Ushbu dastur O`zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi
Download 263.52 Kb. Pdf ko'rish
|
3-курс MALAKAVIY AMALIYOT DASTURI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.Universitet tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarining vazifalari
4. Amaliyotni o`tash tartibi 1. Amaliyot boshlanishidan bir kun oldin kafedra mudiri, amaliyot rahbarlari ishtirokida amaliyotga yuboriluvchi talabalar bilan amaliyot oldi konferensiyasi o`tkaziladi. Konferensiyada talabalarni amaliyot o`tish bazalariga borishi va amaliyotni o`tash tartibi, amaliyot natijasi bo`yicha hisobot tayyorlash va uni himoya qilish masalalari ko’rib chiqiladi. 2. Talabalar amaliyotga biriktirilgan korxonalariga boradi. 3. Korxonaga kelgan talabalarga universitetdan va korxonadan biriktirilgan amaliyot rahbari tomonidan xavfsizlik texnikasi bo`yicha maxsus instruktaj olib borilishi zarur. 4. Amaliyot o`tish davrida talabalar korxona ichki tartib qoidalariga, korxona tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari ko`rsatmalari va topshiriqlariga amal qilishlari zarur. 5. Amaliyot davrida talabalar korxonalarda amalga oshirilayotgan ishlar: zamonaviy sanoat korxonalarini tuzilishi va ulardagi asosiy ishlab chiqarishning texnologik jarayoni bilan tanishib borishi talab etiladi. 6. Talaba yig`ilgan ma’lumotlar asosida amaliyot hisoboti yozadi. 7. Amaliyot davrida talaba bajarilgan ishlar yuzasidan amaliyot bo`yicha hisobotlarini to`ldirib borishi, hisobotni korxona tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari va korxona rahbariga ko`rsatib, uni imzo va muhr bilan tasdiqlashi hamda amaliyot so`ngida amaliyot komissiyasi oldida himoya qiladi. 5.Universitet tomonidan tayinlangan amaliyot rahbarining vazifalari Amaliyot rahbari vazifasiga quyidagilar kiradi: - talabalarni amaliyot o`tkazish joylariga biriktirishda qatnashish; - talabalarni amaliyotni boshlash oldidan universitetda va amaliyot bazasida amaliyot o`tkazish umumiy qoidalari, xavfsizlik texnikasi qoidalari, yong`inga qarshi xavfsizlik qoidalari bilan tanishtirish va amalda joriy etilgan tartibda yo’riqnomadan o`tkazish; - amaliyotga yuborilayotgan talabalarni rasmiylashtirilgan amaliyot kundaligi, uslubiy ko`rsatmalar bilan ta’minlash; - amaliyotni dastur asosida sifatli o`tkazilishiga javob berish; - korxona tomonidan tayinlangan amaliyot rahbari bilan talabalarning amaliyot o`tkazish joyi va kunlik rejasini kelishish; - amaliyot o`tkazish davrida talabalarga maslahat berish; - talabalarning amaliyot bo`yicha tuzgan hisobotlarini kuzatib borish; - amaliyot bo`yicha talabalardan hisobot qabul qilish; - kafedra tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari amaliyotchi- talabalar bilan doimiy aloqada bo`lishi, ularning holidan habar olishi, zarur hollarda ularga amaliy yordam ko`rsatishi va shu bilan birga, korxona tomonidan biriktirilgan amaliyot rahbari bilan muzokaralar olib borish; - amaliyotni yanada sifatli o`tkazish bo`yicha takliflar kiritish. Download 263.52 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling