Ushbu dastur O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi
Download 263.52 Kb. Pdf ko'rish
|
3-курс MALAKAVIY AMALIYOT DASTURI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2. UMUMIY QOIDALAR VA KO`RSATMALAR
1. KIRISH Ushbu dastur O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi PQ-2909-son “Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”, 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-sonli “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to`g`risida” hamda 2018 yil 5 iyundagi PQ- 3775-sonli “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo`yicha qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorlariga muvofiq Oliy ta’lim muassasalari bakalavriat ta’lim yo’nalishlari talabalarining malaka amaliyotini o`tash tartibi, shuningdek, Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yildagi “Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malaka amaliyotini o`tash tartibi” to`g`risidagi Nizom va 5140200 -“Fizika” ta’lim yo’nalishlarining malaka talablari asosida ishlab chiqildi. 5140200 -“Fizika” ta’lim yo’nalishi talabalari Malakaviy amaliyoti davrida bajarilishi lozim bo`lgan hisobot ishlarini to`g`ri va to`liq bajarilishida amaliy ko`rsatma berishga mo`ljallangan. Malakaviy amaliyotda O`zbekiston Energetika tizimi, tuman elektr korxonalari, shahar energetika tizimida, elektr dvigatellarini ta’mirlash, suv nasoslarini ta’mirlash, yog`ochlarga ishlov berish, metallarga ishlov berishda amalga oshiriladigan ish yuritish tartibi haqidagi dastlabki ma’lumotlarni o`rganadilar. 2. UMUMIY QOIDALAR VA KO`RSATMALAR Bakalavr yo’nalishi bo`yicha kadrlar tayyorlashning muhim qismi bo’lgan talabalar amaliyoti, talabalarning o`quv jarayonida olgan nazariy va amaliy bilimlarini chuqur o`zlashtirishga va bu orqali energetikadagi muammolarni samarali yechishga yordam beradi. Amaliyot boshlanishidan 1 kun oldin kafedra mudiri, amaliyot rahbarlari ishtirokida amaliyotga yuboriluvchi talabalar bilan amaliyot oldi konferensiya o`tkaziladi. Konferensiyada talabalarni amaliyot o`tish joylariga borishi va amaliyotni o`tash tartibi, amaliyot natijasi bo`yicha hisobot tayyorlash va uni himoya qilish masalalari ko`rib chiqiladi. Amaliyot boshlanishidan avval, talaba amaliyot dasturi va uni o`tish grafik jadvali bilan tanishadilar. Amaliyot davrida esa amaliyot joyida o`rnatilgan ichki tartib qoidalar va xavfsizlik texnikasiga qat’iyan rioya qilishi zarurligi uqtiriladi. Talabaning amaliyot jarayonida o`rganib boradigan ishlarining sifati o`sib borishi muhim ahamiyatga ega ekanligi bilan birga, talabaning malakaviy amaliy ishi deb hisoblanadi. Malakaviy amaliy ishi talabaning nazariy va amaliy tayyorgarligini, uning qobiliyatini, mutaxasislik bo`yicha olgan bilimlarini sohani qanday egallashi hamda ish boshqarish qobiliyatini belgilaydi. Download 263.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling