Bilishning mazmun va mohiyati ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/40
Sana19.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1361752
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40
Bog'liq
5-ma\'ruza matni

Tafakkur va borliqning birligi. Tafakkur bilan borliq o
‘rtasida birlik mavjud. Tafakkur va borliqning birligi 
zamirida mantiqiy shakllar va tafakkur qonunlarini shakllantiruvchi ijtimoiy amaliyot yotadi. Dunyo rivojlanishining 
ob'ektiv umumiy qonuniyatlaridan mantiqiy qonuniyatlarning farqi shundaki, inson mantiqiy qonuniyatlarni ongli ravishda 
qo
‘llashi mumkin, tabiatda esa dunyoning rivojlanish qonuniyatlari o‘ziga ongsiz tarzda yo‘l ochadi.
Inson o
‘zini qurshagan dunyo haqidagi barcha bilimlarni pirovard natijada sezgi a'zolari orqali oladi. Biroq ular 
ayrim soxta g
‘oyalar, masalan, yerning yassi tuzilishi, Quyosh yer atrofida aylanishi kabi g‘oyalar manbai hamdir. Bu 
ko
‘pincha sezgi a'zolarining ma'lumotlariga ishonchsizlik uyg‘otgan, ratsionalistlar bu a'zolarning bilishdagi rolini kamsitishi 
va bilishda asosiy rolni tafakkur o
‘ynashini qayd etishiga sabab bo‘ladi. Biroq empiriklar bu fikrga e'tiroz bildirib, bilishda 
xatolarga ko
‘proq tafakkur yo‘l qo‘yganini qayd etadilar. Ularning fikricha, hayvon tabiat yo‘llaridan chetga chiqa olmaydi: 
uning motivlari zamirida sezgi a'zolari orqali idrok etiladigan narsalar yotadi. Hayvonlar hyech narsani o
‘ylab topmaydi va 
shuning uchun ham ular aqlsizlik holatiga tushmaydi. Inson esa har xil xom xayollar qurboni bo
‘ladi.
Sezgi darajasida bilishning rolini mutlaqlashtiradigan va mavxum nazariy tafakkurga ishonmaydigan empirizm 
ilmiy bilishning rivojlanishiga monelik qiladi. Mutaxassislar fikricha, qadimgi matematiklar, faylasuflar, pifagorchilar, 
matematikaga irratsional, ba'zan 
– kasr sonlarining kiritilishiga qarshi chiqqanlar, o‘z fikrlarini bu sonlarning noaniqligi 
bilan isbotlashga harakat qilganlar. Bunday fikrlar yunonlarni algebrani fan sifatida inkor etishga majbur qilgan, bu esa 
matematikaning analitik metodlari Uyg
‘onish davriga qadar zamondan orqada qolishining sabablaridan biri bo‘lgan. 
Qadimgi mutafakkirlar sezgida bo
‘lmagan narsa tafakkurda ham bo‘lmaydi deb qayd etgan. Tafakkur jarayoni modellar, 
sxemalar, tabiiy, sun'iy til va hokazolar ko
‘rinishidagi sezgi unsurlariga tayanmay ish ko‘ra olmaydi.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling