Bino loyihalanadigan hudud haqida ma'laumot


Binoning konstruktiv yechimlari


Download 0.91 Mb.
bet3/5
Sana18.02.2023
Hajmi0.91 Mb.
#1211622
1   2   3   4   5
Bog'liq
Sobirov Zikirilloning Hisob tushuntirish ishi

Binoning konstruktiv yechimlari
Andijon viloyati, Andijon shahrida adminstrativ binosi g‘ishtli elastik variantda qabul qilingan bo‘lib, uning konstruktiv yechimlari binoning funksional xususiyatidan, qurilish maydonini klimatik xususiyatlaridan kelib chiqib tanlangan.
Asosiy konstruksiyalarining markalari va ularga qisqacha tavsiflar quyidagicha:
Poydevorlar
Pishiq g‘ishtdan terilgan ichki va tashqi yuk ko‘taruvchi va pardadevorlar ostiga quyma lentasimon poydevor qabul qilingan bo‘lib, ularning o‘lchamlari yuk ko‘taruvchi devorlar uchun quyidagicha: poydevor eni 0.4 metr, quyilish balandligi 0,70 metr bo‘lib, sinfi B15 bo‘lgan og‘ir betondan barpo etilgan. Poydevor ostiga eni 1.2 metr va balandligi 0.4 metr bo‘lgan monolit poydevor tagligi quyilgan. Poydevorlarga balandligi bo‘yicha 2 marta qaynoq bitum surkalib, gorizontal yuzasi bo‘yicha esa sement-qumli qorishma yordamida namdan himoya qatlam hosil qilinadi.



Binoning sokol qismi
Binoni poydevorlari qum–sementli qorishma bilan butun yuzasi bo‘yicha gorizontal gidroizolyatsiya qilingandan soʻng, markasi M50 bo‘lgan sement-qumli qorishma yordamida sokol qavati barpo etiladi va kafel yopishtirib chiqiladi.

Devorlar
Binoning asosiy yuk ko‘taruvchi devorlari qalinligi 1,5 g‘ishtli g‘isht devorlardan tiklangan. Yuk ko‘taruvchi devorlar markasi M100 bo‘lgan pishiq g‘ishtlarni murakkab (ohak, sement, qum) qorishmadan foydalanib tiklangan. Binoni yuk ko‘taruvchi devorlarini burchaklari, bo‘ylama va ko‘ndalang devorlar kesishgan joylari armatura to‘rlari yordamida zo‘riqtiriladi. Bundan tashqari eshik va dereza proyomlari atroflari temirbeton konstruksiya bilan o‘ralib chiqilgan. Yuk ko‘taruvchi devorlarni barpo etish vaqtida devorni balandligi bo‘yicha har 5 qatorda diametri 3-5 mm li armaturali to‘rlar bilan armaturalangan. Eshik va dereza oʻrinlari ustiga monolit temirbetondan tepadonlar (peremichka) quyilgan.



380

3.000

Pardadevorlar
Andijon viloyati, Andijon shahrida adminstrativ binosi pardadevorlari qalinligi 120 mm li markasi M50 bo‘lgan pishiq g‘ishtni, markasi M25 qorishma yordamidan foydalanib tiklangan. Pardadevorlarni barpo etish vaqtida devorni balandligi bo‘yicha har 5 qatorda diametri 3-5 mm li armaturali to‘rlar bilan armaturalangan. Eshik va dereza oʻrni ustiga metal burchak profildan tepadon (peremichka) qo’yilgan.

120

3.000

Peremichkalar
Bino peremichkalari GOST 948-76 bo‘yicha 4 ta tip o‘lchamlar bo‘yicha quyma temirbetondan o‘lchamlari eshiklar o‘lchamlariga qarab eni devorlar qalinligiga qarab qalinligi 200 mm li qilib qabul qilingan bo‘lib, ularni g‘ishtli devorlarni tiklash paytida quyib boriladi.


Orayopmalar
Binoning tomyopamalari 1.142-1 seriyani 11-1 chiqarilishini 4 ta tip o‘lchamlari bo‘yicha o‘lchamlari 5,9x1,2; 5,9x1,0; 2,9x1,2 va 2,9x1,0 71x1,0 metrli oldindan zo‘riqtirilgan yig‘ma ko‘p bo‘shliqli temirbeton plitalar qabul qilingan bo‘lib , ularning balandligi 220 mm ga teng.





Tom parapet
Binoning antiseysmik kamar ustidan bino perimetri bo‘ylab qalinligi 0.38 g‘ishtli balandligi 0,6 metr bo‘lgan parapet devor tiklangan. Parapet devorni markasi M100 bo‘lgan pishiq g‘ishtni markasi M25 murakkab qorishma yordamida tiklangan.

Download 0.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling