Bino turlari haqida umumiy ma’lumotlar
Muvofiqlashtiruvchi o‘qlar va chizmalarda ularning o‘lchamlarini qo‘yish
Download 0.5 Mb.
|
1-ARXITEKTURA-QURILISH CHIZMALARI HAQIDA UMUMIY MA’LUMOTLAR
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mahsulct ncmi
- Qurilish mahsulctlarining tamg‘alari.
Muvofiqlashtiruvchi o‘qlar va chizmalarda ularning o‘lchamlarini qo‘yish. Bino elementlarining o‘zaro joyla- shishlarini aniqlash uchun uning yuk ko‘taruvchi qurilma- larining muvofiqlashtiruvchi oqlari to‘ridan foydalaniladi (1.15-shakl, a, b). Muvofiqlashtiruvchi o‘qlar shtrixpunktir chiziqlar bilan bajariladi va 6-12 mm li aylanada tamg‘a bilan belgilanadi. Seksiyaning modul mutanosibligi 1.15-shaklda ko‘rsatilgan.
1.1-jadval Qurilish mahsulotlarining tamg'alar
Qurilish mahsulctlarining tamg‘alari. Qurilish mahsu- lotlarini chizmalarda belgilashda qo‘llaniladigan tamg‘alar jadvalda keltirilgan 1.5.QURILISH MATERIALLARINING SHARTLI BELGILANISHI. ULARNING QURILMALAR, ELEMENTLAR VA DETALLARDA TASVIRLANISHI Materiallarning kesimlarda va fasadlarda grafik belgi- lanishi, shuningdek, sanoat va qurilishning barcha tarmoq- laridagi chizmalarda ularni tasvirlash qoidalari DST 2.302 - 92 KHYT tomonidan belgilanadi. Standart to‘laligicha O‘IYK ST 860 - 78 ga mos keladi. Kesimlarda materiallarning umumiy grafik belgilanishi 1.2-jadvalga mos kelishi kerak. Chizmada tushuntirish bergan holda, ushbu standartdan ko‘zda tutilmagan materiallarni qo‘shimcha belgilashlarda ham foydalanish mumkin (1.17-shakl). Tarkibida metall va nometall materiallar bo‘lgan kompozitsion materiallar chizmada metallar kabi belgilanadi. 1.2-jadvalning 3-bandidagi grafik belgilashlardan yog‘och tolalarining yo‘nalishini ko‘rsatish zarur bo‘lgan hollarda foydalaniladi. 11-banddagi grafik belgilash g‘isht mahsulotlari, kuydirilgan va kuydirilmagan olovga bardoshli materiallar, qurilish sopoli, elektrotexnik chinni, tashqol beton kabilarni tasvirlashda qo‘llaniladi. Material turlarini aniq ko‘rsatish uchun, xususan, bir xil belgili materiallarni tasvirlashda, grafik belgilar chizma chegarasida tushuntirish xati bilan keltiriladi. Temir-beton qurilmalarini o‘zaklash uchun qurilish qurilmalarining maxsus chizmalarida DST 21.107 - 78 bo‘yicha belgilashlar qollaniladi. Fasad (ko‘rinish)da materiallarning shartli belgilarini butun yuza- da to‘liq tasvirlamasdan, chegara bo‘yicha yoki chegara ichidagi kichik uchastkalarda ko‘rsatish mumkin. Materiallarning kesimlarda grafik belgilanishi Download 0.5 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling