Bilimlarni taqdim etishning freymli modellari Reja
Download 0.92 Mb.
|
Bilimlarni taqdim etishning freymli modellari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tayanch iboralar
- 1. Tarixiy malumotlar
Bilimlarni taqdim etishning freymli modellari Reja: 1. Tarixiy malumotlar. 2. Freym va freymli modellar haqida. 3. Freymlarning tuzilmasi. 4. Freymlarning turlari. 5. Freymlar orasidagi aloqalarning turlari. 6. Bilimlarni freymli tasvirlash tillari va freymli exspert tizimlar. Tayanch iboralar: Freym (frame), slot (slot), freymli model (frame model), dasturlash tillari (programming languages), LISP, KEATS, ACQUIST, FLIK, GIS, ERI, TRI, Tables, CS, TMS, predikatlar hisobi (predicate calculus), semantik tarmoq (semantic web), mantiqiy tizim (logic system),atomarli simvol (atomic symbol), karkas (frame), freymlar-strukturalar(frame-structure,), freymlar-rollar (frames-role), freymlar-senariylar (frames-scripts),freymlar-vaziyatlar (situation-frames), freym-ekzemplyar(frame-instance), freym-namuna (frame-sample), freym-sinf (frame-class), freym nomi (name of the frame), slot nomi (slot name), slot qiymati (slot value), vorislik korsatkichi (inheritance pointer), atributlar korsatkichi (index attributes), protofreym (protofreym), ekzofreym (exoframe), xossalar vorisligi (property inheritance), slot AKO (A-Kind-Of = это), FRL (Frame Representation Language), KRL (Knowledge Representation Language), ANALYST, МОДИС, TRISTAN, ALTERID. 1. Tarixiy malumotlar Olamning mashinali modelini yaratishning murakkabligini asosiy sababi - bu ushbu olamning xilma-xilligidir. Marvin Minskiy psixologik va amaliy jihatdan eng qimmatli modellarni taklif qildi. Marvin Minskiy AQShdagi Massachuset texnologiya va texnika institutida kompyuter fanlari professori. Tyuring mashinasi uchun dasturlash, sun'iy intellekt, bilimlar psixologiyasi sohasida mutaxassis, geometrik hisoblash, semantik hisoblash, mashinali idrok etish, simvolli organish sohalarida ishlagan. Robototexnika va masofadan boshqarishni asoschilaridan biri, shaxsan, sensorli va vizual datchiklarni, birinchi robotlarning mexanik qismlarini ishlab chiqargan. 1951 yilda u birinchi neyron tarmoqlardan birini yaratdi va Suniy intellekt labaratoriyasini tashkil etdi. 70-yillarda u intellektning psixologik nazariyasini yaratdi. 1974 yilda "Bilimlarni taqdim etish uchun freymlar" nomli kitobi chop etildi. Inson psixikasining (ongda boqealrning aks etishidan hosil bolgan ruhiy kechinmalar) freymlar nuqtai nazaridan talqini 10.1-rasmda keltirilgan. Turli masalalarni echishga qarab inson har bir vaqtda fazoda moljal olishga, mansab pillapoyalarida yuqoriga chiqishga, she'riyat ma'nosini tushunishga, kerakli ma'lumotlarni izlashga va boshqalarga imkoniyatlar yaratuvchi freymlarning turli global tizimlariga (10.2-rasm) ega boladi. Sun'iy intellektning bu yo'nalishi mavjud kompyuter modellari asosida intellektual masalalarni echishning algoritmlarini izlashga qaratilgan edi. Yangi ilm-fanni tashkil etishda Makkarti (Suniy intellekt masalalari uchun birinchi dasturlash tili-LISPning muallifi), Minskiy (Freym g'oyasining va bilimlarni taqdim etishning freymli modelining muallifi), Nyuell, Saymon, Shou, Xant va boshqalar ozlarining salmoqli hissani qoshdilar. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling