Bilimsizlik bilan ishga kirishsang, Foydasi bo'lmaydi qancha tirishsang. 2019-yil
Download 0.89 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5341492182828195581
O'yin-kulgi, askiya yarim kechagacha cho'zilib ketdi. Ushbu gapdagi ko'makchi fe'lli so'z
qo'shilmasi tarkibidagi ko'makchi fe'l qanday ma'noda ishlatilgan? A) harakatning kutilmaganda ro'y berishini B) harakatning tugaganligini C) harakatning boshlanganini D) harakatning uzoq davom etganini 162.Mo'ysafidgullarni shiyponga qo'yib, mehmonlar bilan ko'risha ketdi. Ushbu gapda ko'makchi fe'l qanday ma'noda ishlatilgan? A) harakatning kutilmaganda ro'y berishini B) harakatning tugaganligini C) harakatning boshlanganini D) harakatning uzoq davom etganini 163.Mirsodiq eshikni sekin ochdi-yu, sevinib ketdi. Ushbu gapda ko'makchi fe'l qanday ma'-noda ishlatilgan? A) harakatning tezligi B) harakatning tugaganligi C) harakatning boshlangani D) harakatning uzoq davom etgani 164. Ba'zan Mehrixonlar oilasiga ham borib-kelib turadi. Ushbu gapda yetakchi fe'l qanday fe'ldan tarkib topgan? A) qo'shma fe'ldan B) takroriy fe'ldan C) juft fe'ldan D) yasama fe'ldan 165. Dadasining qo'lidan ushlab o'ynoqlab keta berdi. Ushbu gapdagi ko'makchi fe'lli so'z qo'shilmasining yetakchi qismi qanday fe'ldan tarkib topgan? A) qo'shma fe'ldan B) takroriy fe'ldan C) juft fe'ldan D) tub fe'ldan 166. Qaysi qo'shimchalar ham yetakchi, ham ko'makchi fe'l tarkibida kelishi mumkin? A) nisbat va bo'lishsizlik B) zamon, shaxs-son C) shaxs-son, nisbat D) bo'lishsizlik, zamon 167. Qaysi qo'shimchalar faqat ko'makchi fe'l tarkibida keladi? A) nisbat va bo'lishsizlik B) zamon, shaxs-son C) shaxs-son, nisbat D) bo'lishsizlik, zamon 168. Bo'lishsizlik shakli ko'makchi fe'l tarkibida bo'lsa, qanday ma'no anglashiladi? A) davomiy inkor (o'qimay qo'ydi) B) bir martalik inkor (o'qib qo'ymadi) C) bo'lishlilk ma'nosi (o'qimay qo'ymadi) D) B va C 12 169.Fe'lning bo'lishsizlik shakli qanday hosil qilinadi? A) -ma B) emas C) yo'q D) barchasi 170.Fe'lning bo'lishsizlik shakli qanday qo'shimcha turiga kiradi? A) So'z yasovchi B) lug'aviy shakl yasovchi C) Sintaktik shakl yasovchi D) B va C 171. Bo'lishsizlik shakli yetakchi fe'l tarkibida bo'lsa, qanday ma'no anglashiladi? A) davomiy inkor (o'qimay qo'ydi) B) bir martalik inkor (o'qib qo'ymadi) C) bo'lishlilk ma'nosi (o'qimay qo'ymadi) D) B va C 172. Bo'lishsizlik shakli ham yetakchi, ham ko'makchi fe'l tarkibida bo'lsa, qanday ma'no anglashiladi? A) davomiy inkor (o'qimay qo'ydi) B) bir martalik inkor (o'qib qo'ymadi) C) bo'lishlilk ma'nosi (o'qimay qo'ymadi) D) B va C 173.-la, -a shakllari qaysi so'z(turkumlari)lardan fe'l yasaydi? A) ot, sifat, undov, ravish, taqlid, olmoshdan B) ot va sifatdan C) faqat sifatdan D) ot, sifat, taqlidiy, fe'ldan 174.Ot va sifatdan fe'l yasovchi qo'shimchalarni keltiring. A) -ira, -illa B) -(a)y, -i, -sira, -sa C) -(a)r D) -la, -a 175.Faqat sifatdan fe'l yasovchi qo'shimchani toping. A) -ira, -illa B) -(a)y, -i, -sira, -sa C) -(a)r D) -la, -a 176.Taqlidiy so'zlardan fe'l yasovchi qo'shimcha qaysi? A) -ira, -illa B) -(a)y, -i, -sira, -sa C) -(a)r D) -la, -a 177. Odobli va adolatli inson qo'lidagi qalam baxt-saodat uchun xizmat qilib yurgan odamlarni zavqlantiradi, bir-biriga yaqinlashtirib, do'stlikni mustahkamlaydi. Ushbu gapda nechta yasama fe'l bor? A) 5 ta B) 3 ta C) 2ta D) 4 ta 178. Odobli va adolatli inson qo'lidagi qalam baxt-saodat uchun xizmat qilib yurgan odamlarni zavqlantiradi, bir-biriga yaqinlashtirib, do'stlikni mustahkamlaydi. Ushbu gapda nechta yasama so'z bor? A) 7 ta B) 8 ta C) 9 ta D) 6 ta 179.Tezlamoq, sekinlamoq so'zlari qaysi turkumdan yasalgan? A) sifatdan B) ravishdan C) olmoshdan D) otdan 180.Maktabimiz muzeyi yangi eksponatlar bilan boyidi. Ushbu gapda nechta so'z yasovchi qo'shimcha mavjud? A) 1 ta B) mavjud emas C) 2 ta D) 3 ta 181.Gapirganda ovozi xuddi ichidan chiqqanday guldirab, jaranglab eshitiladi. Ushbu gapdagi yasama fe'llar qanday sintaktik vazifa bajargan? A) aniqlovchi B) kesim C) ega D) hol 182.Qizlar o'zaro sekin suhbatlashib turishardi. Ushbu gapdagi yasama fe'l qanday fe'lning tarkibiy qismi sanaladi? A) qo'shma fe'lning B) ko'makchi fe'lli so'z qo'-shilmasining C) juft fe'lning D) takroriy fe'lning 183. -a fe'l yasovchi qo'shimchasi asosga qo'shilganida qanday fonetik o'zgarishlar sodir bo'ladi? A) tovush tushishi, tovush almashinishi B) tovush tushishi C) tovush almashinishi D) tovush tushishi, tovush almashinishi, tovush ortishi 184.-a fe'l yasovchi qo'shimchasi qaysi so'zlarga qo'shilgani-da tovush tushish hodisasi sodir bo'ladi? A) o'yin, qiyin B) son C) bor, past D) A va B 185. -a fe'l yasovchi qo'shimchasi qaysi so'zlarga qo'shilganida tovush almashinish hodisasi sodir bo'ladi? A) o'yin, qiyin B) son C) bor, past D) A va B 186.Past, sust kabi so'zlarga qanday qo'shimcha qo'shilsa, tovush tushishi sodir bo'ladi? A) -ay B) -la C) -a D) -illa 187. Download 0.89 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling