Tayanch iboralar
Diqqat - ongimizning muayyan ob'ektga yo’naltirilishi va unda to’planishidan iborat psixik holat.
Diqqatning barkarorligi - diqqatning ma'lum obektga uzoq vaqt davomida mutassil qaratilish imkoniyati.
Diqqatning ko’lami - bir vaqtning o’zida diqqatning bir qancha ob'ektga qaratilishi imkoniyati.
Diqqatning taqsimlanishi - diqqatning bir vaqtda bir necha ob'ektga yoki faoliyatga taqsimlanish xususiyati.
Diqqatning ko’chishi - diqqatni ixtiyoriy ravishda bir ob'ektdan ikkinchi ob'ekta ko’chirish.
Dominanta (lot. dorainans-hukmron) - markaziy nerv tizimining vaqtincha hukmron qismi bo’lib, boshqa qismlar faoliyatini tormozlaydi.
Orientasiya refleksi (lot. oriens - sharq reflexus - aks etish) - shartsiz refleksning bir turi, u har qanday yangi qo’zg’ovchi ta'siriga birinchi bo’lib javob beradi.
Taxistoskop (yunon. tachy tez, skopeo - ko’raman) - qat'iy belgilangan qisqa vaqt davomida ko’rish qo’zg’atuvchilarini namoyon qilish sababi. Idrok, xotira, diqqat va boshqa jarayonlarni tadqiqot qilishda ishlatiladi.
Tush ko’rish - uxlab yotgan odam bosh miya yarim sharlari qobiqidagi ba'zi nerv markazlari faoliyati natijasida uyqu vaqtida hosil bo’ladigan ma'lum darajadagi aniq obrazlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |