4) Chuqur bilimlar. Bu ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan axborotdir. Ammo u faqatgina bizga qayerda qarash kerak ekanligini xabarini yetkazadigan kalit mavjud bо‘lgandagina aniqlab topishi mumkin. Chuqur va berkitilgan bilimlar orasidagi farqlanishlarni qidiruv fazosidagi terminlar (atamalar) bilan tushuntirib berish mumkin. Berkitilgan bilim – qiya adirli landshaftga ega makon ichida qidirishning natijasidir. Qidiruv algoritmi qabul qilinishi kerak bо‘lgan optiman qarorni osonlik bilan topib berishi mumkin. Chuqur bilimlar – bu odatda ichida faqatgina lokal optimum mavjud bо‘lib, yon atrofda har qanday balandliklar tо‘g‘risidagi xech qanday belgi – alomatlar bо‘lmagan fazo ichida qidiruv olib borishning natijasidar. Qidiruv algoritmi ushbu landshaft atrofida xech qanday kо‘zga kо‘rinarli natijaga erishmay xarakatlanib yurishi mumkin. Buning misoli tariqasida ma’lumotlar bazasida saqlanayotgan va shifrlab qо‘yilgan axborot xizmat qilishi mumkin. Agar sizda nimani qidirishni kо‘rsatib beruvchi kalit bо‘lmasa, shifr etilgan xabarnomani qayta dekodlanishi deyarli mumkin emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |