Bilimlar hajmini belgilashda geografiya o‘qitish metodikasining roli
Geografiya o’qitish metodikasi fani quyidagilarni o`rganadi
Download 74 Kb.
|
BILIMLAR HAJMINI BELGILASHDA GEOGRAFIYA O‘QITISH METODIKASINING ROLI
- Bu sahifa navigatsiya:
- . Umumiy metodika
- FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR.
Geografiya o’qitish metodikasi fani quyidagilarni o`rganadi.
Maktab geografiyasining ta’limiy va tarbiyaviy maqsadlarini (nima uchun o`qiymiz?) Maktab geografiya ta’limining mazmunini (nimani o`qitamiz?) Geografiya ta’limining shakl va metodlarini (qanday o`qitamiz?) Geografiya o`qitish vositalarini (nima yordamida o`qitamiz?) Maktabda geografiya fanini o`qitish jarayonining tarkibiy qismlari mavjud. Ular quyidagilardan iborat: Geografiya fanini o`qitish maqsadlari. Maktab geografiya ta’limining mazmuni. Geografiya fanini o`qitish metodlari. Geografiya fanini o`qitish va o`rganishning tashkiliy asoslari. Sinfdan va maktabdan tashqari geografiya ta’limining asosiy mazmuni. Geografiya ta’limining vositalari. Maktabda o`quv jarayonining yuqorida sanab o`tilgan tarkibiy qismlari o`rtasida o`zaro bog’liqlik mavjud. Geografiya o`qitish metodikasi fani xuddi mana shu bog’liqlik qonuniyatlarini o`rganadi. Pedagogika fanining ta’lim jarayoni bilan bog’liq qonuniyatlarini didaktika fani o`rganadi. Fanlarni o`qitish metodikalari esa didaktika fani qonuniyatlariga asoslanadi. Geografiya o`qitish metodikasi fanini shartli ravishda ikki qismga ajratish mumkin. 1. Umumiy metodika - geografiya fanini o`qitishning umumiy qonuniyatlarini, ta’limni tashkil etish shakl va metodlarini, o`quv jarayonining asosiy bosqichlarini, o`quv vositalarini va hokazolarni o`rganadi va tadqiq qiladi. Xususiy metodika - har bir sinfda o`qitiladigan geografiya fani bilan bog’liq qonuniyatlarni o`rganadi va tadqiq qiladi. Geografiya o`qitish metodikasi fani sohasida ko’p yillik tadqiqot o’tkazgan yirik mutaxassis olimlar A.V. Darinskiy, I.S. Matrusov, L.M. Pancheshnikova, A.E. Bibiklarning xizmatlarini ta’kidlab ko’rsatish lozim. Geografiya o`qitish metodikasi fani quyidagi vazifalarni hal qiladi: Maktabda o`qitiladigan geografiya kurslarining mazmunini belgilaydi; Maktab geografiyasiga qo`yilgan davlat talablari mazmunini o`rganadi; Geografiya darslarining tiplari, ularni tashkil etish bosqichlarini o`rganadi; Geografiya ta’limida qo`llaniladigan o’qitish metodlari va usullarini o’rganadi; Geografiya ta’limida qo`llaniladigan o`quv vositalarining tarkibi va amalda qo`llash yo`llarini o`rganadi; Maktab geografiya xonasi, geografiya maydonchasi va o`lkashunoslik muzeylarini jihozlash tartibini o`rganadi; Geografiyadan sinfdan va maktabdan tashqari olib boriladigan ishlar mazmunini o`rganadi. Geografiya o`qitish metodikasi fani oldida hal qilishi lozim bo`lgan quyidagi ta’limiy muammolar mavjud: Geografiya ta’limini o’lkashunoslik tamoyili asosida o`rganish va amalda qo`llash yuzasidan bajariladigan istiqbolli rejalarni tadqiq qilish. Geografiya darslarini yangi pedagogik texnologiya asosida samarali tashkil etish yo`llarini belgilovchi yo’nalishlarni o`rganish. Davlat ta’lim standartlari asosida o`quvchilar bilim, ko`nikma va malakalarini sifat darajasini o`rganib undagi bo`shliqlarni mazmunan to`ldirish yo`llarini belgilash. Geografiyaga oid darslik, dastur, karta va boshqa o`quv vositalarining yangi avlodini ishlab chiqish yuzasidan tavsiyalarni berish. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR. 1. Qurbоnniyozоv R. “O’zbеkistоn gеоgrаfiyasi” qiziqаrli sаvоl vа tоpshiriqlаr. Tоshkеnt. O’qituvchi, 1997 y. 2. Qurbоnniyozоv R. Eshchоnоv G. “Gеоgаfik mаdаniyatni shаkllаntirish” Urgаnch, 1998 y 3. Qurbоnniyozоv R. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi” Urgаnch. 2001 4. Bаrоtаliеv U. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi” (mа’ruzа mаtni). Tеrmiz, 2003 y 5. Vаhоbоv H., Zаynutdinоv А. “Gеоgrаfiya o’qitish mеtоdikаsi”. Tоshkеnt. 2000 y 6. Gеоgrаfiya dаrsliklаri. Tоshkеnt. O’qituvchi. 2005 – 2006 y Download 74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling