xos


Download 74 Kb.
bet2/6
Sana30.04.2023
Hajmi74 Kb.
#1404436
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
BILIMLAR HAJMINI BELGILASHDA GEOGRAFIYA O‘QITISH METODIKASINING ROLI

Ta’lim metodlari uchun 2 ta asosiy narsa xos:
1. Metodlar-o`qituvchi faoliyati yo`l-yo`riqlari bo`lib, o`quvchi faoliyatini belgilashda yordam beradi.
2. Ta’lim metodlari faqat bilim, ko`nikma, malakalarni shakllantirish bilangina cheklanmasdan, balki, o`quvchilarda ijodiy faoliyat , bilimlarni mustaqil egallash qobiliyatini tarbiyalashga ham yordam beradi.
Ta’lim metodlari o`qitishning umumiy va aniq maqsadlariga hamda maktab ta’limining mazmuniga ham bog`liq. Ta’lim metodlari ko`p hollarda o`quvchilarning ruhiyati va xususiyatlarini e’tiborga olishni ta’lab qiladi.
Ta’lim me’todlari muammosi eng asosiy muammolardan biri bo`lib qolmoqda. U quyidagi talablarga javob berishi kerak.
Birinchi talab: metodning tarbiyaviyligi bunda har qanday metod o`quvchilarning umumiy rivojlanishiga, bilimga qiziqishlariga e’tiqod, his-tuyg`u qarashlariga ta’sir ko`rsatadi. Ta’limning tarbiyaviy vazifasini amalga oshirish metodning tanlanishiga bog`liq;
Ikkinchi talab: metodning ilmiyligi dars berish va ta’limning har qanday metodi o`quv jarayonining qonuniyatlari bilan belgilanadi. Metod ilmiy jihatdan qanchalik asoslangan bo`lsa, shunchalik ravshan va aniq bo`ladi. Eng muhimi shundaki, biror metod yordamida qanday umumiy va aniq vazifalarni hal etish mumkinligini, u qanday mazmunga mos kelishini, faoliyatning qanday turlarini talab qilishni va ularni qanday tashkil etish lozimligini ko`ra bilish kerak. Metodning ilmiyligi geografik voqea va hodisalarni, qonuniyatlarni to`g`ri anglashni ta’minlaydi va o`quvchilarni to`g`ri ilmiy tasavvurga olib boradi.
Uchinchi talab: Metodning ommabopligi. Bunda o`quvchilar rivojlanishining pedagogik-ruhiy imkoniyatlari e’tiborga olinadi. Demak, o`quvchi metod tanlaganida o`quvchiga nimalarni tushuntirish kerakligi haqida emas, balki u nimani tushuna olishi haqida ham o`ylashi kerak.
To`rtinchi talab. ta’lim metodining samaradorligi, uning o`quv materialini mustahkam egallashga qaratilganligidir.
Beshinchi talab. O`z ish faoliyatida ilg`or tajribalarni qo`llash va uni muntazam o`rganish. Nazariya va amaliyotda ta’lim metodlari bilan bog`liq yangiliklarni doimo o`rganib borish lozim. Geografiya o`qitish metodlari haqida so`z borar ekan, “metod”, “usul” degan so`zlar yonma-yon uchraydi. Metod usul bir-biridan ba’zan farq qilmaydi, bir xil ma’noda yuritilib kelinadi. Masalan, kartalarni solishtirish - taqqoslash metodi deb yuritiladi. Bu noto`g`ri. Chunki, kartalarni solishtirish metod emas, u solishtirish usulidir, xolos. O`zbek tilidagi mavjud qo`llanmalarda taqqolash ham, solishtirish ham birdek taqqoslash deb ishlatiladi. Bu chalkashliklardir. Taqqoslash-o`rganilayotgan geografik ob’yektni ilgari o`rganilgan ob’yekt bilan taqqoslash tufayli o`ziga xos xususiyatlarini ochib beradi. Masalan: Janubiy Amerika cho`lini Osiyo cho`li bilan, Sirdaryoni Yenisey bilan taqqoslab, ularning o`ziga xos xususiyatlari ochib beriladi.
Taqqoslash og`zaki bayon metodining bir usulidir. Solishtirish kartalarni solishtirish va tahlil qilish bilan bir geografik ob’yektga xos bo`lgan ob’yekt va hodisalarning sabablarini aniqlashdan iborat. Masalan: turli mazmundagi kartalar solishtirilib, tahlil etiladi. Solishtirish- kartografik qo`llanmalar bilan ishlash metodining bir usulidir. Metod-usullar yig`indisidan iborat. Usul esa metodning tarkibiy qismidir. Geografiyaga xos bo`lgan karta bilan ishlash metodi bir necha usullarni o`z ichiga oladi. Masalan: a) karta bo`ylab sayohat; b) yozuvsiz kartaga geografik ob’yektlarni tushirish; v) kartalarni solishtirish va x.k.
Ba’zi usullarni bir necha metod tarkibiga kiritish ham mumkin. Taniqli metodist M.K.Kovalevskaya ta’lim vositalarini (darslik karta bilan ishlash), bilimning og`zaki bayon shakllari (hikoya suhbat, tushuntirish, ma’ruza) ni bilish metodlari (taqqoslash, kartalarni qiyoslash, umumiy xulosalar chiqarish)ni o`quvchilarning o`quv faoliyati turlari va shakllari (nazariy bilimlarni egallash, amaliy ish metodlari, mustaqil ish metodlari)ni metodlar deb hisoblangan. Metodlar turlicha bo`lishi mumkin.

Download 74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling