Bino loyihalanadigan hudud haqida ma'laumot
Download 0.91 Mb.
|
Sobirov Zikirilloning Hisob tushuntirish ishi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Binoning xajviy –rejaviy yechimlari
Binoning bosh rejasi
Andijon viloyati, Andijon shahrida adminstrativ binosini loyihalashda bosh rejasi qurilish me’yorlari asosida ishlab chiqilgan bo'lib u shaharning markazida joylashgan. Binoning bosh rejasini ishlab chiqishda binoning funksional xususiyatlaridan, binoning xizmat ko‘rsatish soxasi uchun yordamchi binolar va inshootlar bilan bir maydonda joylashtirilishidan kelib chiqiladi, yoki binoni xizmat ko‘rsatuvchi binolarga yaqin qilib joylashtirish iqtisodiy jixatdan samarali xisoblanadi. Bosh rejada atrof-muhitni himoya qilish, sanitariya va gigiena qoidalariga amal qilish maqsadida qurilish maydonini bir va ko‘p yillik daraxtlar, butalar va gullar bilan ko‘kalamzorlashtirish nazarda tutilgan, ularni sug‘orish uchun tomchilatib sug’orish tizimi loyihalangan. Bulardan tashqari bino va inshootlarni bir-biri bilan funksional jarayoni olib borish uchun asfalt yo‘llari va yo‘lkalar bilan bog‘lash bosh rejada keltirilgan. Binoning xajviy –rejaviy yechimlari Andijon viloyati, Andijon shahrida adminstrativ binosi xajmiy-rejaviy yechimlari zamonaviy loyihalash talablari asosida olib borilgan boʻlib, qurilish qoida va me’yorlariga to‘liq javob beradi. Bino rejada to‘rtburchak shaklida bo‘lib, uning gabarit o‘lchamlari 10.8-24 metr qilib qabul qilingan. Binoning uzunligi (1-5) o‘qlar orasida 24 metr bo‘lsa, uning eni (A-D) o‘qlar orasida 10.8 metrni tashkil etadi, bino bir qavatli bo‘lib, qavat balandligi 3.0 metr tashkil etadi. Binoga kirish asosan binoning oldi tomoni orqali amalga oshiriladi va yontomonda ham qo’shimcha eshik qo’yilgan. Binoda quyidagi xonalar nazarda tutilgan: zal, ro’yxatdan otish xonasi, bo’lim boshlig’i xonasi, qabulxona, dam olish xonasi, xizmatchi xonasi, karidor va boshqa qo’shimcha xonalardan iborat. Binoda issiq va sovuq suv tizimi mavjud. Ta'minot zamonaviy texnologiyalar asosida bajariladi. Barcha xonalar kerakli jihozlar bilan ta'minlangan. Bundan tashqari binoga alohida transformator o'rnatilgan bo'lib, mukammal elektr uzatish tizimi qo'llanilgan. Loyihalash jarayonida binoning mustahkamligi va ustuvorligi inobatga olingan. Bino joylashgan hudud alohida o'rganib chiqilgan. Gruntlar zichlangan, kotlovanlar kovlanib temirbeton monolit poydevorlar quyilgan Download 0.91 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling