Bilishning mazmun va mohiyati ma'ruzani olib borish texnologiyasi


Download 0.57 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/40
Sana19.04.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1361752
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40
Bog'liq
5-ma\'ruza matni

Gnoseologik relyativizm
borliq hodisalari va voqyealarini bilish o‘zgaruvchanligi, o‘tkinchiligini 
mutlaqlashtiruvchi agnostitsizmning yo
‘nalishlaridan biridir. Relyativizm tarafdorlari dunyoda hamma narsa o‘tkinchi, 
haqiqiy dunyoviy darajada ham, hattoki ilmiy darajada ham bizning olam hodisalari haqida olgan faqat shu paytdagi 
bilimlarimizni ifodalaydi, kecha haqiqat deb hisoblangan narsa bugun ishtiboh, xato sifatida tan olinadi: xuddi dori kabi
haqiqatning ham saqlanish muddati bor. Nisbiy mushohadalar bundan ham omonatroq. Bu ijtimoiy hayotda, axloq normalari 
va estetik didlarda ayniqsa yaqqol seziladi. Yaqindagina shak-shubhasiz deb e'tirof etilgan narsa endi do
‘zaxdan chiqqan 
balo sifatida inkor etiladi. Baholar kaleydoskopdagi rangli dog
‘lar kabi o‘zgaradi. Bundan go‘yo bilish jarayoni – 
muvaffaqiyatsizlikka uchrashi tayin bo
‘lgan haqiqat ketidan «quvish», degan umumiy xulosa chiqariladi. Bizning barcha 
bilimlarimiz go
‘yo noaniqlik va nohaqiqiylik dengizida suzadi, u faqat – va faqat – nisbiy, shartli konvensial (lotincha 
«conventional» - shartnomaga muvofiq) va sub'ektivdir.
Skeptiklarga xos bo
‘lgan bu yondashuv antik davrdayoq yuzaga kelgan. Dunyoda hamma narsa shu qadar tez 
o
‘zgaradiki, unda mutlaqo o‘zgarmas bo‘lgan hyech narsa mavjud emas, deb hisoblagan Kratil ta'limoti ashaddiy 
relyativizmga misol bo
‘lishi mumkin.
Barcha bilimlarimizni faqat nisbiy deb hisoblash, mohiyat e'tibori bilan, bilishda o
‘zboshimchalik hukm surishini 
tan olish bilan barobardir. Bu holda bilish nisbatan o
‘zgarmas, ishonchli narsalar mavjud bo‘lmagan, haqiqat bilan ishtiboh 


o
‘rtasida farq qolmaydigan, har qanday qoida va tamoyilga ishonch yo‘qoladigan, binobarin, hayotda hyech narsaga amal 
qilib bo
‘lmaydigan uzluksiz oqimga aylanadi. Bilish nazariyasida mutlaq relyativizm – bu tafakkur «boyligi»ning namoyon 
bo
‘lish shakllaridan biri. Unga quyidagi mushohada xos: haqiqat albatta mutlaq bo‘lishi kerak, agar haqiqat mutlaq 
bo
‘lmasa, u haqiqat emas. Bu fikr zamirida nafaqat nisbiy, balki mutlaq haqiqatga ham ishonchsizlik yotadi. Relyativizm 
namoyandalari odatda haqiqiy deb hisoblangan qoidalar keyinchalik soxta deb inkor etilgan va aksincha, soxta deb 
hisoblangan qoidalar fan rivojlanishi jarayonida haqiqiy deb e'tirof etilgan hollar fan tarixida ko
‘p ekanligiga ishora qiladilar. 
Ilmiy bilishning harakat yo
‘li – amalda to‘g‘ri chiziq emas, balki kesimlarida yanglishish hollari yuz berishi mumkin bo‘lgan 
egri chiziqdan iborat. Biroq bu bizning barcha bilimlarimiz safsata ekanligini isbotlamaydi. Relyativist «bilimda nisbiylik 
unsuri mavjud» degan to
‘g‘ri qoidani «bilim doimo nisbiydir», binobarin, bilim kerak emas, degan yanglish qoidaga 
almashtiradi. «Bu eng yomon fikr: agar men hamma narsani bila olmasam, men hyech ish qilmayman»
1
.

Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   40




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling