- Sezgilarning reseptor nazariyasiga ko’ra, reseptor yoinki sezgi a'zolari ularga ta'sir qiluvchi qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan sust (passiv) javob qaytaradi, sezgilar harakatga qarama-qarshi turuvchi sust jarayondir, harakatning o’zi esa aksincha faol (aktiv)dir.
- Sezgi jarayonining faol (aktiv)ligini tan oluvchi nazariya - sezgilarning reflektor nazariyasi deb ataladi. Ushbu fikrni asoslash uchun misollarga murojaat etaylik va hayvonot olamida aks ettirishni tahlil qilib ko’raylik. Hayvonlar va jonivorlarning sezgilari sust (passiv) xususiyatga emas, balki tashqi olam ta'sirining biologik ahamiyatga molik jihatlarini faol (aktiv) ravishda ajratgan holda xatti-harakatni amalga oshiradilar.
- I.M.Sechenovning fikriga ko’ra, jismni ko’z bilan idrok qilish uchun ko’z o’sha narsani "qidirsin", faqat shundagina maqsadga muvofiq harakat yuzaga chiqqan bo’ladi.
Ivan Mixaylovich Sechenov
Chet el psixologlari va fiziologlari sezgirlikni Mendelning qonuniyatiga asoslangan holda nasl, ya'ni irsiyat bilan bog‘liq shaklda tadqiq qilganlar. Speyder ta'm bilish naslga bog‘liq degan xulosa chiqaradi va 100 oilada buni sinab ko’radi. Olingan ma'lumotlarga qaraganda, ota-onalar bilmagan ta'mni bolalari ham payqamaganligi namoyon bo’lgan. - Chet el psixologlari va fiziologlari sezgirlikni Mendelning qonuniyatiga asoslangan holda nasl, ya'ni irsiyat bilan bog‘liq shaklda tadqiq qilganlar. Speyder ta'm bilish naslga bog‘liq degan xulosa chiqaradi va 100 oilada buni sinab ko’radi. Olingan ma'lumotlarga qaraganda, ota-onalar bilmagan ta'mni bolalari ham payqamaganligi namoyon bo’lgan.
Foydalanilgan manbalar: - E.G’oziyev “Umumiy psixologiya” Psixologiya mutaxassisligi uchun o’quv qo’llanma 2-kitob, Toshkent - "Universitet" – 2002, 30-52 betlar.
- https://multiurok.ru/
- https://arxiv.uz/
- portal.guldu.uz
- www.google.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |