Bilimlarni taqdim etishning freymli modellari Reja
Freymlarni tavsiflashga misollar
Download 0.92 Mb.
|
Bilimlarni taqdim etishning freymli modellari (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Slot nomi Slot qiymati
Freymlarni tavsiflashga misollar. Freym malumotlar tuzilishini eslatadi, uning yordamida, masalan, sizning xonangizdagi holatni tasvirlash mumkin. Har bir freym har xil axborotlar bilan to`ldirilishi mumkin. Agar oqibat kutilgan natijani bermasa, bu axborot - qurilayotgan freymning qo`llanish usullariga aloqador bo`lishi mumkin. Quyida tushunchalarni freymlar ko`rinishda taqdim etishga namunalar keltirilgan (10.3-rasm).
10.3-rasm. Tushunchalarni freymlar ko`rinishda taqdim etish. Freym ko`p jihatdan o`zining tuzilishiga ko`ra semantik tarmoqqa o`xshash bo`ladi. Freym iyerarxik tuzilgan tugun va munosabat(aloqa)lar tarmoqdir. Bu yerda yuqori tugunlar umumiy tushunchalarni ifodalasa, quyi tugunlar esa bu tushunchalarning xususiy hollaridir. Semantik tarmoqlardan farqli o`laroq freym tizimlarda har bir tugundagi tarmoqlar tushunchasi atributlar to`plami (masalan, ism, rang, o`lcham, shakl) va bu atributlarning qiymatlari (masalan, Rustam, qora, kichkina, dumaloq) bilan beriladi. Atributlarni esa slotlar (tirqishlar) deyiladi. Slot nomi freym ichida axborotning aniq joyini ko`rsatadi. Misol. Talabani tavsiflovchi freym. Talaba; Familiyasi, Axmedov; Jinsi, erkak; Kurs, 4; Mutaxassisligi, matematika; Ozlashtirishi, yaxshi. Xuddi shu yozuvlarni 10.2 -jadval korinishda ifodalash mumkin. 10.2 -jadval. Freym nomi: Talaba.
Bu qarashlarga slotlarning hozirgi ahamiyatini tasvirlovchi ayrim obyektlar joylashadi. Munosabat(aloqa)lardan tashkil topgan freymlar to`plamini yigib freymlar tizimostini qurish mumkin. Ular freymlar orasidagi munosabat aloqalarini tanlaydi. Agar boshqa freymlarga murojaat qilinayotganda slotlar nomlari hisobga olinmasa, u holda bir jinsdagi freymlar tarmogi hosil bo`ladi. Aks holda boglanishlar qaysi slotlardan hosil bo`lgan bo`lsa, shu slotlarning nomlari bilan ataladi va freymlar bir jinsli bo`lmaydi. Bundan ko`rinadiki freymlar tarmogida biror bir semantik tarmoqqa o`tish va teskarisiga o`tish ham mumkin. Bunday freymlar bilimlar ko`rinishiga ega. Biz biror obyektni aniqlashni hoxlaymiz deb faraz qilaylik. Buning uchun bir nechta bo`lgan "Odam" freymlardagi slotlar va bu slotlarga tegishli atributlarni ko`rib chiqamiz. Misol. Biror kishini tasvirlaydigan freym. Odam; Sinfi, hayvon; Tuzilmaviy elementlari, bosh, bo'yin, qo'llar, ...; Balandligi, 30 - 220 sm; Og'irligi, 1 - 200 kg; Dumi, Yo'q; Til, rus, ingliz, ...; Bogliqligi, maymun. Xuddi shu yozuvlarni 10.3-jadval korinishda korinishda ifodalash mumkin. 10.3-jadval. Freym nomi: Odam. Download 0.92 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling