Ushbu dastur O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi
Download 263.52 Kb. Pdf ko'rish
|
3-курс MALAKAVIY AMALIYOT DASTURI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Malakaviy amaliyotiga qo`yilgan talablar
Dasturning maqsadi - talabaning malakaviy amaliy ishini bajarishga va
himoya qilishga yo`naltirish, hamda ularda sohaga ilk kirish va o`rganishida amaliy yordam ko`rsatishdan iborat. Malakaviy amaliyotning asosiy maqsad va vazifalari Malakaviy amaliyotning asosiy maqsadi - talabaning malakaviy hisobot ishida amaliyot davomida o`rgangan va olgan tajribalari o`z aksini topishi kerak. Mazkur bosqichda talabaning Fizika fani doirasida olgan nazariy bilimlari mustaxkamlanib, amaliy ko`nikmalar hosil bo`ladi. Malakaviy amaliyot davrida talabaning mustaqil bajarish ko`nikmalari mustaxkamlanadi va kasbiy qobiliyatlari namoyon bo`ladi. Malakaviy amaliyoti energetika, texnika xavfsizligi va iqtisodiy tomonlari bilan bog`liqlik masalalaridan iborat bo`ladi. Tabiiyki, malakaviy amaliyotining asosiy vazifalaridan biri hozirda ishga tushirilayotgan energetika sohasi ob’yektlari, ishlab chiqarish loyihalari, texnika- xavfsizligi bilan bog`liq holatlar bilan yaqindan tanishishdir. Talabaning professional mahorati ko`p darajada amaliyot davomida malakali mutaxassislardan olgan tajribasi bilan belgilanadi. Bunda xujjatlar tartibini yaqindan o`rganish va uni to`g`ri talqin qilish muhim ahamiyatga ega bo`lib, bular orqali talabaning mutaxassislik bo`yicha olgan bilimi namoyon bo`ladi. Malakaviy amaliyotiga qo`yilgan talablar Amaliyotni bajarish jarayonida amalga oshiriladigan tadbirlar doirasida talaba: - sanoat va elektr tarmoqlari korxonalarining tuzilishi va ularda bajariladigan ishlarning asosiy mazmuni o’rganish; - korxonalardagi mavjud elektr ta’minoti tuzilishi va ularda ishlatiladigan elektr jihozlarni o’rganish; - sanoat korxonalarining bosh energetik bo`limini tuzilishi va ularda bajariladigan ishlarning mazmuni yoki elektr tarmoqlari korxonalarining bo`limlari va xizmat qismlari bilan tanishish; - elektr dvigatellarini ta’minlash ishlarini o’rganish; - yog’ochlarga ishlov berishning mexanik asoslari bilan tanishish; - metallarga ishlov berishda amalga oshiriladigan ish yuritish tartibi bilan tanishish; - ishlov berilgan shishalarning optik xususiyatlarini o’rganish, ishlov berish jarayonidagi muammolarni tahlil qilish; - mehnat muhofazasi, xavfsizlik texnikasining asosiy qoidalari bilan tanishish. Download 263.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling