Bilimsizlik bilan ishga kirishsang, Foydasi bo'lmaydi qancha tirishsang. 2019-yil
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5341492182828195581
Janubiy Koreya, Amerika Qo'shma Shtatlari, Marjonbuloq, Surxondaryo, Buloqboshi,
Jarqo'rg'on, Qorovulbozor kabi nomlar qaysi turkumga oid? A) turdosh otlar B) atoqli otlar C) o'rin-joy nomlari D) B va C 301. Qanday tashkilot nomla-rining har bir so'zidagi birinchi harfi bosh harf bilan yoziladi? A) turli korxona, asarlar, man-sablar nomlari B) mahsulot, inshootlar, transport vositalari nomlari C)xalqaro tashkilot va oliy tashkilotlar, mansablar, unvonlar nomlari D)turli korxona, unvonlar, mahsulot, kitob nomlari 302. Har bir so'zidagi birinchi harfi bosh harf bilan yoziladigan so'zlarga misol keltiring. A) Oliy Majlis, Guliston Davlat Unversiteti B) Davlat Test Markazi, Oliy Xo'jalik Sudi C)Xalqaro Olimpiya Qo'mitasi, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi D)Oliy Majlis, Bulung'ur Tumani Hokimligi 303. Vazirliklar, idoralar, tash-kilotlar, korxonalar nomi qanday yoziladi? A) tarkibidagi birinchi so'zi-ning ilk harfi bosh harf bilan B) birinchi so'zi bosh harf bilan C) har bir so'zidagi birinchi harfi bosh harf bilan D) A va B 304.1. Madaniyat va sport ish-lari vazirligi. 2. Qo'shchinor mas'uliyati cheklangan ishlab chi-qarish birlashmasi. 3. Bulung'ur tumani hokimligi. 4. Toshkent Agrar universiteti. 5. Guliston Davlat universiteti. 6. «Temuriylar tarixi» davlat muzeyi. 7. Samarqand Chinni zavodi. 8. Buxoro viloyat hokimligi. 9. Oliy Xo'jalik sudi. 10. Istiqbol fermer xo'jaligi. Ushbu birliklarning qaysi biri to'g'ri yozilgan? A) 1, 2, 4, 9 B) 1, 5, 6, 7, 9 C) 1, 3, 8 D) 1, 4, 10 305.1. Madaniyat va sport ishlari vazirligi. 2. Qo'shchinor mas'uliyati cheklangan ishlab chiqarish birlashmasi. 3. Bulung'ur tumani hokimligi. 4. Toshkent Agrar universiteti. 5. Guliston Davlat universiteti. 6. «Temuriylar tarixi» davlat muzeyi. 7. Samarqand Chinni zavodi. 8. Buxoro viloyat hokimligi. 9. Oliy Xo'jalik sudi. 10. Istiqbol fermer xo'jaligi. Ushbu birliklarning qaysi biri noto'g'ri yozilgan? A) 1, 3, 4, 6, 8, 10 B) 2, 4, 5, 6, 7, 9, 10 C) 1, 2, 4, 5, 8, 9, 10 D) 2, 3, 4, 7, 8, 10 306.Qanday shartli nomlar qo'shtirnoqqa olinadi? A)turli korxona, mahsulot, inshootlar, transport vositalariga berilgan shartli nomlar B)turli korxona, mahsulot, inshootlar, transport vositalariga berilgan shartli nomlar, shahar nomlari C)turli korxona, bayram sa-nalari, mahsulot, inshootlar, transport vositalariga berilgan shartli nomlar D)turli korxona, mahsulot, inshootlar, kinoteatr nomlari, transport vositalariga berilgan shartli nomlar 307. Tarixiy sana va bayram nomlari qanday yoziladi? A)tarkibidagi birinchi so'zining ilk harfi bosh harf bilan birinchi so'zi bosh harf bilan C) har bir so'zidagi birinchi harfi bosh harf bilan D) A va B 308. Suv havzalari va inshootlar nomlari qanday yoziladi? A) tarkibidagi birinchi so'zining ilk harfi bosh harf bilan B) birinchi so'zi bosh harf bilan C) har bir so'zidagi birinchi harfi bosh harf bilan D) A va B 309.Bir turdagi narsaning umumiy nomini bildiradigan otlar qan-day nomlanadi? A) mavhum otlar B) turdosh otlar C) aniq otlar D) shaxs otlari 310.Bittasi toshkentlik Yusufbekhojiningo'g'li Otabek! Ushbu gapda nechta shaxs oti bor? A) 2 ta B) 3 ta C) 1 ta D) shaxs oti yo'q 311. Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammaning ko'nglidagi gina-adovatga barham berdi. Ushbu gapda otning tuzilishiga ko'ra qaysi turlari ishtirok etgan? A) sodda, qo'shma B) sodda, juft C) sodda, qo'shma, takror D) sodda, qo'shma, juft 312.Bittasi toshkentlik Yusufbek hojining o'g'li Otabek! Ushbu gapda nechta shaxs nomi bor? A) 1 ta B) 3 ta C) 2 ta D) shaxs nomi yo'q 20 313.Shaxs oti yasovchi qo'shimchalarni sanang. 1. -chi. 2. -soz. 3. -kor. 4. -xon. 5. -gich. 6. -boz. 7. -voz. 8. -vchi. 9. -shunos. 10. -dosh. 11. -kash A) 1, 2, 4, 5, 7, 9 B) 1, 3, 5, 6, 8, 10 C) 1, 2, 3, 4, 6, 8, 9, 10, 11 D) barchasi 314.Shaxs oti yasovchi qaysi qo'shimcha asosga qo'shilganida tovush o'zgarishi hodisasi sodir bo'ladi? A) -shunos B) -chi C) -vchi D) -soz 315.-vchi qo'shimchasi qanday so'zlarga qo'shilganida tovush almashinishi sodir bo'ladi? A) u va o unlilari bilan tugagan so'zlarga qo'shilganida B) v undoshi bilan tugagan so'zlarga qo'shilganida C) i unlisi bilan, a unlisi bilan tugagan so'zlarga qo'shilganida D) barchasi 316.Qaysi qo'shimcha atoqli otni turdosh otga aylantiradi? A) -shunos B) -lik C) -lar D) -qich 317.Omonim qo'shimchalarni belgilang. 1. -dosh. 2. -lik. 3. -lar. 4. -qich. 5. -dir. 6. -a. 7. -ar. 8. -ish A) 2, 3, 4, 5, 6, 7 B) 1, 2, 3, 4, 5, 7, 8 C) 1, 2, 3, 5, 6, 7, 8 D) barchasi 318. Shayxontohurda baqqollar, sartaroshlar, zargarlar juda serob. Ushbu gapda nechta yasama shaxs oti bor? A) 3 ta B) 4 ta C) 2 ta D) 1 ta 319. Narsalarning nomini bil-dirgan ot qanday so'roqqa javob bo'ladi? A) kim? B) qancha? C) nima? D) nega? 320.Hayvon, o'simlik, oziq-ovqat, kiyim-kechak, idish-tovoq, ish qurollari, osmon jismlari otlari qanday so'roqqa javob bo' ladi? A) nima? B) qaysi? C) kim? D) qayer? 321.Narsa oti yasovchi qo'shimchalarni sanang. 1. -q. 2. -k. 3. -oq. 4. -gich. 5. -g'ich. 6. -qich. 7. -m. 8. -im. 9. -gi. 10. -qi. 11. -ki. 12. -(i)ndi. 13. -ma. 14. -don. 15. -moq A) 1, 4, 5, 7, 9, 12, 15 B) 1, 2, 5, 6, 8, 10, 12, 14 C) 1, 3, 5, 7, 9, 11, 13, 15 D) barchasi 322. O'rin-joy oti yasovchi qo'shimchalarni sanang. 1. -zor 2. -loq 3. -iston 4. -(u)v 5. -xona 6. -lik 7. -goh 8. -gun A) 1, 2, 4, 5, 8 B) 1, 3, 5, 6, 7 C) 1, 2, 3, 5, 7 D) barchasi 323. O'rin-joy nomi yasovchi qo'shimchani toping. A) -iston B) -zor C) -goh D) A va B 324.Shaxs va narsalarning faoliyat jarayonini nomlovchi otlar qanday ataladi? A) o'rin-joy otlari B) mavhum otlar C) faoliyat-jarayon otlari D) turdosh otlar 325.Faoliyat-jarayon otlari yasovchi qo'shimchalar berilgan qatorni toping. 1. -lik. 2. -gich. 3. -ma. 4. -chi-lik. 5. - garchilik. 6. -kor. 7. -(u)v. 8. -(i)m A) 1, 2, 4, 7, 8 B) 1, 4, 5, 7, 8 C) 1, 3, 5, 6, 7 D) barchasi 326. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling