Bino interyerlarini loyihalash va modellashtirishni
Download 32.76 Kb. Pdf ko'rish
|
1-Maruza
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kerakli jixozlar
- Ishni bajarish tartibi
- Mustaxkamlash uchun savollar
AMALIY MASHG’ULOT BINO INTERYERLARINI LOYIHALASH VA MODELLASHTIRISHNI O'RGATISH Ishdan maqsad: Talabalarga bino interyeri va modellashtirish va topshiriqlarni bajarish tartibi bilan tanishtirish. Kerakli jixozlar: Talabalar tomonidan tayyorlangan modellar namunalari, tayyor buyumlar, ko`rgazmali qurollar va xisobotlar. Adabiyotlar 1. O’quvchilarni texnik ijodkorligi Toshkent «O’qituvchi» 1989 yil. 2. Stolyarov Yu.S. Teznicheskoye tvorchestvo uchahixsya. Moskva Prosvehyeniye 1989 g. 3. Alekseyev G.P. Professiya – konstruktor Moskva 1973 g. 4. Metodcheskiye posobiye dlya shkol’nogo konstruktorskogo krujka. Sverdlovsk 1985 Ishni bajarish tartibi: O’qituvchi mazkur kurs bo`yicha o’tgan o’quv yillari davomida talabalar tomonidan tayyorlangan turli xil variantdagi topshiriqlar bilan talabalarni tanishtirishni boshlaydi. Bunda albatta talabalar tomonidan ixtiyoriy tanlov asosida yoki bulmasam uzlarining tashabbus bilan tanlab olingan va tayyorlangan modellar, buyumlar shuningdek andazalarni talabalarga namoyish qilib kursatadi. Bundan maqsad talabalarda texnik ijodkorlikka qiziqish uyg’otish va ularni tashabbuskorlikka undashdan iborat. Talabalar o’qituvchi tomonidan taklif etilgan va kafedra tomonidan tasdiqlangan topshiriqlar ro’yhati bilan tanishadilar va shu asosida yoki bo’lmasam o’zida oldindan qiziqish uygotgan va tayyorlanishni mo’ljallab yurgan topshiriqni tanlash yuzasidan mulohaza qiladi. Bunday vaqtda albatta o’qituvchi talabalarga yo’l- yo’riq ko’rsatib uslubiy maslaxatlar berib borishi lozim. Ishni bajarish tartibi: BINO — kishilaming biror ish faoliyatiga moMjallangan va moslashtirilgan, ichki fazoga-bo‘shliqqa ega bo'lgan yer usti inshooti. INSHOOT — jamiyatning moddiy hamda ma’naviy ehtiyojlarini qondirish uchun kishilar tomonidan bunyod etilgan barcha qurilmalar. M UHANDISLIK INSHOOTLARI — amaliy ish faoliyatida foydalaniladigan, binolarga aloqasi bo'lmagan inshootlar: to'g'onlar, ko'prikiar, televizion minora, tunellar, metropoliten, turli mahsulotlami saqlaydigan katta hajmdagi idishlar va boshq. Binolar quyidagi qismlardan tashkil topishi mumkin: 1. Hajmiy eiementlar, ya’ni bino hajmining yirik qismlari (alohida xonalar, sanitariya kabinalari va h.k.). 2. Konstruktiv eiementlar, ya’ni bino tuzilishini belgilovchi asosiy qismlar (poydevorlar, devorlar, to'sinlar, qavatlararo yopmalar, yopmalar, tomlar va boshq.). 3. Qurilish ashyolari, ya’ni konstruktiv elementni tashkil etuvchi, nisbatan kichik qismlar (g'isht, beton, oyna, po'lat, armatura va boshq.) 1.3. BINOLARGA QO‘YILADIGAN ASOSIY TALABLAR Binolar quyidagi ko'rsatkichlarga binoan bir-biridan farq qiladilar: 1. Vazifasiga muvofiqligi, ya’ni bino qaysi jarayon (maqsad)ga mo'ljallangan bo'lsa, u shu jarayon talabiga to'liq javob berishi kerak (yashash uchun, mehnat qilish uchun qulay, dam olishga moslashgan va h.k.). Bino va inshootlar ta’rifi Binolarning tuzilishi 2. Texnik tomondan muvofiqligi, ya’ni bino kishilarni tashqi ta’sirlar (past yoki yuqori harorat, yog'ingarchilik, shamol va h.k.)dan to‘la asrashi, mustahkam va ustivor bo'lishi, ekspluatatsiya sifatlarini uzoq vaqtgacha saqlashi lozim. 3. Bino ko‘rinishi me’morchilik va badiiylik talablariga mos holda tanlanishi, uning tashqi (eksterper) va ichki (interper) ko‘rinishi chiroyli, shinam, atrof-muhit bilan uyg'unlashgan bo'lishi kerak. 4. Iqtisodiy jihatdan qulayligi, ya’ni bino va inshoot qurilishida mehnat sarfini kamaytirish, qurilish ashyolarini va vaqtni tejash ko'zda tutiladi. 1.4. Binolarga ta’sir qiladigan tashqi ta’sirlar Yuqorida ta’riflangan bino konstruksiyalariga bir necha xil tashqi va ichki kuchlar ta’sir etadi, ularning ta’riflari quyidagilardan iborat: 1. Tashqi kuchlar — bino elementlari (qismlari)ning xususiy og'irligi, shamolning ta’sir kuchi (muvaqqat yuklar), zilzila, uskunalaming tasodifiy buzilishi natijasidagi ta’sirlar va boshq; 2. Atrof-muhit ta’siri — tashqi harorat (konstruksiya chiziqli o'lchamlarining o'zgarishiga olib keladi), atmosfera va tuproq namligi ta’siri (qurilish ashyolarining xususiyatlarini o'zgarishiga olib keladi), havo oqimi yo'nalishining ta’siri (xona ichidagi mikroiqlimning o'zgarishiga olib keladi), quyosh nuri energiyasining ta’siri (qurilish ashyosi fizik-texnik xususiyatlarining o'zgarishiga olib keladi), havo tarkibidagi agressiv kimyoviy birikmalaming ta’siri (konstruksiyaning yemirilishiga va buzilishiga olib keladi), biologik ta’sir (mikroorganizmlar va qurt- qumursqalar konstruksiyani yemiradi), bino ichidagi yoki tashqarisidagi shovqin ta’siridan xonadagi normal akustik rejimning buzilishi. Inshoot va binolarga ta’sir etadigan yuklar Inshoot va binolarga ta’sir etadigan yuklar kelib chiqish sababiga ko'ra asosan ikki guruhga bo'linadi. 1. Tabiiy yuklar. 2. Sun’iy yuklar. Tabiiy yuklamalar o'zgaruvchan atrof-muhitga bog'liq bo'Iib, uchga bo'linadi: 1. Meteorologik. 2. Gravitatsion. 3. Zilzilaviy. Yuklar ta’siriga qarab quyidagicha bo'lishi mumkin: — doimiy va vaqtincha; — doimiy-tabiiy (binoning asosiy qismlarining vazni); — Yerning bosimi. Vaqtincha yuklar uzoq muddatli, qisqa muddatli va o'ziga xos yuklaiga bo'linadi: — uzoq muddatli yuklar: binoning ichidagi texnik jihozlar; — qisqa muddatli yuklamalar: odamlar vazni, saqlanadigan yuk, harakatdagi transport, qor va muz bilan qoplanish, shamol kuchi; — o'ziga xos yuklar: yer strukturasining buzilishiga bog'liq. Qor yuki. Qor yuki ko'p hollarda inshootlami avariya holatiga olib keladi. Qor yuklari gidromet xizmati yordamida tog'li rayon, notekis joylarda awaldan aniqlanadi. Respublikamizda qor, yomg'ir ma'Ium sharoitlarga bog'liq bo'lib, ulaming binolarga ta’siri me’yoriy ko'rsatkichlarda keltirilgan. Ularning ta’sirlari, asosan, bino va inshootlar konst ruksiyalarini loyihalash hamda hisoblashda alohida yuk sifatida inobatga olinadi. Shamol ta’siri. Dovul shamollari ko'pchilik muhandislik qurilmalarining vayron bo'lishiga sabab bo'ladi. Bino va inshootlarning shakli — ularning balandligiga qarab aerodinamik samarasi har xil bo'ladi. Bino tomi ikki nishabli bo'lsa, shamol keladigan tomoni ko'tarilishi mumkin. Binoning tomi yengil material bilan yopilganida esayotgan shamol kuchi uni og'irligidan ko'p kuch hosil qilib ko'tarib yuborishi mumkin. Binokor ustalar hamisha buni nazarda tutishlari lozim. BINO VA INSHOOTLARNI LOYIHALASH TEXNOLOGIYASI Loyiha — bino, inshoot yoki ular majmuasini qurishda bajariladigan barcha ishlami o'zida jamlagan texnik hujjatlar majmuasi. Bino va inshootlar na’munaviy (tipovoy), xususiy va eksperimental loyihalar asosida qurilishi mumkin. Namunaviy loyiha — ko‘p marta qayta foydalanish uchun m o‘ljallanadi. Uni ishlab chiqishda iqtisodiy va ekspluatatsion talablar, qurilish rayonining tabiiy- iqlim sharoitlari, shu bilan birga yuksak darajadagi hajmiy-rejaviy va konstruktiv talablar to‘liq inobatga olingan bo'lishi lozim. Namunaviy loyihalar asosida ommaviy qurilishlar quriladi (turar-joylar, maktablar, bolalar bog'chasi, kasalxonalar va h.k.). Namunaviy loyihalarni qo‘Hash jarayonida qurilish joyi uchun boglovchi (ya’ni, namunaviy loyihaning aniq joyi uchun relyef, gruntlarni shaharsozlik vaziyatidan kelib chiqqan holda) loyiha ishlab chiqiladi. Bunday bog'lovchi ishchi loyiha tarkibiga poydevor, yerto'la, sokol qismi qayta aniqlangan loyihalar, bino muhandislik tarmoqlarining tashqi tarmoqqa ulanish chizmalari kiradi. Xususiy loyiha - nodir va murakkab bo'lgan, muhim shaharsozlik ahamiyatiga ega binolar va ulaming majmuasini loyihalashtirishda ishlab chiqiladi. Eksperimental loyihalar keyinchalik ommaviylashtirish maqsadida yangi turdagi binolami loyihalash va turli sharoitlarga tekshirish maqsadida joriy etiladi. Loyihalar loyihalash tashkilotlarida, loyihalash institutlarida ishlab chiqiladi. Loyihalashtirishni boshlash uchun dastlabki hujjat — loyiha uchun topshiriq hisoblanadi. Uni buyurtmachi loyihalash tashkiloti bilan biigalikda tuzadi. Loyihalash uchun topshiriq loyihalanayotgan bino vazifasi, quwati (kattaligi) haqidagi hamda qurilish rayonining tafsilotlari, maydonning geodezik loyihasi, obyekt qurilishining boshlanishi va tugallanish muddati, ishlatiladigan qurilish konstruksiyalari va materiallari haqida zarur bo'lgan barcha ma’lumotlarni o‘z ichiga oladi. Topshiriq va qurilish m e’yorlari va qoidalari asosida xonalar tarkibi, ulaming maydoni va ularga hamda butunlay binoga hajmiy-rejaviy, konstruktiv va m e’moriy-badiiy yechimlar nuqtayi nazaridan qo'yiladigan asosiy talablami o'zida mujassamlashtirgan loyihalash dasturi ishlab chiqiladi. Fuqaro va sanoat binolarini loyihalash ikki va bir bosqichli bo'lishi mumkin. Ikki bosqichli loyihalash namunaviy loyihalami, murakkab bolgan individual bino va inshootlami loyihalashda amalga oshiriladi. Birinchi bosqichda binoning loyihasi tugallangan smeta hujjati bilan birgalikda ishlab chiqiladi. U binoning me’moriy-rejaviy va konstruktiv yechimlarini, binoning smeta qiymatini, asosiy texnik-iqtisodiy ko'rsatkichlarini ko'zdan kechirish va baho berish uchun xizmat qiladi. Bino loyihasi tarkibiga quyidagilar kiradi: izohnoma, loyihalashtirilayotgan va mavjud binolar aks ettirilgan bosh reja sxemasi, holat (situatsion) reja, binoning asosiy chizmalari - yerto'la, tipik va takrorlanmaydigan qavatlar rejalari, fasad, xarakterli qirqimlar, qurilishni tashkil etish va texnologiyasi bo'yicha zarur materiallar. Ikkinchi bosqichda tasdiqlangan loyiha asosida butun qurilish-montaj ishlarini olib borish uchun asos bo'ladigan ishchi hujjatlar smetasi bilan birgalikda ishlab chiqiladi. Ishchi hujjatlar tarkibiga binoning kompleks ishchi chizmalari batafsil yoritilgan smeta hisob-kitoblari bilan konstruksiya va elementlarning montaj sxemalari, tugun va detallaming, sanitar-texnik qurilmalarning, obodonlashtirish va hududni muhandislik tayyorlash bo'yicha chizmalar kiradi. Bir bosqichli loyihalashdan texnik yechimlari murakkab bo'lmagan binolarni loyihalashda va tipik loyihalami qurilish maydoni sharoitiga bog'lash ishlarida qo'llaniladi. Bunda loyiha uchun topshiriq asosida ishchi loyiha smeta bilan birgalikda tuziladi. Ikki bosqichli loyihalash jarayonidan farqli o'laroq, ishchi loyiha tasdiqlash uchun mo'ljallanib, uning asosida barcha qurilish-montaj ishlari olib boriladi. 3.2. BINONING KONSTRUKTIV YECHIMLARI Binoni ko'tarib turuvchi konstruksiyalar, ya’ni poydevorlar, devorlar, alohida tayanchlar, qavatlararo yopmalar fazoda bir-biri bilan bog'lanib, bino negizini tashkil etadi. Mustaxkamlash uchun savollar : 1. Bino va inshootlar ta’rifi 2. Binolarning tuzilishi 3. Binolarga ta’sir qiladigan tashqi ta’sirlar 4. Bino va inshootlarni loyihalash texnologiyasi 5. Binoning konstruktiv yechimlari Download 32.76 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling