Bilimlarni taqdim etishning freymli modellari Reja
Freym va freymli modellar haqida
Download 0,92 Mb.
|
Bilimlarni taqdim etishning freymli modellari (1)
2. Freym va freymli modellar haqida
Turli xildagi modellar imkoniyatlarini o`ziga bog`lovchi tasvirlashlarni ishlab chiqishga intilish, freymli tasvirlashlarni paydo bo`lishiga olib keldi. Freymlar nazariyasi 1975 yilda M. Minskiy tomonidan chop etilgan. Freymlar nazariyasini, bilimlarni freymlar bilan tasvirlash oynasini va "Freym" terminini 1975-yilda M.Minskiy taklif qilgan [1-3]. "Freym" so`zi ingliz tilidan olingan bo`lib, paycha, panjara, ichki skelet kabi mazmunlarda ishlatiladi. Freymlar nazariyasining mohiyati quyidagicha. Inson yangi holatga tushib qolgan paytda, u o`zining xotirasidagi freymlar deb nomlanuvchi asosiy strukturasiga murojaat qiladi. Yani bunday holatda to`gri yechimni qabul qilish uchun namunalarga murojat qilish kerakligini eslaydi. Suniy intellektda freymlarning turli tariflari mavjud. Quyida ularning bazi birlarini keltiramiz [1-3, 6-8]: Freym – bu bazi tushuncha yoki obyektni tavsiflovchi dinamikli, toliq aniqlanmagan minimal struktura. Freym – bu suniy intellektda haqiqiy vaziyatlarning harakat sxemasini ozida aks ettiruvchi bilimlarni tasvirlash ulubi. Freym – bu qandaydir obyekt, hodisa, vaziyat va jarayonning mohiyatini minimal tavsiflovchi mavhum timsolning modeli. Freym – bu idrok etishning qandaydir andozasini tasvirlashning mavhum(abstrakt) timsoli. Freym bu slotlar(maydon)dan iborat malumotlar strukturasi. Freym – bu qandaydir konseptual obyektni tasvirlashning malumotlar bazasi bolib, freymga tegishli axborotlar uning tahkil etuvchilari bolgan slotlarda saqlanadi. Slot (inglizcha - slot- (teshik, kovak, tirqish, yoriq) terminalli (ierarxiyaning beti) bolishi yoki freymning quyi bosqichini ozida namoyon qilishi mumkin. Freymli model haqiqiy olam obyektlarining ierarxiyasini yaxshi tizimlashtirishga imkoniyat yaratadi. Freymli modellar strukturalashgan semantik tarmoqlar hisoblanadi. Bunday tarmoqlarda obyektlar va hodisalar freymlar ko’rinishida tavsiflanadi. Freymli modellar insonnig predmet soha haqidagi fikrlash jarayonini tasvirlash uchun qollaniladi. Freymli model tarmoqli modelga nisbatan ancha maxsuslashtirilgan bolib, bilimlarni klasterlash (fragmentlash) prinsipiga asoslangan boladi. Boshqa turdagi modellardan farqli ravishda freymli modellarda axborot birliklarning qatiy strukturasi qayd qilinadi. Bu yerda slotning qiymati (strukturasi) bo`lishi mumkin. Slotning qiymati sifatida freymni tasvirlashda ichkima - ichki tamoyilini amalga oshirishga imkon beradi, freymni aniqlashtirishda unga va slotlarga aniq nom beradi va slotlarni to`ldirish sodir bo`ladi. Freymli modellarning yutuqlari ularning kompaktliligi, korgazmaliligi, egiluvchanligi, modulliligi va axborot birlilklarni yozishda birxilliligi bilan xarakterlanadi. Freymli modellarning asosiy kamchiliklari-bu ularda xulosalashni boshqarish mexanizmlarining etishmasligi hisoblanadi. Bazi hollarda bu kamchilik tizimning foydalanuvchisi tomonidan slotlar-freymlar sifatida foydalaniladigan protseduralar yordamida tuzatilishi mumkin. Download 0,92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling