Bino- inshootlar arxitekturasi va qurilish
Download 244.87 Kb.
|
Jamshid
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qurilish tumanining asosiy tasniflari
ARXITEKTURAVIY -
QURILISH QISMI Loyihalash uchun umumiy ma’lumotlar. Denov tumanida 1 qavatli olyuminiy va plastik eshik romlari ishlab chiqarish fabrikasi loyihalash. Surxondaryo viloyati Denov tumanida quriladi.Asosiy yuk ko’taruvchi devorlar bo’ylama yo’nalishda joylashgan. Binoning sinfi - II asosiy yuk ko’taruvchi konstruksiyalar, yong’in bardoshlik darajasi –II. Qurilish tumanining asosiy tasniflari Tabiati. Denov tumanining shimol, janubiy va markaziy qismi tekislikdan iborat. Sharqda Bobotogʻ, gʻarbda Boysuntogʻ tizmalari bilan oʻralgan. Yer yuzasi sharqqa tomon pasayib boradi. Qishi qisqa, iliq. yanvarning oʻrtacha temperaturasi 2,9°, iyulniki 28,4°. Tekisliklarda yiliga 130 mm dan 360 mm gacha, togʻ oldi va togʻlarda 445 mm dan 625 mm gacha yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 226 kundan 266 kungacha. Denov tumanidan Surxondaryo, Toʻpolondaryo, Sangardak, Qizilsuv daryolari, Hazorbogʻ, Oy-barak kanallari, Daytoʻlak, Denov ariklari oqib oʻtadi. Yer osti suvlariga boy boʻlganligi uchun artezian suvlaridan keng foydalaniladi. Tekisliklarda boʻz tuproq, daryo sohillarida oʻtloqi botqoq, togʻ oldi va togʻlarda och qoʻngʻir tuproqlar tarqalgan. Togʻlarda boshoqli oʻsimliklar, archa, yovvoyi mevali daraxt va butalar oʻsadi. Bobotogʻda pistazorlar bor. Jayran, togʻ echkisi, qobon, silovsin, boʻri, chiyaboʻri, qoʻngʻir ayiq, jayra, qushlardan qirgʻovul, kaklik, toʻrgʻay uchraydi. Daryolarda soʻzanbaliq, oq amur, zogʻora baliq (sazan) koʻp. Tadqiqot davrida yer osti suvlari Surxondaryo gidrogeologiya partiyasi ma'lumotlariga ko'ra, yer yuzasidan 5,2 m chuqurlikda aniqlangan.Yer osti suvining balandligi martdan-maygacha, iyundan-avgust oylariga qadar kuzatilgan.Yer osti suvining pasayishi fevral oylaridan kelib chiqqan.Iyul oyi oxirida yer osti suvlari barqarorlashgan va oktyabr oyining o'rtalarida er osti suvlari darajasining pasayishi kuzatilgan. - iqlim mintaqasi bo'yicha II iqlim mintaqasiga kiradi; - shamoldan keladigan meyoriy bosim - 1,2 MPa; - Qordan tushadigan meyoriy yuk - 2,1 MPa; yoz faslidagi eng yuqori harorat- 36.90С; qish faslidagi eng past harorat -0.40С; hisob uchun qabul qilingan eng yuqori harorat -44.80С; hisob uchun qabul qilingan eng past xarorat -20.50С; Shamolni esish yuklagan quydagi kattaliklarga ega: yer qimirlash bo'yicha 8 balllik mintaqaga kiradi. Shamol bosimi -0,48 kPa Qurilish rayonining zilzilabardoshligi -7 ball Binoning xisobiy zilzilabardoshliligi -8 ball Yer osti suvlari –5.2 m pasda joylashgan Qurilish maydoninig ilimiy ma’lumotlari QMQ 2.01.01-04 “loyihalash uchun iqlimiy va geologik malumotlar” asosida olinadi. Ushbu loyiha QMQ 2.08.01-05 ishlab chiqarish binolari, me'yor va qoidalar asosida ishlab chiqilgan bo’lib, bundan tashqari ularga mos holda bino eksplutatsiya davomida yong’in havfsizligi oldini oluvchi chora-tadbirlar kuzda tutilgan. 2.Uchastka bosh rejasi. Ishlab chiqarish binosi joylashish o’rni mos holda jamoat markazlari va asosiy yo’larga bog’lanish, sanitary gigiyenik va yong’inga qarshi talablarni hisobga olib loyihalangan. Bosh rejani loyihalashda binolar orasidagi sanitariya oraliqlari ta’minlangan bo’lib, bu oraliq shovqindan himoyalanishni, tabiiy yoritilganligini va insolyatsiyani optimal sharoitini ta’minlashga qaratilgan. Download 244.87 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling