TEST
1. Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud emas?
A) Muloyimlik rizq sari yetaklovchi kalit.
B) Xullas shuni bilginki, qars ikki qo‘ldan chiqadi.
C) Hamma narsa uylar, devorlar, daraxtlar qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi.
D) Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va^na bo‘ron - hech narsa dovyuraklarni qo‘rqitolmadi.
2. Oltmishga kirib bildim: umrim bekorga o‘tmabdi... Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo‘llanish sababi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi bo‘lak qo‘llanganligi uchun
B)o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini izohlab kelgan ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun
C) qo‘shma gap qismlari ketma-ket sodir bo‘ladigan voqea-hodisalarni ifodalagani uchun
D) qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalangani uchun
3. Aqlli kishi sabr etar har nafas deydi Sa’diy Sheroziy Ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib bilan to‘g‘ri va to‘liq berilgan?
A) «,»-.
B) «»,-.
C) :«,»,-.
D) «,-,-».
4. Surayyoning peshonasiga qo'limni qo‘yib qo‘rqib ketdim: isitmasi nihoyatda baland ekan. Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo‘llanish sababi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish munosabati ifodalangani uchun
B ) o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini izohlab kelgan ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun
C) uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi bo‘lak qo‘llanganligi uchun
D) qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalangani uchun
5Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik kuzatilmaydi?
A)Tabiat hodisalari; shamol, qor, yomg‘ir, do‘l o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi.
B) Yigitlar daraxtlarning ostini yumshatdilar: qizlar maktab hovlisini supurdilar.
C) Daraxtdagi barcha, sayroqi qushlar: sa’va, mayna, bulbul va boshqalar unga jo‘r bo‘libdi.
D) Zorqishloq ko‘chalarida, adir va soylarida, serdaraxt bog‘larida - ko‘klam namoyishi kezadi.
6 Millatlarni elatlarni deydi ijodkor buyuk do'stlik birlashtiradi Mazkur ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib bilan to‘liq va to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) «,-,-».
B) «-»,-.
C) :«»,-
D) «,,-,-».
7 Kamgaplik deydi H. Olimjon donolik yo‘lining boshlanishidir Mazkur ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib bilan to‘liq va to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) «-,-.»
B) «,-,-»,.
C) «,-,-.»
D) «-,-».
8. Millatlarni elatlarni deydi M. Ulug‘ova buyuk do'stlik birlashtiradi Ushbu ko‘chirma gapli qo‘shma gapda tushirib qoldirilgan tinish belgilari qaysi javobda tartib bilan to‘g‘ri va to‘liq berilgan?
A) :«,-,-».
B) «,,−,−.»«,,-,-.»
C) «,,-,-».
D) «,-,-».
9. Mening anglaganim shu bo‘ldi: yomonlik jazosiz qolmas ekan. Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo‘llanish sababi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) qo‘shma gap qismlari bir paytda sodir bo‘ladigan voqea-hodisalarni ifodalagani uchun
B) qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalangani uchun
C) o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini izohlab kelgan ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun
D) uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi bo‘lak qollanganligi uchun
10. Qaysi gapda / / shartli belgisi o‘rnida tire tinish belgisi tushirib qoldirilgan?
A) Bildi ota / / foydasizdir kurashmoq.
B) Mening opam ham / / talaba, bu yil oliygohga kirdilar.
C) Tarixni o‘rganishdan asosiy maqsad / / milliy o‘zligimizni chuqurroq anglash.
D) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir / / tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz.
11. Darhaqiqat O’zbekistonning qayeriga borsangiz darxon kenagas jaloyir bahrin nayman kabi joy nomlariga duch kelishingiz mumkin. Ushbu parchada necha o‘rinda vergul tushirib qoldirilgan?
A) 5
B) 6
C) 4
D) 7
12 Qaysi gapda tinish belgisi bilan bog‘liq xatolik mavjud?
A) «Millatlarni, elatlarni, - deydi M. Ulug‘ova: - buyuk do‘stlik birlashtiradi».
B) Muharrir mehri tovlanib: «Rahmat, ona qizim!» - dedi.
C) «Ertaga hammamiz kelamiz», - dedi usta.
D) «Vatan ona kabi azizdir», - dedi ustozimiz.
13 . Qaysi javobdagi gapda / / belgisi o‘rnida tire tinish belgisini qo‘yib bo‘lmaydi?
A) A’lo o‘qish / / bizning va sizning asosiy hamda sharafli vazifamiz.
B) Uylar, devorlar, daraxtlar / / hammasi qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi.
C) O’rinsiz g‘azab / / o‘zingga azob.
D) Otamning akalari ham / / haydovchi.
14. Hojiyevning uzun gapidan chiqqan qisqa xulosa shu bo‘ldi: bugungi avlod o‘z ajdodlariga munosib voris bo‘lmoqda. Ushbu gapdagi ikki nuqtaning qo‘llanish sababi qaysi javobda to‘g‘ri izohlangan?
A) o‘zidan oldin kelgan bo‘lak ma’nosini izohlab kelgan ajratilgan bo‘lak qo‘llangani uchun
B) uyushiq bo‘laklardan oldin umumlashtiruvchi bo‘lak qo‘llanganligi uchun
C) qo‘shma gap qismlari orasida o‘xshatish munosabati ifodalangani uchun
D) qo‘shma gap qismlari orasida izohlash munosabati ifodalangani uchun
15. Qaysi gapda / / shartli belgisi o‘rnida ikki nuqta tinish belgisi tushirib qoldirilgan?
A) Dadam shu atrofdan / / qishloqdan chiqaverishdan, do‘kon qidirdi.
B) Aql ko‘pga yetkazadi / / hunar bo‘lsa insonni ulug‘likka yetkazadi.
C) Uylar, devorlar, daraxtlar / / hamma narsa qorong‘ilikka jimgina cho‘kdi.
D) Men bu qizni yaxshi taniyman / /o‘tgan yil tanlovda birga qatnashgan edik.
Do'stlaringiz bilan baham: |