Bilimsizlik bilan ishga kirishsang, Foydasi bo'lmaydi qancha tirishsang. 2019-yil


Download 0.89 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/18
Sana22.01.2023
Hajmi0.89 Mb.
#1109721
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18
Bog'liq
2 5341492182828195581

283.Boychechakning tovlanib turgan gulbarglari hammaning ko'nglidagi gina-adovatga barham berdi. Ushbu 
gapda qaysi turkumga oid so'zlarning qo'sh-ma shakli bor? 
A) ot, ravish, fe'l B) ot, fe'l C) ot, sifat D) ot, sifat, olmosh 
284.
Qo'shma otlar qanday yoziladi? A) qo'shib B) ajratib C) chiziqcha bilan D) qo'shib, ajratib


18
285.
Qanday qo'shma otlar ajratib yoziladi? A) har ikkala qismi atoqli otlar B) ikkinchi qismi atoqli 
otdan iborat qo'shma otlar C)ikkinchi qismi turdosh otdan iborat qo'shma otlar D)har ikkala qismi turdosh otdan iborat 
qo'shma otlar 
286.
Ajratib yoziladigan qo'shma otlarga misol keltiring. 
A) Yangiyo'l, Quyi Chirchiq, Beshariq B) O'rta Osiyo, Quyi Chirchiq, Markaziy Osiyo C) 
Markaziy Osiyo, O'rta Osiyo, Beshariq D) ko'zoynak, sheryurak, Oltiariq 
287.
Qanday qo'shma otlar qo'shib yoziladi? 
A) har ikkala qismi atoqli otlar B) ikkinchi qismi atoqli otdan iborat qo'shma otlar C)ikkinchi qismi turdosh otdan 
iborat qo'shma otlar D)har ikkala qismi turdosh otdan iborat qo'shma otlar 
288.
Qo'shib yoziladigan qo'shma otlarga misol keltiring. 
A) Beshariq, oltingugurt, Quyi Chirchiq B) qorbo'ron, qorqiz, Oltiariq C)ko'zoynak, oltingugurt, O'rta Osiyo 
D)Markaziy Osiyo, Quyi Chirchiq, Oltiariq 
289.
Qizlar tillaqosh, bargak, zebigardon, qo'ltiqtumor, marjon, uzuk, bilaguzuk taqib, shoyi ko'ylak, 
nimcha, kamzul kiyib yasanar edilar. Ushbu gapda otning tuzilishiga ko'ra qaysi turlari uyushgan? 
A) sodda va yasama B) sodda va qo'shma C) sodda va takror D) faqat sodda 
290.
Qanday otlar chiziqcha bilan yoziladi? 
A) qo'shma otlar B) takroriy otlar C) yasama otlar D) juft va takroriy otlar 
291.Savdo-sotiq, tevarak-atrof, o'y-xayol, huzur-halovat, sut-qatiq kabi so'zlar qaysi so'z turkumiga oid?
A) ravish B) ot C) sifat D) olmosh 
292.Atoqli otlar necha turga bo'linadi? 
A) 2 turga: 1. Aniq otlar. 2. Mavhum otlar B) 3 turga: 1. Shaxs nomlari. 2. Narsa nomlari. 3.Tarixiy 
nomlar C) 3 turga: 1. Shaxs nomlari. 2. Narsa nomlari. 3. O'rin-joy nomlari 
D) 4 turga: 1. Shaxs nomlari. 2. Narsa nomlari. 3. Bayram nomlari. 4. O'rin-joy nomlari 
293.
Qanday otlar atoqli otlar deyiladi? 
A)kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusini bilduruvchi otlar 
B)biror shaxs, narsa yoki joyga atab qo'yilgan nomlar 
C)sezgi a'zolarimiz bilan bilishimiz mumkin bo'lgan otlar 
D)ma'lum bir geografik hududga atab qo'yilgan otlar 
294.
Qanday otlar shaxs nomi deyiladi? 
A)kishilarning ismi, otasining ismi, familiyasi, taxallusini bilduruvchi otlar B)biror shaxs, narsa yoki joyga atab 
qo'yilgan nomlar C)sezgi a'zolarimiz bilan bilishimiz mumkin bo'lgan otlar D)ma'lum bir geografik hududga atab 
qo'yilgan otlar 
295.
Familiyalar shaxs ismidan so'ng otasining ismini qoldirish (Usmon Nosir), otasining ismiga -ov(a), 
-ev(a) qo'shimchasini qo'shish orqali qanday otlar hosil qilinadi? 
A) atoqli otlar B) shaxs otlari C) shaxs nomlari D) A va C 
296.
Notiq dedi: «Taqdir shul, 
Bu jahoniy iroda. 
Tillar yo'qolur butkul,
Bir til qolur dunyoda»...
«Va'zingni qo'y, birodar,
Sen aytganing bo'lmaydi!»
Barcha dedi barobar: 
«Ona tilimi o'lmaydi». Ushbu misralar muallifi kim? 
A) Abdulla Oripov B) Muhammad Yusuf C) Erkin Vohidov D) Iqbol Mirzo 
297.
Kishi ismlari ko'rsatkichlariga qaysi shakllar kiradi? 
A) Abdu-, -qul, -berdi B) -xon, -jon, -boy C) -oy, -bek, -xo'ja, -bonu D) A, B, C 


19
298.Ma'lum geografik hududga atab qo'yilgan nomlar qanday ataladi? A) 
atoqli otlar B) shaxs nomlari C) joy nomlari D) faoliyat nomlari 
299.Tarkibida orti, bo'yi, oldi so'zlari bo'lgan so'zlar qanday yoziladi? A) 
qo'shib B) ajratib C) chiziqcha bilan D) qo'shib, ajratib 
300.

Download 0.89 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling