Bino turlari haqida umumiy ma’lumotlar


Download 0.5 Mb.
bet1/6
Sana24.12.2022
Hajmi0.5 Mb.
#1061561
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1-ARXITEKTURA-QURILISH CHIZMALARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR


I BOB. ARXITEKTURA-QURILISH CHIZMALARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR

    1. QURILISH CHIZMALARINING O‘ZIGA XOS XUSUSIYATLARI, QURILISH CHIZMALARINI BAJARISHDA QO‘LLANILADIGAN STANDART NORMA VA YO‘RIQNOMALAR, BINO TURLARI.

Bino turlari haqida umumiy ma’lumotlar. Insonlar- ning ishlab chiqarish va ijtimoiy turmush talablarini qondirish maqsadida turli xildagi bino va inshootlar loyihalanib, bunyod qilinadi. Ularning chizmalarda qo‘llaniladigan tasvirlari, massh- tablari va shartli belgilari qurilish obyektlarining xususiyatlari, shuningdek, chizmalarning qollanilish sohalariga bog‘liq bo‘ladi.
Qurilish obyektlari uchta asosiy guruhlarga bo‘linadi. Fuqam ЫпоЫ - turar-joy va jamoat: maktablar, kasal- xonalar, madaniyat saroylari, teatrlar va h.k. Fuqaro binolari shartli ravishda kam qavatli (1-2 qavat), o‘rtacha qavatli (3-5 qavat), ko‘p qavatli (6-12 qavat), orttirilgan qavatli (25 qavatgacha) va baland (osmono‘par) (25 qavatdan ortiq) turlarga bo‘linadi. Ishlab chiqarish ЫшоЫ sanoat va qishloq xo‘jaligi binolariga bo‘linadi. Zavod va fabrikalarning binolari, transport va energetika korxonalari, garajlar kabilar sanoat binolari turkumiga kiradi. Qishloq xo‘jaligi binolari mol- xonalar, otxonalar, parrandachilik fermalari, turli ombor- xonalar ko‘rinishida foydalaniladi. Muhandislik inshооtlariga - ko‘priklar, tonnellar, yo‘l estakadalari, sohil va gidrotexnika yer inshootlari, rezervuarlar hamda domna pechlari kabilar kiradi.
Tashqi devorda ishlatilgan material turiga ko‘ra binolar tosh (tabiiy yoki sun’iy yo‘l bilan olingan), bеtоn, tеmir- bеtоn va yog'оchdan tiklangan binolarga bo‘linadi. Binolar zarur mustahkamlik, turg‘unlik, kapitallik va tejamkorlik xususiyatlariga ega bo‘lishi kerak. Binoning kapitalligi undagi asosiy qurilish konstruksiyalarining chidamlilik va olovbardoshlilik darajasi bilan belgilanadi. Binoningchidamliligi asosiy konstruksiyalarining xizmat ko‘rsatish muddati bilan aniqlanadi. U, shuningdek, loyiha va qurilish sifati hamda foydalanish qoidalariga amal qilinishiga bogliq. Turar-joy binolari chidamliligi bo‘yicha quyidagi beshta guruhga bo‘linadi: birinchi - xizmat ko‘rsatish muddati 150 yil; ikkinchi - 125 yil; uchinchi - 100 yilgacha; to‘rtinchi - 50 yildan kam bo‘lmagan; beshinchi - 30 yildan kam bo‘lma- gan. Binoning olovga bardoshliligi uning yong‘inga chi­damliligi bilan tavsiflanadi. Chizmalarda yonmaydigan va qiyin alangalanadigan qurilishlar ko‘rsatiladi. Binolarning foydalanish sifati chizmalarda aks ettiriladigan ulardagi xonalarning tarkibi hamda maydoni, ularning hajmi, ichki jihozlanishi va obodonlashtirilishi, pardozlanish sifati, mu- handislik jihozlari bilan ham aniqlanadi.
Loyihalash bosqichlari. Barcha bino va inshootlar tasdiqlangan loyiha va smetalar asosida bunyod qilinadi. Loyiha tarkibiga qurilish, maxsus ishlar va jihozlarni o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan chizmalar, shuningdek, tushuntirish xati hamda qurilish va alohida ishlarning moliyaviy qiymatini belgilaydigan smetalar kiradi. Ushbu hujjatlar tashkilotlarning topshirig‘iga asosan maxsus loyihalash institutlarida yoki tashkilotlarda tayyorlanadi.
Sanoat qurilishi uchun QN (qurilish normalari) 202­69, turar-joy va fuqaro qurilishlari uchun QN 401-69 ko‘rsatmalari bo‘yicha loyihalash ikkita bosqichda - texnik loyiha va ish chizmalari yoki bitta bosqichda - ishchi loyiha shaklida bajarilishi mumkin. Murakkab bo‘lmagan, oddiy konstruktiv yechimli obyektlar, shuningdek, tipaviy loyihalarni qurilishning mahalliy sharoitlariga moslash bir bosqichda loyihalanadi.
Loyihalashning birinchi bosqichi - tехnik 1оyiha - arxitektura-rejalash va konstruktiv yechimlar, muhandislik jihozlari va qurilishni tashkil qilish, uning smeta qiymati va asosiy texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlarini muhokama qilish va baholashga bag‘ishlanadi. Tasdiqlangan loyiha- asos ishchi hujjatlar va smeta tayyorlashda foydalaniladi. Loyihalashning ikkinchi bosqichi - ishchi hujjatlar va smеta - tasdiqlanmagan texnik loyiha asosida bajariladi. Bir bosqichli loyihalashda qurilish chizmalarining hammasi ishchi chizmalar hisoblanadi.
Smeta hisoblashlari bilan keltirilgan ishchi loyihadan loyiha yechimini muhokama qilish va tasdiqlash bilan bir qatorda qurilish-montaj (yig‘uv) ishlarini bajarishda ham foydalaniladi. Ishchi loyiha tarkibiga yuqorida sanab o‘til- gan loyiha materiallari ham kirib, u ishchi hujjatlar bilan bir- galikda tayyorlanadi.
Ko‘pchilik sanoat, turar-joy va jamoat binolari, shunin­gdek, ko‘plagan muhandislik inshootlari hozirgi kunda tipaviy loyihalar bo‘yicha bunyod qilinishi tufayli qurilish sanoatlashtirilib, uning sifati ortadi va loyiha-smeta ishlariga sarflanadigan xarajatlar kamayadi. Tipaviy loyiha tarkibiga tushuntirish xatlari bilan birgalikda barcha ishchi chizmalar va qurilishning qiymati hisoblangan smeta kiradi.
Qurilishda 1оyihalashni standartlashtirish. Bunday standartlashtirish loyihalash va qurilish ishlarini olib borish norma, talab va usullarini bir xillikka keltirishni belgilaydi. Buning bilan qurilish sifati ortib, tur, marka, tipaviy o‘lcham kabilarning ortiqcha turli-tumanligiga chek qoyiladi. Stan- dartlar amal qilish doirasi va tasdiqlanish darajasiga ko‘ra kategoriya va turlarga bo‘linadi.
Standartlar katеgoriyalari: 1. Davlat standartlari (DST)

  • xalq xo‘jaligining respublika va mahalliy qaramog‘idagi barcha korxona, tashkilot va idora turlari faoliyatida majburiy qo‘llaniladi. 2. Tarmoq standartlari (TST) - biror ma’lum sohadagi korxona va tashkilotlar, shuningdek, ushbu soha mahsulotlaridan foydalanadigan yoki iste’mol qiladigan boshqa soha (buyurtmachi)ning korxona va tashkilotlari uchun majburiydir. 3. Korxona, birlashma standartlari (KST)

  • faqatgina ushbu standartni tasdiqlagan korxona va birlash- malar uchun majburiy hisoblanadi.

  • O‘zgarishlar kiritilgan DST 2.103 - 68 (O‘IYK (O‘zaro iqtisodiy yordam kengashi) ST 208 - 75) loyiha-konstruktorlik hujjatlarini tayyorlashning quyidagi bosqichlarini ko‘zda tutadi: texnik taklif, eskiz loyiha. Texnik loyiha belgilangan tartibda kelishilib, tasdiqlanganidan keyin ishchi-konstruktorlik huj­jatlarini tayyorlashga asos bolib xizmat qiladi.


  • Download 0.5 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling