Bilish Nazariyasi Ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 130.94 Kb.
bet30/38
Sana17.09.2023
Hajmi130.94 Kb.
#1680145
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38
Bog'liq
4Bilish nazariyasi

Mantiqiy tafakkurtafakkur qoidalari, qonunlari va tamoyillariga muvofiq bir haqiqatdan boshqa, yanada teranroq haqiqatga intilishdir. Tafakkur qoidalari, qonunlari fan sifatidagi mantiqning mazmunini tashkil etadi. Bu qoidalar va qonunlar tafakkurga ichdan xosdir. Mantiqiy qonunlar – narsalarning ob'ektiv munosabatlarini amaliyot asosida umumlashtirishdir. Demak, inson tafakkurining barkamollik darajasi uning mazmuni ob'ektiv borliq mazmuniga qay darajada muvofiqligi bilan belgilanadi. Bizning aqlimiz amaliy harakatlar mantig‘i va ma'naviy madaniyat tizimida aks etgan narsalar mantig‘iga bo‘ysunadi. Tafakkur jarayoni amalda nafaqat ayrim shaxs miyasida, balki butun madaniyat tarixida shakllanadi. Asosiy qoidalar to‘g‘ri bo‘lgan holda fikrning mantiqiyligi uning tafakkurda, tushunchalar harakatida aks etishida namoyon bo‘ladi. Inson teran fikr yuritishida, mantiq qonunlariga bo‘ysunadi, uning biron-bir tamoyilini buzmaydi.
Hozirgi zamon fani va texnikasi qarshisida ko‘ndalang bo‘lgan muammolarning murakkabligi mantiqni faol rivojlantirish, tafakkurning mantiqiy apparatini, ayniqsa kibernetika texnikasining rivojlangan talablari bilan muvofiq holatga keltirishni talab qildi. Bu muhim ehtiyoj mantiqda yangi yo‘nalishlar – ko‘p ma'noli, ehtimol tutilgan va boshqa mantiqiy fanlarning paydo bo‘lishini belgilab berdi, formal mantiqni matematika bilan yaqinlashtirdi va matematik mantiq yuzaga kelishiga sabab bo‘ldi.
Ob'ektiv borliq jarayonlarining aloqasi, ularning rivojlanishi o‘ziga xos «narsalar mantig‘i», ob'ektiv mantiqni tashkil etadi. Bu mantiq bizning tafakkurimizda tushunchalar aloqasi ko‘rinishida aks etadi – bu sub'ekt tafakkuri mantig‘i. Fikrlarimizning mantiqiyligi shu bilan belgilanadiki, biz narsalarni ular amalda qanday bog‘langan bo‘lsa, shunday bog‘laymiz. Hamonki borliq dialektika qonunlariga bo‘ysunar ekan, inson tafakkurining mantig‘i ham shu qonunlarga bo‘ysunishi lozim.
Tafakkur va borliqning birligi. Tafakkur bilan borliq o‘rtasida birlik mavjud. Tafakkur va borliqning birligi zamirida mantiqiy shakllar va tafakkur qonunlarini shakllantiruvchi ijtimoiy amaliyot yotadi. Dunyo rivojlanishining ob'ektiv umumiy qonuniyatlaridan mantiqiy qonuniyatlarning farqi shundaki, inson mantiqiy qonuniyatlarni ongli ravishda qo‘llashi mumkin, tabiatda esa dunyoning rivojlanish qonuniyatlari o‘ziga ongsiz tarzda yo‘l ochadi.
Inson o‘zini qurshagan dunyo haqidagi barcha bilimlarni pirovard natijada sezgi a'zolari orqali oladi. Biroq ular ayrim soxta g‘oyalar, masalan, yerning yassi tuzilishi, Quyosh yer atrofida aylanishi kabi g‘oyalar manbai hamdir. Bu ko‘pincha sezgi a'zolarining ma'lumotlariga ishonchsizlik uyg‘otgan, ratsionalistlar bu a'zolarning bilishdagi rolini kamsitishi va bilishda asosiy rolni tafakkur o‘ynashini qayd etishiga sabab bo‘ladi. Biroq empiriklar bu fikrga e'tiroz bildirib, bilishda xatolarga ko‘proq tafakkur yo‘l qo‘yganini qayd etadilar. Ularning fikricha, hayvon tabiat yo‘llaridan chetga chiqa olmaydi: uning motivlari zamirida sezgi a'zolari orqali idrok etiladigan narsalar yotadi. Hayvonlar hyech narsani o‘ylab topmaydi va shuning uchun ham ular aqlsizlik holatiga tushmaydi. Inson esa har xil xom xayollar qurboni bo‘ladi.
Sezgi darajasida bilishning rolini mutlaqlashtiradigan va mavxum nazariy tafakkurga ishonmaydigan empirizm ilmiy bilishning rivojlanishiga monelik qiladi. Mutaxassislar fikricha, qadimgi matematiklar, faylasuflar, pifagorchilar, matematikaga irratsional, ba'zan – kasr sonlarining kiritilishiga qarshi chiqqanlar, o‘z fikrlarini bu sonlarning noaniqligi bilan isbotlashga harakat qilganlar. Bunday fikrlar yunonlarni algebrani fan sifatida inkor etishga majbur qilgan, bu esa matematikaning analitik metodlari Uyg‘onish davriga qadar zamondan orqada qolishining sabablaridan biri bo‘lgan. Qadimgi mutafakkirlar sezgida bo‘lmagan narsa tafakkurda ham bo‘lmaydi deb qayd etgan. Tafakkur jarayoni modellar, sxemalar, tabiiy, sun'iy til va hokazolar ko‘rinishidagi sezgi unsurlariga tayanmay ish ko‘ra olmaydi.

Download 130.94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling