Bino turlari haqida umumiy ma’lumotlar


Download 0.5 Mb.
bet5/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1061561
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ARXITEKTURA-QURILISH CHIZMALARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR

1.13-shakl. Modulli koordinatalarning fazoviy tizimi: a,b - ortogonal; c - qiyshiq burchakli; d - markaziy

Modulli muvofiqlashtirishning yagona tizimi qurilishda o‘lchamlarni birxillashtirish va standartlashtirishning zaruriy asoslaridan biri hisoblanadi.


Hajmiy rejalashtirish, konstruktiv elementlar, qurilish mahsulotlari, jihozlarining muvofiqlashtiruvchi o‘lchamlarini belgilash va shuningdek, bir xil muvofiqlashtiruvchi o‘lcham- larning tizimli qatorini qurish uchun asosiy modul bilan bir qatorda quyidagi hosila modullardan ham foydalanish kerak: yiriklashtirilgan (1.14-shakl, a) - 6000, 3000, 1500 1200, 600, 300 mm va mos ravishda 60 M, 30 M, 15 M, 12 M, 6 M, 3 M deb belgilanadigan; kasrli (1.14shakl, b) - 50, 20, 10, 5, 2, 1 mm va mos ravishda 1/2 M, 1/5 M, 1/10 M, 1/20 M, 1/50 M, 1/100 M deb belgilanadigan









1.14-shakl. HQsila mQdullar: a) yiriklashtirilgan; b) kasrli

Yiriklashtirilgan modul 15 M faqat ayrim binolar, masalan, karkas panelli fuqaro binolari, qishloq xo‘jalik qurilishlari va mahalliy korxonalarda 30 M va 60 M o‘lchamlarga karrali bo‘lgan qo‘shimcha sifatida qo‘llaniladi. 3 M va 1/2 M modullarni teng ikkiga bo‘lish zarur bo‘lgan hollarda 3/2 M=150 mm va 1/4 M=25 mm modullaridan foydalanishga ham ruxsat qilinadi.

1/5 M kasrli moduli qalinligi nisbatan kichik bo‘lgan ichki yuk ko‘taruvchi devorlar, pardevorlar, orayopmalar uchun; 1/10 M va 1/20 M - taxta (plitka) materiallar va yupqa devorli elementlarning qalinligi uchun; 1/50 M va 1/100 M - yupqa metall listlardan tashqari bo‘lgan list materiallarning qalinligi uchun qo‘llaniladi.
Turar-joy binolari qavatlarining balandligi uchun asosiy modulga karrali bo‘lgan kattalik 2800 mm qo llaniladi. Asosiy modul M va kasrli modul 1/2 M larni quyidagi hollarda qo‘llashga ruxsat qilinadi: konstruktiv elementlar (ustun, to‘sin, devor va orayopmalar) kesimlarining muvofiqlashtiruvchi modul o‘lchamlarini belgilashda; fasad va interyer tekisliklarini qismlarga ajratishda; qoplama taxtachalar va boshqa pardozlash materiallarini joylashtirishda va shuningdek, jihozlarning elementlarida. Qalinligi 150 va 250 mm bo‘lgan devorlarni reja o‘qiga nisbatan bog‘lash, mayda naqshinkor koshinlarni terib chiqish, fasadlarni pardozlash va boshqa hollarda 1/4 M = 25 mm li kasrli modulga karrali bo‘lgan modullardan foydalanishga ruxsat qilinadi.
Qurilish chizmalarining masshtablari. Bu masshtablar DST 2.302 - 68 «Masshtab» tomonidan belgilangan. Turar- joy va fuqaro binolarining ish chizmalari odatda quyidagi masshtablarda bajariladi: bino planlari - 1:100, 1:200; bo‘lim (seksiya) planlari - 1:100, 1:50; fasadlar - 1:100, 1:200, fasad fragmentlari - 1:50; qirqimlar - 1:50, 1:100; poydevor planlari - 1:100; orayopma va chordoq to‘sinlari - 1:50, 1:100; qurilma detallari - 1:20, 1:10, 1:5; yig‘uv sxemalari - 1:100, 1:200; isitish, shamollatish, chiqindilar quvuri, issiq va sovuq suv ta’minoti va boshqa tarmoqlar tushirilgan qavatlar plani - 1:100.

Sanoat binolarining ish chizmalari quyidagi masshtab- larda bajariladi: bino planlari - 1:100, 1:200 yoki 1:400 va plan elementlari - 1:50 yoki 1:100; qirqimlar - 1:100, 1:200; qirqimning alohida qismlari - 1:50; poydevorlar planlari - 1:100, 1:200; poydevor kesimlari - 1:20, 1:50; to‘suvchi qurilma detallari - 1:10, 1:20; pol va tom planlari



  • 1:200, 1:400; temir-beton, po‘lat va yog‘och qurilmalarni tamg‘alash va montaj planlari - 1:100, 1:200; alohida qurilmalarning qoliplash va umumiy ko‘rinishlari - 1:5, 1:10. Sonli masshtab chizmaning burchak shtampida yoki chizmalar turli masshtablarda bajarilgan bo‘lsa, har bir tasvirning o‘zida alohida ko‘rsatiladi. Muvofiqlashtiruvchi o‘qlarni tamg‘alashda arab raqamlari va bosma harflardan foydalaniladi.

  • Muvofiqlashtiruvchi o‘qlarni belgilashda qo‘llaniladigan shrift o‘lchamlari shu qog‘oz listidagi raqamlar shriftidan 1-2 tartib katta bo‘lishi kerak. Bino tomonlarining muvofiqlashtiruvchi o‘qlari ko‘p tarafini raqamlar bilan tamg‘alanadi. Tamg‘alash ketma-ketligi chapdan o‘ngga va pastdan yuqoriga qabul qilingan. O‘qlarning tamg‘alari odatda bino planining chap va pastki taraflariga joylashtiriladi (1.15-shakl, d).

  • Bo‘ylama ko‘ndalang devorli binolarda tashqi va ichki devorlarni muvofiqlashtiruvchi o‘qlarga bog‘lash quyidagi tartibda bajariladi (1-16 shakl): 1) tashqi devorning ichki qirrasi orayopmalarni tirash uchun muvofiqlashtiruvchi o‘qdan a = 100 mm masofada joylashtiriladi; shuningdek, karkasli binolarning tashqi o‘z-o‘zini ko‘taruvchi va osma devorlarida tashqi devorning ichki qirrasini muvofiqlashtiruvchi o‘q bilan birlashtirishga ham ruxsat beriladi; 2) ichki devorlarda devorning simmetriya o‘qi muvofiqlashtiruvchi o‘q bilan ustma-ust joylashtiriladi, bundan zinapoya katakchasi devorlari va kanallar devorlari mustasno, bu hollarda qoidadan chetga chiqishga ruxsat qilinadi.




1.15-shakl. Zamonaviy turar-joy binosi seksiyasi planida muvofiqlashtiruvchi va modulli mutanosiblik











Download 0.5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling