Bino- inshootlar arxitekturasi va qurilish


Download 244.87 Kb.
bet4/14
Sana20.06.2023
Hajmi244.87 Kb.
#1628982
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Jamshid

Lentali poydevorlar.
Bu poydevorlar nafaqat yuk ko’taruvchi konstrukstiya vazifasini, shu bilan bir qatorda yerto’la to’sin konstrukstiyasi vazifasini ham o’tashi mumkin. Turar joy binolarida 12 qavatli karkas(sinch)siz tizimda qurilganda ko’plab ishlatiladi.Poydevor shakli va o’lchamlari quyidagi sabablarga bog’liq: materiali, binodan tushayotgan og’irlik, sofloy-tuproq sifati,yer osti suvi sathi,yer muzlash chuqurligi, inshoot tagida yerto’la borligi, va shu kabi ayrim mahalliy shart-sharoitlar va h.k.Poydevor shakli planda bino yuk ko’taruvchi, o’z-o’zini ko’taruvchi kapital devorlarining shaklini takrorlaydi.Loyihalanayotgan binoning poydevorlari yuk ko’taruvchi g’ishtli devorlar tagida V20 (M250)sinfli portlandstementda tayyorlangan o’zaro kesishuvchan monolit temir-beton lentasimon, ustunlar ostida esa, ustunsimon qilib loyihalangan. bo’lib, tagini (podoshva) balandligi 400 mm. dan iborat. Poydevor Ø16A- III, Ø 8A- I, S1, S2,........., S16 (RSTUz865-98) to’rlari bilan o’zaklanadi va V20 sinfli betondan tayyorlanadi.Betonlashda qo’l bilan vibrator yordamida uzluksiz ravishda betonni zichlash kerak. Poydevorlarni gruntlarga o’rnatishdan avval quyidagi tayyorgarlik choralarini ko’rish zarur. Kotlovan qazib, o’simlik qatlami, hamda sochiluvchan grunt qatlamini olib, qurilish maydonchasidan tashqariga olib borib tashlash kerak. Bino perimetri bo’yicha asfalt beton otmostka shag’al asosga kengligi 1,5 m. qalinligi, t = 100mm. qilib loyihalangan.
Devorlar
Devor konstrukstiyalarini tanlash, binolarni loyihalashda eng asosiy masalalardan biridir, chunki devorlarning qiymati, butun bino qiymatining muhim qismini tashkil etadi. Binoning mustahkamligi va ustivorligi: yuklar turiga, materiallar sifatiga, devorlarning boshqa konstruiyalar bilan bog’lanish sistemasiga, binoning yaratilish va ekspluatastiya qilish shart – sharoitlariga bog’liq. Bino loyihasini yaratishda devorlarning o’rni, ularning konstruktiv sxemasi va turini tanlashga katta e’tibor beriladi. Bino devorlari mustahkam, ustivor, fazoviy bikr, olovbardosh bo’lishi, xona ichida ma’lum harorat va namlik rejimini ta’minlashi, shovqindan etarli darajada himoya qilishi, o’rnatilishida texnologik jihatdan qulay, tejamli va arzon bo’lishi, me’moriy talablarga javob beradigan bo’lishi lozim. Tashqi devorlarda, odatda, bino ichini tabiiy yorug’lik bilan ta’minlash uchun deraza o’rni, xonaga kirish, balkon va ayvonlarga chiqish uchun eshik o’rni qoldiriladi. Deraza va eshik o’rnatilgan devorlar ham o’z navbatida yuqorida keltirilgan talablarga javob berishi lozim.Binoning asosiy yuk ko’taruvchi konstruksiyalari ichki va tashqi g’ishtdevorlar bo’lib xizmat qiladi.

Download 244.87 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling