Bilmagan holda) aniqladi. "Ekonomiks prinsiplari" (1890) A. Marshallning bosh asari bo`lib, olti jilddan iborat
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 298
Download 26.99 Kb.
|
UMID
PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 298
qoida keyinchalik uning shogirdi J.M.Keyns tomonidan keng foydalanildi (yuqorida berilgan). "Talab bahosi" rivojlantirilib "talabning elastikligi (qayishqoqligi)" konsepsiyasi ilgari suriladi, bu talab hajmining baho (narx) o`zgarishiga bog`liqligi ko`rsatkichidir. Elastiklikning turli omillarga qanchalik bog`liqligi tahlil etiladi (iste'mol tarkibi, daromad darajasi va b. ). Eng kam elastiklik keng iste'mol mollariga tegishli (ammo xuddi shu holatni zebiziynat mollariga nisbatan ko`rib chiqmagan). Bu bog`lanish vaqt davomida o`zgarib turishi aytiladi. O`rganilayotgan davr qanchalik kichik bo`lsa, talabning bahoga ta'siri shunchalik kattadir, davr qanchalik katta bo`lsa, ishlab chiqarish xarajatlari (taklif) ning ta'siri asosiydir. Korxonada ishlab chiqarish hajmlarining o`stirish davomida solishtirma ishlab chiqarish xarajatlari o`zgarishi qonuniyatlari aniqlandi. Korxona ishlab chiqarish masshtabini oshirganda undan keladigan nafning miqdori muammosi qarab chiqiladi. Marshall xususan shuni qayd qiladiki, odatda raqobatli iqtisodiyotda yirik korxona (firma) o`z tovar mahsulotiga bahoni pasaytirishni ta'minlaydi, bu esa raqobatchilar oldida ustunlikka olib keladi (malaka oshuvi, maxsus mashina va asbob-uskunalarni qo`llay olish tufayli). Eng muhimi bunday iqtisoddan butun jamiyat manfaat ko`radi. "Repreztativ firma" (o`rtacha firmaning turi) tushunchasi kiritiladi. Uning hajmi ma'lum tovarni ishlab chiqarish hajmi ortishi bilan ortadi, bu esa ham ichki ham tashqi foyda keltiradi, chunki mehnat sarflari va boshqa ishlab chiqarish xarajatlari pasayadi. Bundan olim ikkita iqtisodiy qonun borligi to`g`risida xulosa chiqaradi: 1) o`sib boruvchi foyda va 2) doimiy foyda. Birinchisiga ko`ra, mehnat va kapital sarflari hajmi ortishi bilan odatda ishlab chiqarishni tashkil etishni mukammallashtirishga olib keladi, mehnat va kapitaldan foydalanish samarodorligini oshiradi, proporsional (mutanosib) ravishda yuqoriroq foyda keltiriladi. Ikkinchisiga ko`ra, mehnat va boshqa xarajatlar mahsulot hajmini proporsional o`sishiga olib keladi. Olim fikricha, real hayotda bu ikki tendensiya doimo bir-biriga qarama-qarshi turadi. Raqobat sharoitida ishlab chiqarish yiriklashuvi bilan nisbiy xarajatlar yo pasayib boradi, yoki paralel o`sadi, ammo mahsulot hajmi o`sish sur'atlaridan ilgarilab ketmaydi. Keyinchalik mana shu fikrlar asosida mikroiqtisodiy nazariya ishlab chiqarish va korxona o`lchamlari (kattakichikligi)ni optimallashtirish muammosini yechish bo`yicha ancha aniq uslubiy yechimlarni ilgari surdi. Ishlab chiqarish xarajatlarini doimiy va PDF created with pdfFactory trial version www.pdffactory.com 299 o`zgaruvchi deb qarab, uzoq muddat davomida doimiy xarajatlar o`zgaruvchan bo`lib qoladi. Firma bozorni tark etishining asosiy sababi - xarajatlarning bozor bahosi darajasidan yuqorilab ketishidir. Reja Download 26.99 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling