Bilimli shaxsning miyasi ma’lum miqdordagi bilimlar bilan to’ldirilishi zarur, ta’lim beruvchi esa shu idishni to’ldiruvchi vazifasini o’taydi. Ijodiy tafakkur sohibining ongini ko’zlari yumuq buloqqa qiyoslash mumkin
Download 27.26 Kb.
|
Integrativ yondashuv. O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini qo’lga kiritishi bilan “ta’lim tizimining kadrlar salohiyatini tubdan yaxshilash, tarbiyachi, o’qituvchi, muallim va ilmiy xodimning kasbiy nufuzini oshirish”gа yo’naltirilgan O’zbekiston Respublikasining harakatlar dasturi asosida kadrlar tayyorlash tuzilmasi va mazmunini qayta tashkil qilish zarurati yuzaga keldi.
Pedagogik kadrlarning yuksak professionalizmi ko’p jihatdan ta’lim muassasalarida shakllantirilgan salohiyat, uning ta’limiy ehtiyojlarini qondirish va kasbiy tayyorgarlik darajasiga bog’liq. Demak, bugungi kun mutaxassisi intellektual (har taraflama) salohyatga ega bo’lishi zarur. Bu esa ta’limda integrativ yondashuvni taqozo etadi. Integrativ yondashuv turli fanlardan olingan bilimlar, ko’nikma, malaka va tajribani hisobga olish, tayanish, integratsiya qilish, ona tilida kommunikativ, kasbiy kommunikativ, ijtimoiy kompetentlikni baravar rivojlantirishni nazarda tutadi. Integratsiya – lotincha so’z, “qo’shilish”, “kengayish”, “yaxlitlik” ma’nolarini ifodalaydi. Ta’limda integrativ yondashuv deganda fanlararo va ularning ta’limlariaro aloqadorlik, yaqinlik, ya’ni yaxlitlanish jarayonlari nazarda tutiladi. Ona tili barcha fanlarni o’rganish va o’rgatish vositasi ekanligi shu fikrga aniqlik kiritadi. Ya’ni ona tili o’qituvchisi har bir dars mashg’ulotida o’zi o’qitayotgan fan, o’quv predmeti maktabda o’rgatilayotgan barcha fanlarni ta’lim oluvchiga yetkazish, singdirish vositasi, ya’ni ona tili ta’lim tili va vositasi ekanligini inobatga olmog’i shart. Integratsion ta’lim (ta’lim tizimida fanlararo aloqadorlikni nazarda tutishi) o’zbek pedagogikasi uchun qadimdan ma’lum; bunda, mohiyatan, haqli ravishda, olamning bir butunligi haqidagi falsafiy qarashga tayaniladi. Jahon fanida ham dars jarayonini integratsiya asosida tashkil etish ta’lim oluvchining intellektual salohyatini kengaytirishga xizmat qila olishi aksioma darajasiga ko’tarilgan.1 Zero, sharq jahonga qomusiy olimlarni yetkazib bergan paytlarda (garchi, ta’lim olish uchun hozirgidek o’ta qulay shart-sharoitlar yaratilgan bo’lmasa-da) fanlar, asosan, mantiq, falsafa tarkibida bir- biridan ajratilmagan holda o’qitilardi. Bu an’ana sharq ta’limida sovet tuzumi davrigacha ham davom etganligini dalillovchi jihatlar anchagina. Chunonchi, Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” asarida shunday o’rin bor: Аnvаrning yatimlik vа g’аribligigа yo’l qоldirmаsliq uchun mullа Muhаmmаd Rаjаbbеk o’g’lining sоdiq do’stigа o’z оtаlig’ini ko’rsаtmаkchi bo’ldi. Аnvаr uch hаftаgаchахаtmi Qur’оn kеchlаri Muhаmmаd Rаjаbbеk uyigа kеlib turаr edi. Охirg’i хаtmi Qur’оn kеchi Muhаmmаd Rаjаbbеk Аnvаrdаn аhvоl so’rаdi: Dоmlаngiz sаlоmаtmi? – Shukur. O’qushingiz yaхshimi? Birmunchа. Dоmlаning uyidа turаsizmi? Tаqsir. Siqilmаysizmi? –Yo’q. –Ilmi hisоb o’qug’аningiz bоrmi? Yo’q, tаqsir. Dоmlаngiz ilmi hisоbni bilurmikin? – Bilmаslаr dеb o’ylаymаn. Аgаr mеn bir dоmlа tаyin qilsаm, hisоb o’qiysizmi? –Ustоzim ruхsаt bеrsаlаr, аlbаttа, o’qiymаn. Хo’b… bo’lmаsа ertа kеchkа dоmlаngiz shu yеrgа kеlib, mеngа uchrаshsin. Хo’b tаqsir. Ertаsi kuni mахdum kеldi, Muhаmmаd Rаjаbbеk mахdum bilаn so’zlаshib, Аnvаrni o’rdахizmаtigаоlish fikridа bo’lg’аnlig’ini, buning uchun аrаbchа, fоrsiychаdаn yanа hаm chuqurrоq mа’lumоt оlishi lоzimlig’ini vа hisоb o’rgаnishi kеrаkligini аytdi. Mахdum Muhаmmаd Rаjаbbеkning Аnvаrgа munchаlik mаrhаmаti uchun birоz shоshib qоlsа hаm, lеkin bu mеhribоnchiliq sаbаbigа yaхshi tushungаnligi jihаtdаn аvvаlо bеkning yatimpаrvаrligi, so’ngrа Аnvаrning zаkо vа istе’dоdini mаqtаdi. Аnvаrni оdаm qilish yo’lidа chеkkаn o’z mаshаqqаtlаrini hаm shikоyat yo’sunidа so’zlаb chiqg’аch, bu kunlаrdа ehtimоmi tоm birlаn Аnvаrgа fоrs vааrаbiydаn dаrs bеrib turg’аnini vааlhоl hаm Аnvаr fоrsiychа tаzkirа vа tаhrirlаr yozаоlishini bаyon qilib, nеchахil uzrlаr ichidа o’zining ilmi hisоbdаn bаhrаsizligini bildirdi, ya’ni Аnvаrning ilmi hisоb o’rgаnishi uchun bоshqа muаllim kеrаk bo’lur, dеdi. Muhаmmаd Rаjаbbеk bu to’g’rig’а o’zi dоmlа tоpmоqchi bоlib mахdumgа ruхsаt bеrdi.2 Aslida, xat-savodi bor (turkiy, arabiy va forsiy tillar grammatikasidan xabardor) bo’lgan Anvar (bizningcha) o’rda kotibligida bemalol ishlab keta oladi. Biroq o’sha davr saroy amaldori (Muhаmmаd Rаjаbbеk) bunday hisoblamaydi. Uningcha, “bo’lajak saroy kotibi yoki mirzasi, albatta, ilmi hisоbdan ham xabardor bo’lishi shart.” Darhaqiqat, fanlararo aloqadorlik, qolaversa, butun borliqni yaxlit tizim sifatida anglash va anglatish, idrok etish bilishning rad etib bo’lmas jihatidir. Bu borada sharq allomalarining ham, g’arb olimlarining ham fikrlari mushtarak. Tasavvuf ilmi sohibi Farididdin Attor: “Bu ro’yi zaminda mayda narsaning o’zi yo’q, hamma narsa bir-biri bilan bog’liq va bir-birini to’ldiradi”, deb yozgan bo’lsa, hazrat mir Alisher Navoiy “Lison ut tayr” asarida olam butunligini tushunib yetmaganlarni “Ko’rlar va fil” hikoyatidagi ko’zi ojizlarga (aniqrog’i, “idroki ojiz”larga) o’xshatadi. Taniqli didakt olim Yan Amos Komenskiy esa: “(Borliqdagi) bir-biri bilan bog’liq bo’lgan hamma narsa, xuddi shunday (tabiiy) holda o’rganilishi kerak”, deb hisoblaydi. Har qanday mamlakatning kuch-qudrati uning intellektual salohiyati bilan belgilanadi. Bu esa bevosita ta’lim sifatiga bog’liq. Ona tili mashg’ulotlarini ingertasiyalashgan ta’lim asosida tashkil etish quyidagi natijalarga olib keladi: –ta’lim jarayonini bir xil qolipga tushib qolishdan saqlaydi va ta’lim oluvchilarning darsga qiziqishi pasayishining oldini oladi; –ta’lim beruvchilarni o’z ustiida ishlashini taqozo etadi va ta’lim tizimida sifatli kadrlar qolishini ta’minlaydi; ta’lim oluvchilarning tafakkurida borliq xususida assotsiatsiyani shakllantiradi va rivojlantiradi; ta’lim oluvchilarda istalgan voqelikning sabab va oqibatini mantiqiy bog’lash hamda undan to’g’ri xulosa chiqarish ko’nikmasini paydo qiladi; ta’lim oluvchilarda mustaqillikni kuchaytiradi, mantiqiy va ijodiy tafakkurni tarbiyalaydi, tizimga soladi; –ta’lim jarayoni ishtirokchilarining innovatsion texnologiyalardan xabardor bo’lishini ta’minlaydi; ta’lim oluvchilarga olamni, undagi turfaliklarni bir butun tarzda anglash va anglatish imkonini beradi. Tabiiyki, ta’limda integratsion yondashuv soha mutaxassislaridan, fan o’qituvchilaridan chuqur bilim va yuksak salohiyatni talab etadi. Download 27.26 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling