Interpretator. Bu ekspert tizimining bir qismi bo‘lib, bazadagi bilimlarni ma’lum bir tartibda qayta ishlaydi. Interpretatorning ish texnologiyasi qoidalar majmuining ketma-ketligini ko‘rib chiqishga olib boradi. Agar qoidadagi shartlarga rioya etilsa, ma’lum hatti-harakatlar bajarilsa foydalanuvchiga ham uning muammolarini echish variantlari taqdim etiladi.
Bundan tashqari ko‘pgina ekspert tizimlarida quyidagi qo‘shimcha bloklar kiritiladi: ma’lumotlar bazalari, hisob-kitob bloki, ma’lumotlarni kiritish va tuzatish bloki.
Hisob-kitob bloki boshqaruv qarorlarini qabul qilish bilan bog‘liq holatlarda zarur bo‘ladi. Ayni paytda reja, jismoniy, hisob-kitob, hisobot va boshqa doimiy hamda tezkor ko‘rsatkichlarni o‘z ichiga olgan ma’lumotlar bazalari muxim rol o‘ynaydi. Ma’lumotlarni kiritish va tuzatish blokidan ma’lumotlar bazasidagi joriy o‘zgarishlarni tezkor va o‘z vaqtida aks ettirish uchun foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |