Bilishning mazmun va mohiyati ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet29/40
Sana19.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1361752
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40
Bog'liq
5-ma\'ruza matni

Tamoyillar - asosiy nazariy bilim, ilmiy dalillarni tushuntirishda dasturilamal bo
‘lib xizmat qiluvchi ustivor 
g
‘oyalardir. Tamoyillar sifatida, jumladan, isbotlab bo‘lmaydigan va isbot talab qilmaydigan aksiomalar, postulatlar amal 
qilishi mumkin.
Kategoriyalar- borliqning eng muhim tomonlari, xossalari va munosabatlarini aks ettiruvchi umumiy 
tushunchalardir
. Fan kategoriyalariga ham shunday ta'rif berish mumkin. Biroq, umumiy xususiyatga ega bo
‘lgan falsafiy 
kategoriyalardan farqli o
‘laroq, fan kategoriyalari butun borliqning emas, balki borliqning muayyan parchasi xossalarini aks 
ettiradi.
Fan qonunlari hodisalar o
‘rtasidagi zarur, muhim, barqaror, takrorlanuvchi munosabatlarni yoritadi. Bu 
hodisalarning amal qilishi va rivojlanishi qonunlari bo
‘lishi mumkin. Tabiat, jamiyat va inson tafakkuri qonunlarini bilish – 
fanning muhim vazifasi. U o
‘rganilayotgan hodisalarning tushunchalar va kategoriyalarda qayd etiladigan umumiy va 
muhim tomonlarini yoritishdan ularning barqaror, takrorlanuvchi, muhim va zarur aloqalarini aniqlashga qadar bo
‘lgan 
yo
‘lni bosib o‘tadi. Fan qonunlari va kategoriyalari tizimi uning paradigmasini tashkil etadi.
Paradigma 
fan tarixining muayyan davrida uning rivojlanishini belgilovchi barqaror tamoyillar, umumiy 
me'yorlar, qonunlar, nazariyalar va metodlar majmui.
U butun ilmiy hamjamiyat tomonidan fanning muayyan darajasida 
yuzaga keluvchi vazifalarni qo
‘yish va yechish usullarini belgilaydigan andoza sifatida tan olinadi. Paradigma tadqiqotchilik 
faoliyati, ilmiy eksperimentlarning natijalarini talqin qilishga yo
‘l ko‘rsatadi, yangi dalillar va nazariyalarning bashorat 
qilinishini ta'minlaydi. U o
‘ziga mos kelmaydigan konsepsiyalarni inkor etadi va tadqiqotchilik vazifalarini yechish uchun 
andoza bo
‘lib xizmat qiladi. Paradigma tushunchasi bilish nazariyasiga amerikalik faylasuf T.Kun tomonidan kiritilgan. 
Uning fikricha, «normal fan»ga tegishli ilmiy paradigmaga tayangan holda muayyan vazifalarni yechish xosdir. Fan 
rivojlanishidagi normal davrlar inqiloblar bilan almashadi. Ular eski paradigma doirasiga sig
‘maydigan hodisalarning kashf 
etilishi bilan bog
‘liq. Natijada fanda inqiroz davri boshlanadi va u eski paradigma sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotishi va 
yangi paradigmaning yuzaga kelishi bilan yakunlanadi. Yangi paradigmaning qaror topishi fanda inqilob yasalishiga sabab 
bo
‘ladi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling