Билишда ҳАҚИҚат муаммоси
Download 35.28 Kb. Pdf ko'rish
|
Qiyasov M falsafa
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bilishning ma’naviy qadriyatlari
IDEAL
ISHONCH Pirovad kelajakning muayyan obrazi emas, balki qayta ko’rilishi mumkin bo’lgan har xil nazariy va boshqa tasavvurlarning kelajakka qaratilgan majmui Insonning qadryatlari va mo’ljallari dunyosidabiron-bir narsa yoki hodisasni haqiqiydeb qabul qilish muhim ahamiyatga ega. 11 Haqiqatni ob’ektiv- idealistik tushunish dunyoning ongda aks etish jarayoniga bog‘lamasdan qarash va uni insonning ob’ekt haqidagi bilimi xossasi sifatida emas, balki empirik borliqqa qo‘shimcha tarzda ob’ektivlashgan qandaydir vaqtdan tashqaridagi g‘oyaning xossalari sifatida talqin qilishda namoyon bo‘ladi. Haqiqatni sub’ektiv idealistik tushunish inson bilimining xossalari va tarkibi bilan bog‘lanadi, biroq mazkur bilim unda tashqi, mustaqil dunyoning aks etishiga bog‘lanmaydi, chunki bunday dunyoning mavjudligi inkor etiladi 12 Bilishning ma’naviy qadriyatlari . Har qanday ilmiy tadqiqotda ma’naviy qadriyatlar va me’yorlar mavjuddir. Ilmiy metod negizini ob’ektivlik va oqilonalik kabi an’anaviy ma’naviy qadriyatlar tashkil etishi lozim. Ob’ektivlik olim tadqiqot me’yorlarini tanlashganisbatan vijdonan yondashishi, shaxsiy manfaatdorlikni siqib chiqarishi, haqi-qatni guruh manfaatlaridan ustun qo‘yishini nazarda tutadi. Ayrim ilmiy konsepsiyalar eskirishiga qarab o‘ziga xos «timsol» belgilarini kasb etadi. Eskirgan konsepsiyalardan voz kechish ko‘pincha ularni yaratuvchilarning qar-shiligini bartaraf etish bilan bog‘liq. Olim ba’zan fanda inqilobga yo‘l ochuvchi yangi g‘oyalarni afzal ko‘rishga o‘zida kuch topa olmay, eskicha yondashuvlar asiri bo‘-lib qolishi mumkin. Bilim va haqiqat amalda ayniy tushunchalardir. Bilish – narsalarning haqiqiy ho-latiga mos keluvchi ishonchli axborotga ega bo‘lish demak. Haqiqiy bilimga erishishmumkinmi? Qanday bilimni haqiqiy deb hisoblash mumkin? Bilim haqiqiyligi-ning ob’ektiv va mutlaq mezonlari mavjudmi? Bu savollarga javoblar fan va falsafaning rivojlanishiga doimo yo‘ldosh bo‘lgan. Masalan, Aristotel haqiqat-ni borliq bilan tenglashtirgan. Uning fikricha, o‘zgarmas narsalargina haqiqiydir, haqiqat borliqning oliy shaklidir |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling