Bilishning mazmun va mohiyati ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/40
Sana19.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1361752
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40
Bog'liq
5-ma\'ruza matni

Mulohaza 
– fikrning shunday bir shakliki, unda tushunchalarni bog‘lash yo‘li bilan biror narsa haqidagi biron-
bir fikr tasdiqlanadi
yoki rad etiladi. Masalan, «Terak 
– o‘simlik» degan shunday bir mulohazaki, unda terak haqida uning 
o
‘simlik ekanligi xususida fikr bildiriladi. Tasdiqlash yoki rad etish, soxtalik yoki haqiqiylik, shuningdek ehtimol tutilgan 
narsalar bor joyda biz mulohazalarga duch kelamiz.
Agar bizning ongimizda faqat tasavvurlar, o
‘z holicha tushunchalar mavjud bo‘lgan va ular bir-biri bilan mantiqan 
bog
‘lanmaganida, tafakkur jarayoni ham bo‘lmas edi. Ma'lumki, so‘zning hayoti faqat nutqda, gapdagina haqiqiydir. Xuddi 
shuningdek, tushunchalar ham faqat kontekstda «yashaydi». Ayrim tushuncha sun'iy «preparat», masalan, organizmdan 
ajratib olingan hujayra bilan barobar. Tafakkur 
– biror narsa haqida xulosa chiqarish demak. Bunda biz mulohaza 
ko
‘rinishida ifodalay olmaydigan tushuncha biz uchun mantiqiy ma'noga ega bo‘lmaydi.
Mulohaza (yoki mulohazalar) 
– keng ma'noda ifodalangan tushuncha, tushunchaning o‘zi esa – toraytirilgan 
mulohaza (yoki mulohazalar), deb aytish mumkin. Nima yuksakroq - tushunchami yoki mulohaza, degan masala atrofidagi 
bahslar sxolastik, shuning uchun ham besamardir. 
Fikrning bevosita, moddiylashtirilgan ifodasi bo
‘lgan gap mulohazani ifodalashning og‘zaki shaklidir. Har qanday 
mulohaza sub'ektning predikat, ya'ni tavsiflanayotgan narsa yoki hodisa bilan birikuvidir. Shu sababli mulohazalarning 
mantiqda ko
‘rilmaydigan turlari sub'ekt, predikat va ular o‘rtasidagi aloqaning ehtimol tutilgan modifikatsiyalari bilan 
bog
‘liq. Biz: «Olov kuydiradi», deymiz. Bu – mantiqan sub'ekt predikat bilan bog‘langan hukm. Olovni ham, kuyishni ham 
sezish mumkin, biroq ular o
‘rtasidagi aloqani fikrimiz anglaydi.
Sub'ektning o
‘zgarishiga qarab mulohazalar, masalan, shaxssiz bo‘lishi mumkin: «Tong otyapti», «Kayfiyat yo‘q». 
Yakka, ayrim va umumiy mulohazalar farqlanadi: «Nyuton tortilish qonunini kashf etgan», «Ayrim odamlar yovuz niyatli 
bo
‘ladi», «Suyak – faol to‘qimalardan biri». Mulohazalar tasdiqlovchi va inkor etuvchi bo‘ladi: «Tana kuchni o‘simlik 
sharbatlaridan oladi», «Sayyoralar yulduzlar emas».


Inson u yoki bu mulohazaga biron-bir dalilni bevosita kuzatish orqali yoki bilvosita yo
‘l bilan – xulosa chiqarish 
yordamida kelishi mumkin.
Tafakkur faqat mulohaza yuritish emas. Tafakkur jarayonida amalda tushunchalar va mulohazalar alohida o
‘rin 
to
‘tmaydi. Ular aqlning yanada murakkabroq harakatlari zanjiri – mushohadaning bo‘g‘inlari hisoblanadi.
Xulosa 
– mushohadaning nisbatan tugallangan birligi. Mushohada yuritish jarayonida mavjud mulohazalardan 
yangi mulohaza 
– xulosa chiqariladi. Xulosa chiqarish tafakkurning shunday bir amaliki, unda ayrim fikrlarni taqqoslash 
yo
‘li bilan yangi mulohaza yaratiladi.
Inson narsalarning, xossalari va munosabatlarini teran bilish orqali vaqti vaqti bilan hozirgi zamon chegaralaridan 
o
‘tib, sirli kelajakka nazar tashlashi, hali ma'lum bo‘lmagan narsalarni oldindan ko‘rishi, yuz berishi ehtimol tutilgan va 
muqarrar bo
‘lgan voqyealarni bashorat qilishi mumkin.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling