Bino- inshootlar arxitekturasi va qurilish


Download 244.87 Kb.
bet9/14
Sana20.06.2023
Hajmi244.87 Kb.
#1628982
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
Jamshid

Issiq saqlovchi qatlam - sifatida hajmiy og`irligi p = 600 kg/m3 bo’lgan keramzit qabul qilingan. Uning qalinligi tom yopmasining teplotexnik xisobi asosida aniqlanadi. Nam utkazmaydigan qatlam sifatida bir qavatli tom to’shamasidan foydalanilgan. Bundan tashqari sementli suvoq, qum qorishmasi ularning qalinligi 200 mm ga teng.Pollar - Loyihalashtirilayotgan binomiz 1 qavatli ishlab chiqarish binosi.Ishlab chiqarish binos bo’lganligi uchun uning pollariga keramik plitkalar o’rnatiladi, vannaxona va xojatxonalarda namlik doimiy bo’lganligi uchun, ushbu xonalarda keramik plitkalar o’rnatiladi.
Eshiklar - xam xuddi derazalar kabi standart elementlardan tashkiltopgan. Qabul qilinagn o’lchamlar quyidagicha: uzunligi 4 m, eni v =4 m, 6 m, 8 m.
Tom yopmasi – ikki nishabli bo’lib, metal materialdan (profnastil) foydalanilgan.
Tom yopmasining nishabligi I = 17oC bo’lib, materialga nisbatan tanlanadi. Obreshotka ko’ndalang kesimini 50x50 mm,metal tushama oralig’i l = 1.0 m ga teng.
Tarnovlari - tunuka voronka va quvurlar orqali sokol qismigacha tushirilgan, devordan 200 mm masofada qilingan.
Ichki pardoz ishlari - devorlar pishiq g’ishtdan tashkil topganligisababli ichki tomoni sement-qum qorishmasi bilan suvok qilingan.Yuvinish va namlik bilan bog’liq bo’lgan xonalar keramik plita bilan koplangan.
Devor sirtlari -Tashqi sirti(fasad)- travertine bilan qoplangan, ichki sirti - ishchi xonalar devorlari suvoqlangan, xojatxona devorlari 1,8m gacha keramik plitkalari bilan qoplangan.
Temir-beton konstruksiyalari bo’limi (KJ).
Bu bo’lim loyihalashga berilgan topshiriq asosida loyihalangan. Bu bo’limda loyihalashga berilgan topshiriqga asosan bino qurilishining ishchi chizmalari loyihalari ishlab chiqilgan. Loyihalanayotgan bino – yer to’la qavati bilan birgalikda 2 qavatli. Binoni yuk ko’taruvchi negizi ya’ni ustunlar, rigellar monolit temir-betonlardan loyihalangan. Bino poydevorlari yuk ko’taruvchi g’ishtli devorlar tagida V20 (M250) sinfli portlandstementda tayyorlangan o’zaro kesishgan monolit temir-beton lentasimon, ustunlar ostida esa, ustunsimon qilib loyihalangan. Rigellar monolit temir-betonlardan tayyorlangan bo’lib, kesimlari to’g’ri to’rtburchak shaklida 400x400 mm, V25 klassdagi betonlardan tayyorlanadi. Bino qurilishida antiseysmik chora-tadbirlar 1 qavatli Denov tumanida olyuminiy va plastik eshik romlari ishlab chiqarish fabrikasini binosi Surxondaryo viloyati
Denov tumanida qurilishi ko’zda tutilgan.Qurilish joyining zilzila kuchi bo’yicha QMQ 2.01.03-96 “Zilzilaviy xududlarda qurilish” ga ko’ra 7 ballik zonaga kiradi.Binoning barcha yuk ko’taruvchi konstruksiyalar (bo’ylama va ko’ndalang devorlar yopmalar) bir-biri bilan mustaxkam bog’langan xolda bino zilzila kuchlariga bir butun fazoviy konstruksiya sifatini qarshilik ko’rsatadi.Loyihalanayotgan binoni seysmik mustaxkamligini oshirishga qaratilgan quyidagi asosiy konstruktiv choralar ishlab chiqarilgan.Binoning fazoviy, gorizontal, bikrligi asosan yopmalarning ishi tufayli ta’minlanadi. Yopmalar garizontal deafragma o’ynab, sesmik kuchlarning yuk ko’taruvchi konstruksiyalarga (devorlarga) taqsimlaydi.Bunday taqsimot, binobarin binoning Seysmik mustaxkamligi ko’p jihatdan yopmaning o’z tekisligidagi bikrligiga bog’liq.Loyihalanayotgan g’isht devorli binoda ko’p bo’shliqli yig’ma temir-beton plitalar qo’llanilgan.Orayopma va tom yopma plitalarini o’zaro siljishiga yo’l qo’ymaslik maqsadida shponka hosil qilinadi buning uchun panellarning yon qismida qoldirilgan yoyiq joy (par) larga sement qorishma qo’yiladi. Panellar orasidagi choklardan hosil bo’lganligidan qirquvchi kuchlarni anashu shponkalar o’ziga qabul qiladi.Bundan tashqari bo’ylama kuchlarini qabul qilish uchun panel tekisligida yaxlitlikni ta’minlovchi temir-beton bog’lama (obrezka) ishlanadi.Yopma panellar bog’lama bilan armatura ilmoqlari yordamida biriktiradi. Temir beton bog’lamalar bor yerda panellar orasiga bog’lagich qo’ymasa xam bo’ladi.Ikki yonalishdagi devorlarning bog’lanishni kuchaytirish maqsadida tutashuv yerlarida garizontal choklarga sim to’r yotqiziladi. Sim to’rlarning uzunligi 1,5-2,0 metr bo’lib, qurilish maydonchasi 7 ball seysmik hudud bo’lgani uchun devor balandligi bo’lgan har 50 sm da joylashtiriladi.Devorlarning o’zaro biriktiruvini mustaxkamlash maqsadidasim to’rlardan tashqari temir-beton antiseysmik kamarlardan foydalaniladi. Binoda antiseysmik kamarlar barcha bo’ylama va ko’ndalang (ichki va tashqi) devorlar bo’lib o’tkazilib, xar bir qavatning shipi balandligida yotqiziladi.Devor va yopmalar bilan chambarchas bog’lanib, yagona yopiq sistema tashkil etadi. Antisesmik normalar devorlarni o’zaro bog’lanishini mustaxkamlaydi. Devorlarning o’z tekkisligidagi pishqligini oshiradi. Yopmalarning birligi va manalitligini ortirishini ta’minlaydi.Kamarlarga uzunasiga butun peremetr bo’lib armatura yotqiziladi va xar 25-40 sm dan diamteri 4-6 mm bo’lgan po’lat xomut bo’g’lanadi. Armatura sifatida A-I sinfli po’lat ishlatilib ularning diametri 10mm dan kam bo’lmasligi kerak burchaklarda va kesishuv yerlarida qo’yilgan simto’r mustaxkamlikni ta’minlay olmasa, qiya sterjinlar qo’yish tavsiya etiladi.G’isht devorlar mo’rt materiallardan tashkil topganligi uchun zilzila kuchlariga bo’lgan qarshiligi temir beton konstruksiyalariga nisbatan kam xissoblanadi. Shuning uchun g’isht devorlardan tiklashda orasida vertical yo’lanishda temir-beton element-o’zaklar (serdechnik) qo’shib, kompleks konstruksiya hosil qiladi. Temir-beton o’zak g’isht devorlarining yuk ko’tarish qobilyatini sezilarli darajada oshiradi. O’zaklarning devor bilan xamkorlikda ishda ishlashini taminlash uchun o’zakdan devor orasiga taxminan 50sm uzunlikda armature o’tkaziladi o’zakning o’z esa antisesmik kamar bilan qo’shib betonlanadi. Vertikal temir beton o’zaklarning ko’ndalang kesimi va armaturalari devorga tasir etadigon kuchning miqdoriga bo’g’liq ravishda xisob natijalariga qarab belgilanadi.Yuk ko’taruvchi g’isht devor ostiga lenta poydevorlar quyilgan.



Download 244.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling