Bim muhitida loyihalashning asosiy bosqichlari. Lod cpetsifikatsiyasi


Loyihalashning tayyorgarlik bosqichi


Download 0.57 Mb.
bet3/5
Sana11.10.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1698352
1   2   3   4   5
3. Loyihalashning tayyorgarlik bosqichi.
Buyurtmachi xizmati tomonidan Loyihalash tashkiloti bilan hamkorlikda dastlabki ma’lumotlarni yig‘ish va tahlil qilishdan boshlanadi. Buyurtmachi BIM-model uchun texnik topshiriqlarni (EIR) tayyorlaydi. Loyihachi loyihadagi rollarni taqsimlaydi, BIM - loyiha uchun ijro rejasini (BEP) tayyorlaydi, hamkorlikda ishlash muhiti, shablonlar va kutubxonalar, loyiha va modellar tuzilishini belgilaydi.


Loyihalashning asosiy bosqichi
Informatsion modellashtirishni qo‘llash loyiha sifatini sezilarli darajada yaxshilaydi, loyihaning barcha bo‘limlarini bir-biri bilan yuqori darajadagi ichki muvofiqlashuvini ta’minlaydi, ish hajmi va materiallar miqdori haqida aniq qaydnomalarni olishga imkon beradi, binolarning energiya samaradorligini tahlil qilishga yordam beradi.
Ushbu bosqichdagi asosiy vazifani Loyihachi bajaradi - bu BIMni modellashtirishdir. U loyiha hujjatlari (AR, KR, IOS1, IOS2 va boshqalar) bo‘limlarini, ishchi hujjatlar to‘plamlarini (AR, KJ, KM, VK, OV va boshqalar) yaratish, me’moriy bukletlar (Konsept, AGO yoki AGR) ob’ektni atrofga realistik vizualizatsiya va integratsiyasini o‘z ichiga oladi.
Modellashtirish yakunlangandan so‘ng, Loyihachi va Buyurtmachi BIM modelini tahlil qiladi, nomuvofiqliklarni tekshiradi va tuzatadi. Ushbu davrda Pudratchi ish jarayoniga qo‘shiladi. U ishlarni bajarish grafiklarini tuzish va vaqt shkalasi bo‘yicha qurilishni tashkil etishni modellashtirish uchun mas’uldir (4D BIM modelini ishlab chiqish).
Loyiha hujjatlari tarkibidagi BIM-model ekspert tashkilotiga ko‘rib chiqish uchun yuboriladi. Maqsad - ijobiy ekspert xulosasini olish. Agar lozim bo‘lsa, ekspertlarning fikr-mulohazalari asosida informatsion modelga tuzatishlar kiritiladi.
Loyihalash bosqichi yakunida, informatsion model tarkibida ishlar hajmining qaydnomasi, xarajatlar smetasining hisob-kitobi va spetsifikatsiyalar tuziladi.


4. Qurilish bosqichi
BIM texnologiyalari qurilish jarayonini boshqarishda yordam beradi – ya’ni, ishlarni bajarish muddatlarini kuzatib borish, rejadan ortda qolgan ishlarni aniqlash, resurslarni hisoblash, loyihadan chetga chiqishlarni aniqlash va hk.
Pudratchi qurilish maydonchasiga BIM-modelni ko‘chirishni amalga oshiradi, ya’ni unga yangi tarkibiy qismlar qo‘shgan holda amalda naturaga nuqtalar ko‘rinishida olib o‘tadi. Ishlarni bajarish jarayonida ob’ektning haqiqiy holatini axborot modeli bilan muvofiqlashtiradi, modelni qurilish jadvali bilan bog‘laydi.
Pudratchi ishlab chiqarish grafigiga muvofiq tarzda, kerakli materiallar miqdorini hisoblab chiqadi. Qurilish jarayonida Buyurtmachi modelga qo‘shimchalar kiritilishi, uning BIM bo‘yicha normativ hujjatlar talablariga muvofiqligi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Bundan tashqari, u loyihaviy yechimlarga oid o‘zgarishlarni muvofiqlashtiradi.
Loyihachi kiritilgan o‘zgarishlarni texnik reglament talablariga muvofiqligi tekshiradi. Shuningdek, informatsion model ma’lumotlarini qo‘llagan holda mualliflik nazoratini amalga oshiradi.
Pudratchi ijrosi s’emkani amalga oshiradi. Shundan so‘ng, uning natijalariga ko‘ra, amalda bajarilgan konstruksiyalar, muhandislik tizimlari va o‘rnatilgan uskunalarni hisobga olgan holda BIM modeliga to‘ldirish kiritadi. Ushbu ishning natijasi bo‘lib, BIMning ijrochi modeli xizmat qiladi.


1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling