O’zbekiston Respublikasi
Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Farg’ona Politexnika Instituti
Elektr energetika fakulteti
Elektr energetika kafedrasi
“Shaharlarning elektr ta’minoti” fanidan
AMALIY MASHG’ULOT HISOBOTI
Bajardi: S 11-18 EE guruh talabasi Sh.T. Butabayeva
Qabul qildi: S.I.Norbo’tayeva
Farg’ona 2023 yil
1- AMALIY MASHG‘ULOT XISOBOTI.
SHAHAR ELEKTR TA’MINOTI TIZIMIDA TURAR-JOY VA JAMOAT BINOLARINING HIMOYA VOSITALARINI TANLASH.
Shahar elektr ta’minoti tizimida turar-joy va jamoat binolarining himoya vositalarini tanlash bo’yicha ko’nikmalar hosil qilish va berilgan variantga asosan elektr iste’molchilar uchun himoya vositalarini hisoblash
Qisqacha nazariy ma’lumotlar
Elektr apparatlarini tanlash kataloglar yordamida elektr qurilmaning normal rejimdagi ko‘rsatgichlari bo‘yicha bajariladi. Qabul qilingan apparatni ulanish nuqtasidagi maksimal qisqa tutashuv toki ta’siri bo‘yicha tekshirib ko‘rinishi zarur. Albatta, katalog bo‘yicha tanlangan apparatlarning parametrlari (nominal kuchlanishi va toki) elektr qurilmaning ekspluatatsiya sharoitidagi kuchlanish va tok miqdorlariga teng yoki katta bo‘lishi kerak.
Aniq apparatlarni ma’lum ish rejim sharoitlari uchun qabul qilinganda ko‘plab omillarni hisobga olishga to‘g‘ri keladi. Biz bulardan faqat apparatlarni qisqa tutashuv toki ta’siriga chidamligiga e’tibor beramiz, ya’ni apparatlarning turg‘unligini hisobga olamiz.
Turar-joy xonadonlarida va uylarda ikki darajada o'rnatilgan ximoya qurilmalaridan foydalanish tavsiya etiladi:
1-darajali. Xonadonga kiraverishda kirish o'chirgichidan so'ng darhol 100 yoki 300 mA yong'inga qarshi UZO (qoldiq tokdan himoya qilish qurilmasi, yoki difavtomat sifatida qoldiq tokni boshqariladigan himoya qurilmasi)ni o'rnatish tavsiya etiladi (yong’in tufayli izolyatsiyaning shikastlanishi va tabiiy eskirishidan himoya qilish uchun).
Do'stlaringiz bilan baham: |