Bilimlar tizimi, bilimlarni tasvirlash modellari: mantiqiy, to‘rli, freymli, produksion oid ishlarni kompyuterda loyihalash


Download 1.22 Mb.
bet1/2
Sana06.04.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1330480
  1   2
Bog'liq
Bilimlar tizimi, bilimlarni tasvirlash modellari

Bilimlar tizimi, bilimlarni tasvirlash modellari: mantiqiy, to‘rli, freymli, produksion oid ishlarni kompyuterda loyihalash

ATT-201 guruh talabasi Karimova Madinaning Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari


BILIMLARNI TAQDIM ETISH MODELLARI
Bilimlarni taqdim etish modellari.
Semantik tarmoqlar.
Freymli modellar va ularda boshqarish.
Mantiq predikatlari yordamida bilimlarni tasvirlash.
Mahsuliy(Produksion) tizimlar.
Bilimlarni taqdim etishning formal modellari.
Bilimlarni taqdim etishning ikki turi mavjud:
Bilimlarni taqdim etishning formal modellari.
Bilimlarni taqdim etishning formal bo’lmagan(semantik, relyasion) modellari.
Ma’lumki, yuqorida ko’rilgan bilimlarni taqdim etishning barcha usullari mahsuliy(produksion) bilan birga formal bo’lmagan modellarga kiradi. Qat’iy matematik nazariyaga asoslangan formal modellardan farqli ravishda, formal bo’lmagan modellar bunday nazariyaga asoslanmaydi. Har bir formal bo’lmagan model faqat aniq bir predmet soha uchun yaroqli bo’ladi va shuning uchun formal modellarga xos bo’lgan universallikka ega emas. SI tizimlaridagi asosiy operasiya - mantiqiy xulosa - formal tizimlarda qat’iy va to’g’ri, chunki qat’iy aksiomatik qoidalarga bo’ysunadi. Formal bo’lmagan tizimlarda xulosa chiqarish ko’p hollarda uni to’g’riligiga javob beradigan tadqiqotchi tomonidan aniqlanadi.

Freymli modellar va ularda boshqarish.

Modellarda ishlatiladigan bog’lanishlarning turlariga bog’liq holda sinflashtiruvchi to’rlar, funksional to’rlar va ssenariylar farqlanadi. Sinflashtiruvchi to’rlarda strukturalashtirish munosabati qo’llaniladi. Bunday to’rlar bilimlar bazasida axborot birliklar o’rtasida turli xil iyerarxik munosabatlarni kiritishga imkon beradi. Funksional to’rlar funksional munosabatlarning mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ularni ko’pincha hisoblovchi modellar deb atashadi, chunki ular bir axborot birliklarni boshqalari orqali «hisoblash» proseduralarini tavsiflashga imkon beradi. Ssenariylarda kauzal munosabatlar, «vosita-natija», «asbob-harakat» va h.k. turdagi munosabatlar ishlatiladi. Agar to’rli modelda turli xil bog’lanishlar ruxsat etilsa, u holda ularni odatda semantik to’rlar deb atashadi.


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling