Bim muhitida loyihalashning asosiy bosqichlari. Lod cpetsifikatsiyasi


Download 0.57 Mb.
bet4/5
Sana11.10.2023
Hajmi0.57 Mb.
#1698352
1   2   3   4   5
Ekspluatatsiya bosqichi

Ob’ekt foydalanishga topshirilgandan so‘ng, ekspluatatsiya xizmati ijrochi BIM-Modelni olgan holda BIM-menejment vazifalarining asosiy ijrochisiga aylanadi. Ekspluatatsiya xizmati modelga juda ko‘p qo‘shimchalar kiritadi. Bu bino elementlarining samarali ishlashi uchun zarur bo‘lgan yangi ma’lumotlar (rejali ta’mirlash, amortizatsiya, sarflash materiallarini almashtirish), shuningdek, bino foydalanuvchilari duch keladigan muammolarni hal qilish uchun kerakli ma’lumotlardir. Ushbu ishlarning natijasi bo‘lib, operatsion BIM model xizmat qiladi.
BIM texnologiyalaridan ekspluatatsiya jarayonida foydalanish, loyiha to‘g‘risidagi ma’lumotlarni davriy qidirish, yashirin tizimlar va qurilish elementlarini qidirish uchun sarflangan vaqtni tejashga mutanosib bo‘lgan moliyaviy tejamkorlikni ta’minlaydi.
BIM-model yordamida asbob-uskunalar va sarflanadigan materiallarni almashtirish xarajatlarini prognozlash, ta’mirlashni bashorat qilish ishlari amalga oshiriladi. Shuningdek, ekspluatatsiya davrida informatsion modeldan foydalangan holda konstruksiyalar, muhandislik tizimlari va jihozlarning holati nazorat qilib boriladi. Bundan tashqari, BIM jarayoni doirasida energiya sarfi kuzatiladi. Buning uchun model bilan maxsus sensorlar o‘rtasidagi aloqa sozlanadi. Uskunalar ta’mirlanganda yoki almashtirilganda, ekspluatatsiya xizmati tomonidan modelga tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi.


6. BIM-CITY. Raqamli shahar.
Operatsion BIM-Modeli kelajakda yagona shahar axborot modelini shakllantirish uchun shahar hokimligi xizmatlariga o‘tkaziladi. Shahar modeli (BIM-CITY) shaharni rejalashtirish, ob’ektlarni loyihalashtirish va muvofiqlashtirish jarayonlarini osonlashtirish, shahar jarayonlarini simulyatsiya qilish (transport va piyodalar harakati), muhandislik infratuzilmasi holatini nazorat qilish, ta’mirlash va texnik xizmat ko‘rsatish uchun budjetni rejalashtirish, foydalanuvchilar uchun xizmatlarning imkoniyatlarini oshirishga yordam beradi.
“Raqamli shahar” tizimini amalga oshirish vazifalari:
• Modelni yangi (loyihalashtirilgan va qurilgan) ob’ektlar bilan to‘ldirish uchun umumiy qoidalarni yaratish va ushbu qoidalarni normativ hujjatlarda belgilash
• Mavjud ob’ektlarni skanerlash va modellashtirish
• Foydalanuvchilar uchun API va ilovalarni yaratish

Barcha BIM-jarayonni quyidagi ixcham jadval shaklida tasavvur qilish mumkin:




Download 0.57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling