Bino- inshootlar arxitekturasi va qurilish


Download 244.87 Kb.
bet1/14
Sana20.06.2023
Hajmi244.87 Kb.
#1628982
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Jamshid



O’ZBEKISTОN RESPUBLIKASI ОLIY VA O’RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI ARXITEKTURA VA QURILISH FAKULTETI
BINO- INSHOOTLAR ARXITEKTURASI VA QURILISH” KAFEDRASI


BITIRUV - MALAKAVIY ISHI
TUSHUNTIRISH XATI
Mavzu: Denov tumanida olyuminiy va plastik eshik romlari ishlab chiqarish fabrikasi.
Bitiruv-malakaviy ishi rahbari: Q.Allanazarov
Bitiruvchi: BIQ 218-guruh talabasi: Y.Hamidova

Termiz– 2022 yil


MUNDARIJA
MUNDARIJA

KIRISH………………………………………………………………………… 4


1. ARXITEKTURAVIY - QURILISH QISMI…………………………………9
1.1 QURILISH TUMANINING TASNIFLARI………………………………10
2 HAJMIY – TARXIY YECHIMLAR………………………………………..12
2.1 KONSTRUKTIV YECHIMLAR..………………………………………...13
2.2 POYDEVORLAR……………..…………………………………………..14
2.3 DEVORLAR……………………………………………………………….15
2.4 PARDA DEVORLAR……………………………………………………..16
2.5 DERAZA…………………………………………………………………..18
2.6 ZINALAR…………………………………………..……………………...19
2.7 QAVATLARARO YOPMALAR……………………………………………..20
3.HISOBIY QISMI……………………………………………………………26
4. QURILISHNI TASHKIL QILISH VA REJALASHTIRISH………………...32
5. QURILISH IQTISODIYOTI……………………………………………………38
6.HAYOT FAOLYATI XAVFSIZLIGI…………………………………………..41
ATROF-MUHIT MUHOFAZASI…………………………………………………...45
XULOSA…………………………………………………………………………….50
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI…………………………...52

KIRISH

Kirish


2018 yilga O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyev takliflari bilan mamlakatimizda “Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-quvvatlash yili” deb nom berildi. O'zbekiston Fanlar Akademiyasi qayta tiklandi, innovatsion rivojlanish vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qo'mitasi negizida Qurilish vazirligi tashkil etildi.


Mamlakatimiz ilm-fani, sanoati va iqtisodiyotini rivojlantirishga, ayniqsa, intellektual va texnologik salohiyatini oshirish masalalariga alohida e'tibor qaratilishi bilan davlatimiz, xalqimiz oldiga qo'yilayotgan maqsadlar avvalgi yillardan tubdan farq qildi. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Miromonovich Mirziyoyevning 2017 yil 2 maydagi “Loyiha-qidiruv tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida”gi qarorlari malakali mutaxassislarni o'qitish va tayyorlash jarayonini jadallashtirdi. Mustaqillik yo'lidan dadil qadam bosayotgan talaba-yu yoshlarni kelgusida ishlab chiqarish, tadqiqot, amaliy va ilmiy faoliyat uchun zarur bo'lgan ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish orqali zamonaviy fikrlaydigan yuqori malakali mutaxassislar tayyorlash - bugungi kunning o'ta dolzarb masalalar qatoridan o'rin oldi. Mustaqillik yillarida, O'zbekiston keng qurilish va bunyodkorlik maydoniga aylandi.
Aynan ilm-fan-texnika jadal taraqqiy va yangi texnologiyalar keng joriy etilayotgan sharoitda kurs va diplom loyiha ishlarini maxsus kompyuter dasturlarida bajarish, loyihalash va qurilishda material hajmini qisqartish, asosiy qurilish materiallari, xususan temirbeton, jumladan, oldindan zo'riqtirilgan konstruktsiyalarni qo'llash, po'lat va sement sarfini kamaytirish, bino vazni va tan narxini pasaytirishga erishish lozim. Bu orqali xalqaro standartlar va yo'nalishlariga muvofiq tarzda amaldagi qurilish me'yorlari-qoidalar va davlat soha standartlari, loyiha va ishchi hujjatlarga qo'yiladigan talablarni ta'minlaydigan, konstruktiv xavfsiz loyihaviy yechimlarni tanlay ollishga qaratilgan bilimlarni jiddiy oshishirish – mamlakatimiz taraqqiyotida muhim o'rin egallaydi.
Aynan, O'zbekistonning iqlim sharoiti keskin kontenental va zilzila xavfi mavjudligini e'tiborga olib, diplom loyihasida – binoning samarali va konstruktiv xavfsiz yechimlarini topish, binolarning barcha qismlari bilan quyma yaxlit yoki yig'ma temirbeton orayopma elementlari o'zaro-chambarchas va uzviy bog'langan holda ishlaydigan ramali sifatida loyihalandi. Ko'plab ishlab chiqarish binolar temirbetondan barpo etiladigan hollarda QMQ 2.01.03-96 ning 2 bo'limiga muvofiq va 3 bo'limida ko'zda tutilgan seysmik ta'sirlar hisobi natijalariga bog'liq va bog'liq bo'lmagan holda belgilanadigan konstruktiv chora-tadbir va tavsiyalar asosida loyihalashni maqsad qildik. Yuqorida keltirilgan fikrlariga ko'ra, tejamkorlik va energiya samaradorligi nuqtai nazaridan zilzilabardosh binoni hisoblash – bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalariga kiritildi:
Bitiruv-malakaviy ishi. Surxondaryo viloyati Denov tumanida olyuminiy va plastik eshik romlari ishlab chiqarish fabrikasini loyihalash. Bitiruv-malakaviy ishining predmeti, amaldagi QMQ 2.01.03-96 talablarini e'tiborga olib, samarador konstruktiv yechimini aniqlash.
Binobarin, zamonaviy ishlab chiqarish qurilishining mazmun-mohiyati shahar va qishloqlarimizning tubdan o’zgartirilishi borasidagi bir-biri bilan chambarchas bog’liq, uzoq muddatli keng ko’lamli chora tadbirlar amalga oshirilishi, ijtimoiy soha va ishlab chiqarish infratuzilmasining rivojlanishining jadallashuvidan dalolat bermoqda. Eng muhimi, ishlab chiqarish binolar, namunaviy loyihalar asosida yakka tartibdagi binolarni qurilish ishlarini olib boorish uchun uzoq istiqbolga mo’ljallangan, loyihalashtirish, sanoat-qurilish, muhandislik-texnik jihatdan kuchli zamonaviy salohiyatga ega bo’lgan baza yaratishga erishildi. Aholini hayot sifatini tubdan yuksaltirish bo’yicha amalga oshirilgan chora tadbirlar majmuasini quyidagi yo’nalishlarda baxolash maqsadga muofiq hisoblanadi. Birinchidan, ishlab chiqarish qurilishi bilan bog’liq tegishli hujjatlarga o’zgartirish va qo’shimchalar kiritib qonunchilik va narmativ-hududiy baza yanada takomillashtirildi va mustahkamlandi. Bunda davlat arxitektura qo’mitasi qurilish rejalariga, sanitariya talablari va qurilish normalariga rioya qilinishi ustidan qat’iy tizimli nazorat o’rnatish belgilandi. Hududlarda axolini joylashtirish, hududlarni rejalashtirish va bosh rejalari bilan bog’liq hujjatlarni ishlab chiqarish tizimini tezlashtirishga e’tibor ortdi. Aholi punktlarini me’moriy jihatdan loyihalashtirish va qurilish ishlarini tashkil etish tizimi tubdan qayta ko’rib chiqildi.
Ikkinchidan, hudud va mintaqalarning iqlimi, demografik holati va boshqa shart-sharoitlarni hisobga olgan holda memoriy-loyihaviy qurilishi bo’yicha bosh rejalari ishlab chiqilishi ta’minlandi.
Uchinchidan, joylarda barpo etilgan obyektlarni qurishda yangi me’moriy bosh reja va namunaviy loyihalar bo’yicha ishlash imkoniyatiga ega bo’ladi. Qurilish materiallarini sanoatni rivojlantirish borasida erishilgan yutuqlardan foydalanishga etibor oshdi. Avvalo ishlab chiqarish qurilish va rekonstruksiya qilish bo’yicha yangi tashkil qilinayotgan ixtisoslashtirilgan pudrat tashkilotlari 5 yil muddatga barcha turdagi soliqlardan ozod etildi. Soliq imtiyozlari berish hisobidan xo’jalik subyektlari tasarrufida qoldiriladigan mablag’ aylanma mablag’larni to’ldirish, ishlab chiqarishni texnik qayta jihozlash yangi turdagi maxsulotlarni o’zlashtirish, ishchilarni moddiy rag’batlantirish uchun yo’naltirish ta’kidlandi.
Qurilayotgan ishlab chiqarish fabrikalariga imtiyozli foiz stavkalari bilan uzoq muddatli ipoteka kreditlari orqali tadbirkorga topshirish tartibi ishlab chiqarilib, amaliyotga joriy etildi. Pardozlash va boshqa maqsadlar uchun kerak bo’ladigan materiallarni ishlab chiqarish bo’yicha kichik texnologiyalarni joriy etildi. Zamonaviy qurilish materiallari va konstruksiyalaridan unumli foydalanish yo’lga qo’yildi. Yangi qurilishlarda yig’ma kompozitsion va kichik blokli konstruksiyalarni qo’shgan holda, industrial va yig’ma texnologiyalar keng joriy etildi.Bitiruv - malakaviy ishi mavzusi ham bir qavatli ishlab chiqarish binosini loyihalash bo’lib, binoni hajmiy rajaviy yechimini ishlab chiqarishda, hozirda bunday binolarga qo’yilayotgan talablardan kelib chiqib amalga oshiriladi. Bunda insonlarni ish faoliyatini ko’rsatishlari uchun barcha qulayliklar me’moriy jihatdan loyihalandi.
Denov tumanida olyuminiy va plastik eshik romlari ishlab chiqarish fabrikasi binosini loyihalash mavzusidagi bitiruv-malakaviy ishini bajarishda me’morchilik qismida binoning hajmiy-rejaviy yechimi konstruktiv yechimi, zil - zila bardoshligini ta’minlashga qaratilgan yechimlar qabul qilingan. Hisob konstruktiv qismida zinapoyani temir-beton elementlarini loyihalash va konstruksiyalash amalga oshirilgan.
Qurilishni tashkil qilish va rejalashrish bo’limida loyihalanayotgan binoni qurilishi uchun umumiy mexnat sarfi, mashinalarga bo’lgan talab hamda qurilish muddati aniqlanadi.
Qurilish iqtisodiyoti qismida binoning obyekt smeta qiymati, umumiy smeta qiymati, qurilish muddatini qisqartirishdan olingan iqtisodiy samara aniqlandi. Atrof muhit muhofazasi bo’limida atmosferaga ta’sir etuvchi zararli moddalar va ularni insonga ta’siri o’rganib chiqildi. Hayot faoliyati havfsizligi bo’limida loyihalash xonalarida mikro iqlim ko’rsatkichlarni tashkil qilish yoritilgan.


Download 244.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling